Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:30
      • So‘g‘diyona
      • 2:2
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 2:0
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Andijon
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Barselona
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Parma
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Bunyodkor 5 10
4 Paxtakor 4 9
5 Nasaf 4 7
6 Lokomotiv 5 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 Qo‘qon-1912 5 5
11 OKMK 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

5-тур So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
5-тур Bunyodkor 2-0 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Paxtakor» stadioni tribunalarining ma’lum qismi ta’mirtalab holatda ekanligi sabab yopildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Paxtakor» stadioni tribunalari o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan U23 Osiyo kubogida ta’mirga muhtoj ekanligi ma’lum bo‘lgandi. Buning oqibatida O‘zbekiston U23 termasining Iroqqa qarshi o‘yini vaqtida ko‘ngilsiz holat ro‘y bergan bo‘lib, keyinchalik OFK termamizning Yaponiya U23 termasiga qarshi o‘yiniga futbol muxlislarini kiritmadi, qo‘shimchasiga O‘FA katta miqdorda jarimaga tortildi.

Mazkur voqeadan keyin «Paxtakor» stadioni tribunalari tosh va beton bo‘laklaridan tozalandi. Sektorlar orqaliqlarida kichik ta’mirlash ishlari olib borildi. Ammo holat ijobiy tomonga o‘zgarmaganligini Superliga 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Navbahor» uchrashuvi ko‘rsatib berdi. Namanganlik futbol muxlislari joy olgan sektorlar maydonga qarab tosh hamda beton bo‘laklari uloqtirildi.

Mazkur holatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ishchi guruh tuzdi. Mazkur Ishchi guruhdan Liga mutaxassislaridan tashqari O‘FA inspeksiya a’zolari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, Toshkent shahar favqulonda vaziyatlar boshqarmasi vakillari, shuningdek, «Paxtakor» futbol klubi hamda stadioni rahbariyati joy oldi. Ishchi guruh «Paxtakor» stadionidagi barcha — 44 ta sektordagi holatni o‘rganib chiqdi.

Ayni vaqtda «Paxtakor» stadioni tribunalari to‘liq ta’mirga muhtoj hisoblanadi. Mazkur tribunalarni shunchaki kosmetik ta’mirdan chiqarish holatni ijobiy tarafga o‘zgartirmaydi. Har qanday sovuq ob-havo, yog‘ingarchilik yoki muxlislar o‘rtasidagi tartibsizlik beton qoplamaning oson uvalanishiga olib keladi. Bu esa stadionga qattiq jismlarning uloqtirilishi xavfini oshiradi. Bu esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, futbolchilar, rasmiylar, to‘p uzatib turuvchi bolalarga jiddiy tan jarohati yetkazilishi ehtimolini oshiradi.

Shundan kelib chiqib, Ishchi guruh «Paxtakor» stadioni tribunalari to‘liq ta’mirlanguniga qadar futbol uchrashuvlari vaqtida fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek, uchrashuvlarni bevosita stadiondan kuzatishni maqsad qilgan futbol muxlislariga sharoit yaratish maqsadida 10, 11, 12, 13, 14, 15, 18, 19, 20, 21, 22, 23-sektorlarni qisman (maydon perimetridan boshlab 1 qatordan 23-qatorgacha bo‘lgan ko‘k hamda sariq tusdagi o‘rindiqlar) yopishni, bunda 1-23 qatorlarga tomoshabinlar o‘tib ketmasligining oldini olish maqsadida mazkur qatorlar alohida chegaralanishini ta’minlash, shuningdek, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 16, 17, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44-sektorlarni to‘liq yopishni maqsadga muvofiq deb topdi.  

31, 32, 33, 34, 35, 36-sektorlar kichik ta’mirlash ishlarini olib borish, har bir rasmiy uchrashuv oldidan to‘liq tozalash hamda nazoratni kuchaytirish sharti bilan muxlislarga xizmat qilishda davom etishi masalasi kelishildi. O‘z navbatida «Paxtakor» futbol klubi hamda stadioni rahbariyati xizmat ko‘rsatishi to‘xtatilgan sektorlar hamda o‘rindiqlar uchun chiptalar savdosini cheklashi, taqiqlangan nuqtalarda muxlislar harakatini cheklash uchun sun’iy to‘siqlar o‘rnatish majburiyatini oldi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:12, 09.04.2023. O'qildi: 2849 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
4 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
5 Пахтакор Doston Hamdamov 2
6 Пахтакор Piotr Pajishek 2
7 Нефтчи Alisher Odilov 2
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
9 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
10 Насаф Sharof Muhitdinov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик