Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kech ochilgan iqtidor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qatardagi jahon chempionatida Germaniyadek nomdor terma jamoa o‘z ishtirokini guruh bosqichida yakunlashga majbur bo‘lgan...

O‘shanda turnir favoritlaridan biri hisoblangan nemislar faqat Kosta Rikadan ustun kelishgan (4:2) va 3-o‘rin bilan uyga qaytishgandi. «Verder» hujumchisi Niklas Fyullkrugning gollari jamoaning pley-off bosqichiga chiqishi uchun kamlik qilgandi. Qishda Fyullkrug «Bavariya» tarkibiga o‘tishi taxmin qilingandi. Biroq transfer amalga oshmadi. Quyidagi hikoyamiz kamtarin «Verder»da kamtarona to‘p surishiga qaramasdan, Bundesliga to‘purarlari ro‘yxatini ishonchli tarzda boshqarib kelayotgan sermahsul snayper haqida.

Qatarda Germaniyaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgandi

2022 yilning kuzida 30 yoshli hujumchi o‘z faoliyatida ilk bora milliy terma jamoadan chorlov oldi. JCH boshlanishi arafasida Niklas Ummonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining 80-daqiqasida gol urib, g‘alabani ta’minladi, o‘zi so‘nggi 20 yil ichida terma jamoadagi debyutini nishonlagan eng keksa futbolchiga aylandi. Qiziq, uchrashuvdagi yagona golni aynan u urgan bo‘lsada, mundialdagi uchchala o‘yinda ham boshlang‘ich tarkibda emas, zaxiradan maydonga tushdi. Uning Yaponiyaga qarshi bellashuvdagi 11 daqiqali ishtiroki natijani o‘zgartira olmadi - Germaniya turnirni 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. Lekin Ispaniya va Kosta-Rika bilan bo‘lgan bahslarda nemislar xaloskori rolini ado etdi: qit’adoshlariga qarshi o‘yinda urgan goli mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan bo‘lsa (u tepgan to‘pning tezligi 118 kmG‘s., turnirdagi 3-tezkor zarba bo‘lgandi), Janubiy Amerika vakillariga qarshi bellashuvda gol va samarali uzatmani amalga oshirgandi. Bu uchrashuvlarda hujumchi mos ravishda 20 va 35 daqiqadan to‘p surdi. Biroq uning sa’y-harakatlari nemislarning pley-off bosqichiga yo‘l olishlari uchun yetarli bo‘lmadi.

Niklas Fyullkrug, Germaniya terma jamoasi hujumchisi:«Haqiqatni dangal aytishdan qo‘rqmayman: meni terma jamoaning omadsizligini Germaniyada qay tariqa qabul qilganliklari tashvishlantirmoqda , avvaliga Yaponiyadan mag‘lubiyat, uning ortidan guruh bosqichida musobaqani tark etish. Bu g‘oyat ulkan sharmandalik. Ba’zan terma jamoaga muvaffaqiyat emas, omadsizlik tilaydilar. Nima uchun shunday bo‘lishini bilmayman. Men faqat bir narsani ayta olaman: maydondagi har bir futbolchi terma jamoa libosida to‘p surishi bilan faxrlanadi».

«Bavariya»ning qiziqishi va «Verder»dagi ishtiroki

Qatar mundiali davrida Niklas Fyullkrug «Bavariya»ning e’tiborini qozondi. Sportbuzzer ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining «Verder» va Germaniya terma jamoasidagi o‘yinlari myunxenliklar mutasaddilariga ma’qul bo‘lgan. Niklasning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. «Bavariya» uni qishda o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin edi, «Verder» hujumchi uchun bor-yo‘g‘i 10 mln. yevro talab qilgan bo‘lsada, negadir transfer amalga oshmadi. Abendzeitung Munchen axborotiga binoan, grand shuningdek Garri Keyn («Tottenxem») va Markus Tyuram («Borussiya M.») nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Yozda shu futbolchilarning bir nafari myunxenliklar tarkibiga jalb etilishi mumkin.

Bundesligadagi debyutini Niklas Fyullkrug 2017G‘18 yillar mavsumida, «Nyurnberg»dan «Gannover» tarkibiga o‘tganidan keyin nishonlagandi. O‘shanda u 34 uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urgan, lekin keyingi 2 mavsumda bir qator jarohatlar tufayli, mahsuldorligi bir oz pasayib qolgandi. «Verder»dagi dastlabki ikki yil ham anchayin qiyin kechdi: barcha turnirlardagi 32ta o‘yinda 10ta gol. Biroq o‘tgan mavsumda Niklas o‘zining 33ta bellashuvdagi 19ta goli va 8ta samarali uzatmalari bilan «musiqachilar»ning elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlariga munosib hissa qo‘shdi.

Muhimi, Fyullkrug merganlik mahoratini davom ettirmoqda. JCH-2022 turniriga qadar 14 uchrashuvda 10ta, mundialdan keyingi 9ta bahsda 5ta gol urdi. Hozir «Verder» 26-turdan keyin 31 ochko to‘plagan holda 11-o‘rinda bormoqda. Unga 15ta golni tuhfa etgan snayper esa Bundesliga to‘purarlari ro‘yxatida 1-pog‘onada. Oldinda esa yana 8ta qiziqarli bellashuvlar kutib turibdi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 12.04.2023. O'qildi: 1612 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик