Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 31.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 3:2
      • Jenoa
      • 31.01.2026 19:00
      • Piza
      • 1:3
      • Sassuolo
      • 31.01.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Fiorentina
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • -:-
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 31.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:2
      • Alaves
      • 31.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Jirona
      • 31.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • 2:2
      • Vilyarreal
      • 31.01.2026 22:30
      • Levante
      • 0:0
      • Atletiko
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • -:-
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 31.01.2026 13:00
      • Tailand
      • 1:0
      • Vyetnam
      • 31.01.2026 13:00
      • Kuvayt
      • 7:2
      • Livan
      • 31.01.2026 17:00
      • Indoneziya
      • 1:1
      • Iroq
      • 31.01.2026 17:00
      • Qirg‘iziston
      • 3:2
      • Janubiy Koreya
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • -:-
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Malayziya
  • APL
      • 31.01.2026 20:00
      • Lids
      • 0:4
      • Arsenal
      • 31.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • 0:2
      • Bornmut
      • 31.01.2026 20:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Everton
      • 31.01.2026 22:30
      • Chelsi
      • 3:2
      • Vest Xem
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Espanyol 22 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Jirona 22 25
12 Elche 22 24
13 Sevilya 21 24
14 Atletik Bilbao 21 24
15 Valensiya 21 23
16 Rayo Valyekano 21 22
17 Xetafe 21 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“PSJ” ustozi irqchilikda ayblanmoqda

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

“PSJ” bosh murabbiyi Kristof Galtye katta muammolarga o‘ralashib qoldi. Fransiyalik mutaxassis irqchilikda ayblanmoqda. Hammasiga u “Nissa”da (2021–2022 yillar) ishlagan vaqtda yozilgan elektron xat sabab bo‘lgan.

Galtye Ramazon ro‘zasini tutgan futbolchilariga jahl qilgan

2022 yilning sentyabr oyida Galtye allaqachon “PSJ” murabbiyi sifatida ishlayotgandi. “Nissa” sport direktori Julen Furne esa g‘alati bayonot berdi.

"Agar Galtye bilan janjalning haqiqiy sababini aytsam, unga Yevropa klublaridagi kiyim almashtirish xonalarining birortasida joy bo‘lmaydi. Bu futboldan ham ko‘ra jiddiyroq narsa.

Galtye esa “Uning xarakterini bilganim uchun bayonot uslubidan hayratga tushmadim”, deya uning gaplariga munosabat bildirishni istamagan.

Endilikda detallar ochiqlandi: Furne o‘z shikoyatini elektron xatga yozgan va Ineos (“Nissa” egalari) kompaniyasiga yuborgan. Xatning matni RMC Sport jurnalisti Daniel Rioloning pochtasiga kelib qoldi. U bir hafta davomida xatning haqiqiyligini tekshirdi va e’lon qilishga qaror qildi. Ma’lumot uchun, xat Kristof Galtye emas, balki “Nissa” sport direktori Julen Furne tomonidan yuborilgan.

Xatning eng e’tiborga molik qismi — Furnening Galtyening o‘g‘li bilan uchrashuvi:

“U menga otasining yomon holatda ekanini quyidagi so‘zlar bilan izohladi: ‘Julen, holat yaxshi emas, otam kecha yig‘ladi, sen tushunmayapsan’. Undan nima bo‘layotganini so‘radim. U esa bu jamoa otasiga to‘g‘ri kelmasligini, bunday davom etishi mumkin emasligini aytdi. Yaxshiroq tushunishim uchun undan aniqlik kiritishini so‘radim. U esa menga ‘sen axlat jamoani tuzgansan’, dedi. Men yana aniqroq gapirishini so‘radim. ‘Klubda faqat qora tanlilar, jamoangni yarmi esa juma kuni kunduzi machitda...’, deb javob berdi. Men Jon Valovich-Galtyega so‘zlaridan g‘azablanganimni va kabinetimni tezda tark etishini aytdim".

Murabbiyning o‘zi bilan bo‘lgan dialog haqida.

“Kristofdan o‘g‘lining gaplari rostmi deya so‘radim. U ha, deb javob berdi. Menga "shahar haqiqatlari"ni hisobga olishim kerakligi, jamoada haqiqatan ham bunchalik ko‘p qora tanli va musulmon futbolchilar bo‘lishi kerakmasligini aytdi.

Galtye menga shunday dedi: ‘Kecha kechqurun restoranga borgandim. Hamma menga jamoada qora tanlilar ko‘payib ketganini aytib, tashlandi. Julen sen qaysi shaharda ekanimizni tushunishing kerak. Bu Jak Medesenning (Nissa shahrining sobiq meri) shahri. Bizning jamoa odamlar xohishiga mos kelmaydi, shuningdek, mening xohishimga ham’.

O‘rtamizda sport masalalari borasida tortishuv bo‘lmagan. Faqat futbolchilarning dini yoki terisining rangi bo‘yicha tortishuvlar bo‘lgan”, — deb yozgan Furne “Nissa” rahbariyatiga.

Galtye Ramazon borasida ham shikoyat qilgan. Hatto 23 yoshli yarim himoyachi Bilol Braimini tarkibdan chetlashtirgan. U ro‘za tutgani uchun “Renn”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Murabbiy ochlik futbolchilarning sport formasiga yomon ta’sir qiladi, deb hisoblagan. Get French Football News ma’lumotlariga ko‘ra, Galtye o‘yinchilarning fitnes-ma’lumotlarini guruhlarga ajratgan, biroq Ramazonda futbolchilarning natijalari yomonlashmagani ma’lum bo‘lgan.
Foto: Twitter

Shunga qaramay Galtye “Nissa” futbolchilaridan Ramazon oyi ro‘zasini tutmaslikni so‘ragan. Jamoadagi musulmon o‘yinchilar bunga har xil munosabat bildirgan. Masalan, jazoirlik yarim himoyachi Xisham Budavi rozi bo‘lgan, Jan-Kler Todiboning esa jahli chiqqan va hatto mashg‘ulot konusini ham uloqtirgan.

Furne xat feyk ekanini aytmadi. Galtye aybni bo‘yniga olmayapti va haqorat, tuhmat uchun sudga berishga tayyorlanmoqda

Julen Furne xabar tarqatilgan vaqtda g‘azablandi, biroq xat haqida hech narsa demadi.

“Hozirgi vaqtda men Braziliyada, o‘zim aralashib qolgan bahs-munozaralardan ancha uzoqdaman. Klubni tark etganim uchun, bir yil avvalgi ichki ma’lumotlarning tarqalishi bo‘yicha hech qanday javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olmayman, — dedi Furne.

Galtyening advokati Olivye Martenning so‘zlariga ko‘ra mutaxassis “qat’iyatli so‘zlar bilan” ayblovlarni rad etgan. RMC Sport xabar berishicha, Kristof “haqoratli va tuhmatli so‘zlar uchun” sudga murojaat qilishga ham tayyor. “PSJ” bundan xabardor qilingan.

“Lill”dagi faoliyati davomida Galtye bilan birga ishlagan hujumchi Burak Yilmaz sobiq murabbiyini himoya qilmoqda: “Men Galtye bilan ishlaganman va hech qachon dinimga yoki millatimga qilingan yomon muomalasini ko‘rmaganman. U yaxshi murabbiy. Shuningdek, ajoyib inson”.

Murabbiyga o‘lim bilan tahdid qilindi. “PSJ” Galtyega qo‘riqchi berdi va hozircha uni ayblashga shoshilmayapti

Galtye oxirgi sutkalarda minglab qo‘ng‘iroq va xabarlar olgan. Ularning ba’zilarida murabbiyga o‘lim bilan tahdid qilingan. “PSJ” murabbiy va uning oilasini himoya bilan ta’minladi, deb xabar qilmoqda RMC Sport.

“PSJ” ichki surishtiruvni boshladi. Klub xulosa chiqarishga yoki vahima qilishga shoshilmayapti. Chunki ular bir-birini rad etuvchi versiyalar bo‘lishini tushunadi.

Parijliklar murabbiyga asossiz ayblovlarni qo‘ymoqchi emas. Shuningdek, Galtye ishga qabul qilingan vaqtda Nossir al-Helayfi bu kabi ehtimoliy bayonotlardan xabardor bo‘lmagan. Aks holda Galtye hech qachon jamoa murabbiyi etib tayinlanmagan bo‘lardi.

Agar Galtyening so‘zlari haqidagi ma’lumot tasdiqlansa, “PSJ” katta ehtimol bilan uni iste’foga chiqaradi. Parij klubi murabbiyga juma kuni rejalashtirilgan matbuot anjumanigacha voqea bo‘yicha o‘z versiyasini aytib berishiga imkon bermoqchi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:59, 14.04.2023. O'qildi: 2406 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.