Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • 0:1
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Qizilqum
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • 1:2
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • 0:1
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 5 10
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 5 7
10 Andijon 6 6
11 Qizilqum 5 6
12 Qo‘qon-1912 5 5
13 Dinamo 5 4
14 OKMK 5 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

08/04/26 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04/26 OKMK - Surxon
08/04/26 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Habibning otasi orzu qilgan jang. Nurmagomedov UFC afsonasi bilan jangga tayyorlanyaptimi?

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / https://stadion.uz/uz/news/sections/sport/sports/mma
Rukn: Yangiliklar
A A A

Habib Nurmagomedov professional faoliyatini 2020 yilda yakunlagan. Shundan beri jangchining muxlislari mo‘jizaga ishonib, Habibning oktagonga qaytishini kutmoqda. Ammo hozircha afsona o‘z so‘zida turibdi. U onasiga boshqa hech qachon UFC’da jang qilmaslikka va’da bergan. To‘g‘ri, Habib boshqa sport turlari haqida va’da bermagan. Shu kunlarda u o‘z muxlislariga yana bir bor umid uyg‘otuvchi xabar qoldirdi.

“Burgut” o‘zining Instagram sahifasida mashg‘ulot qilayotgan videosini ilova qilgan holda yangi post e’lon qildi. U qaytayotgani haqida yozdi va hatto aniq sanalarni ham aytdi: “Iyul. Men tayyor bo‘lishim kerak (MMA emas)”.

Muxlislar darhol Habib faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlarni izlay boshladi. Kimdir uni futbolda, yana kimdir boksda kutmoqda. Ammo Nurmagomedovning afsonaviy Jorj Sen-Pyer bilan greppling qoidalari asosida jang o‘tkazishi haqidagi takliflar juda qiziq ko‘rinmoqda. UFC’ning ikki qahramoni sayyoradagi eng yaxshi promoushenda o‘zaro uchrashishga harakat qilgan, lekin har doim nimadir to‘sqinlik qilib qolgandi. Hozir buning uchun imkoniyat bor. Bellashuvda ikkisi ham ortiqcha zarar ko‘rmaydi, chunki jang greppling qoidalariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. Hech qanday ko‘kargan yuzlar hamda lou-kiklar bo‘lmaydi.

Sen-Pyer Habib bilan ehtimoliy jang haqidagi xabarga munosabat bildirishga ulgurdi. Va, aftidan, UFC shon-shuhrat zali a’zosi bunday yorqin ko‘rgazmali jangga qarshi emas.

"Bilasizmi, agar bu yaxshi tashkil etilgan jang bo‘lsa va undagi mablag‘ xayrli ishga, xayriyaga ketsa, nega bunday bo‘lmasin? Balki men yana musobaqada qatnasharman, lekin nimanidir isbotlash uchun emas, yer yuzidagi eng kuchli odam bo‘lishga intilish uchun emas. Meni hozir bu qiziqtirmaydi. Ammo kurashni sinab ko‘rish mumkin. Men hech qachon “hech qachon” demayman".

Albatta, UFC bu ikki shaxs o‘rtasida jang tashkil qilishi mumkin. Bundan tashqari bu to‘qnashuvni WWE promousheni ham tashkil etishga qiziqish bildirgan. Ammo Habib unda qatnashmaydi, bunga shubha yo‘q. U o‘zi qatnashgan barcha sport turlarida, xoh MMA, xoh futbol bo‘lsin, bor kuchi bilan kurashgan va sahnalashtirilgan janglarda qatnashmaydi. Ammo kurashchiga qarshi chiqish va buni “uning hududida” qilish — ajoyib ish bo‘ladi.

Habib bu jang uchun qaytishi mumkin, shuningdek, Sen-Pyerga qarshi bahs uning otasi Abdulmanap Nurmagomedovning orzusi edi. Afsonaviy murabbiy o‘z intervyusida bu haqda gapirgan. Aynan shuning uchun ham Habib qaytishi mumkin. Hatto bitta jang uchun. Bu, albatta, fantastik jang bo‘ladi va butun sayyoradagi millionlab muxlislarni ekran qarshisiga to‘playdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:35, 11.04.2023. O'qildi: 3170 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Пахтакор Doston Hamdamov 3
3 Нефтчи Alisher Odilov 3
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 Сурхон Chinedu Stefan 3
6 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
7 ОКМК Abror Karimov 2
8 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
9 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
10 Пахтакор Piotr Pajishek 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик