Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlash va sport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Tadbirlar / Uchrashuvlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tuzilgan edi. Taqdimotda bu sohalarda davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish va ularni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilandi.

Yangi tizimga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida festival, forum, tanlov va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yagona yillik kalendar reja asosida o‘tkazish joriy qilinadi va bu bo‘yicha ma’lumotlar yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga joylashtirib boriladi. “Yoshlar daftari” orqali taqdim etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 2023-2024 yillarda 1,5 barobargacha oshiriladi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidagi 3 ta davlat unitar korxonasi faoliyati maqbullashtirilib, ularning funksiyasi xususiy sektorga o‘tkaziladi.

Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida sohadagi 24 ta yo‘nalishni qamrab olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi.

Sohani raqamlashtirish va sport turizmini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, kelgusi yildan boshlab musobaqalarda qatnashadigan sportchilarning shaxsi va malakasini identifikasiya kartalari orqali aniqlash tartibi joriy etiladi. Sportga homiylik ko‘rsatgan jismoniy shaxslarga chet ellardagi turnirlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Buning uchun ular o‘rtasida lotereya o‘yinlari o‘tkaziladi.

Soha vakillarini qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi joriy etilmoqda. Shuningdek, sportchilarga huquqiy, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tadbirlari ham nazarda tutilmoqda.

Yurtimizda futbol eng ommaviy sport turi. Shu bois bu yo‘nalishni rivojlantirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. FIFAning maxsus dasturi asosida bog‘cha va mahallalarda “Ommaviy futbol”, o‘rta ta’limda “Maktablarda futbol” hamda oliy o‘quv yurtlarida “Talabalar ligasi” dasturlarini joriy qilish taklifi bildirildi.

Iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida 14 ta futbol maktabi, “Do‘stlik” stadioni negizida barcha yosh toifalari uchun Terma jamoalar markazi tashkil etiladi. Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati takomillashtirilib, Xorvatiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan mutaxassislar jalb qilinadi.

Soha infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assosiasiyalarining rahbarlari etib belgilanadi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Kiritildi: 22:35, 06.04.2023. O'qildi: 1436 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик