Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tartib-intizom qo‘mitasi qarori: Davron Hoshimov 3 ta o‘yinga chetlatildi, Babayan jarimaga tortildi

Baho:
+-1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Diskvalifikasiyalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

«Metallurg» — «Neftchi»
O‘zbekiston Superligasining ilk turidan o‘rin olgan «Metallurg» hamda «Neftchi» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 90-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Vladislav Kasminin oyog‘ining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Vladislav Kasmininga («Metallurg») nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Surxon» — «Andijon»
O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan «Surxon» — «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 90+9 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Rubin Xebay bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Rubin Xebayga («Andijon») nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Navbahor lochinlari» — «Metallurg»
O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan «Navbahor lochinlari» — «Metallurg» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 73-daqiqasida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan raqib futbolchisi Ibrohim Ibragimovga nisbatan provokasion harakatlar qilgan (bu harakati uchun S.Babayan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan). Bunga javoban Ibrohimov uning sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ibrohim Ibragimovga («Metallurg») nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima, Samvel Babayanga («Navbahor lochinlari») nisbatan esa jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«So‘g‘diyona» — «Olimpik»
O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» — «Olimpik» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 26-daqiqasida mehmonlar vakili Jasur Jaloliddinov raqib futbolchisining oyoq qismiga to‘psiz vaziyatda zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jasur Jaloliddinovga («Olimpik») nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Metallurg» — «Qizilqum»
O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan «Metallurg» — «Qizilqum» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 42 daqiqasida «Qizilqum» futbolchisi Nikolay Tarasov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Nikolay Tarasovga («Qizilqum») nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Paxtakor» — «Navbahor lochinlari»
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Navbahor lochinlari» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 68-daqiqasida mehmon jamoa muxlislari tomonidan maydon va futbolchilar tomon turli buyumlar uloqtirilgan. «Paxtakor» futbolchisi Shahzod Azmiddinov esa raqib muxlislariga javoban ular tomon tosh uloqtirgan.

Shuningdek, uchrashuvning 78-daqiqasida mehmonlar vakili Davron Hoshimov raqib futbolchisi boshining orqa qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shahzod Azmiddinovga («Paxtakor») nisbatan jarima intizom chorasi, Davron Hoshimovga nisbatan esa 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Muxlislar xatti-harakati uchun «Navbahor lochinlari» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga

«Aral» — «Andijon SGS»
Pro liganing 2-turidan o‘rin olgan «Aral» va «Andijon SGS» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 90+8-daqiqasida mehmonlar vakili Fayzullo Nurmuhammadov raqibiga ko‘krak qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Fayzullo Nurmuhammadovga («Andijon SGS») nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

«Qo‘qon-1912» — «Mash’al»
Pro liganing 2-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» — «Mash’al» jamoalari o‘rtasidagi bahsning 73-daqiqasida mehmonlar vakili Shota Gvazava raqib futbolchisining to‘piq qismini qasddan bosgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shota Gvazavaga («Mash’al») nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati

«Paxtakor U-21» — «Olimpik U-21»
U-21 chempionatining 1-turi doirasidagi «Paxtakor U-21» — «Olimpik U-21» uchrashuvining 86-daqiqasida mehmon jamoa futbolchilari Dilshod Yuldashev, Ahmadullo Muqumjonov va Muhammadali G‘iyosov raqiblariga nisbatan qo‘pol xatti-harakat ko‘rsatganlari uchun maydondan chetlashtirilgan.

Mezbonlar vakili Sunatilla Poyonov ham mazkur voqeada ishtirok etgan hamda raqibiga qo‘l bilan zarba bergan. Shuningdek, Alisher Mo‘minov zaxira o‘rindig‘ini tark etib, maydon tomon yugurib chiqqan hamda raqibiga qo‘l qismi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, «Olimpik U-21» futbolchilari Dilshod Yuldashev, Ahmadullo Muqumjonov va Muhammadali G‘iyosovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

«Paxtakor U-21» vakillari Sunatilla Poyonov va Alisher Mo‘minovga nisbatan esa 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Qizilqum U-21» — «Buxoro U-21»
U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Qizilqum U-21» — «Buxoro U-21» uchrashuvining 24-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Javohir Ro‘ziyev oyog‘ining tag qismi bilan raqibining qorin qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Uchrashuvning 53-daqiqasida esa «Qizilqum U-21» vakili Jaloliddin Sodiqov o‘z jamoadoshining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Javohir Ro‘ziyevga («Buxoro U-21») nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish, Jaloliddin Sodiqovga («Qizilqum U-21») nisbatan esa 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Nasaf U-21» — «Turon U-21»
U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Nasaf U-21» — «Turon U-21» uchrashuvning 90+5-daqiqasida uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda mehmonlar futbolchisi Miraziz Maxamadaliyev yerda yotgan raqibiga ko‘rsatgan tajovuzkor harakati sababli qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Miraziz Maxamadaliyevga («Turon U-21») nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

«Olimpik U-21» — «OKMK U-21»
U-21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Olimpik U-21» — «OKMK U-21» uchrashuvning 59-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Alisher Odilov hamda «OKMK U-21» futbolchisi Dilshod Yoqubov agressiv holatda bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakatlar sodir qilishgan. Bu vaziyatda bosh hakam ularning har ikkisini maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Alisher Odilovga («Olimpik U-21») nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya va jarima, Dilshod Yoqubovga nisbatan esa 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og‘ir-vazmin va professional bo‘lishga chaqiramiz. Shu o‘rinda Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun o‘rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:06, 30.03.2023. O'qildi: 2388 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик