Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba.

  • APL
      • 03.12.2025 00:30
      • Bornmut
      • 0:1
      • Everton
      • 03.12.2025 00:30
      • Fulhem
      • 4:5
      • Manchester Siti
      • 03.12.2025 01:15
      • Nyukasl
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 04.12.2025 00:30
      • Arsenal
      • 2:0
      • Brentford
      • 04.12.2025 00:30
      • Brayton
      • 3:4
      • Aston Villa
      • 04.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 0:1
      • Kristal Pelas
      • 04.12.2025 00:30
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Nottingem Forest
      • 04.12.2025 01:15
      • Lids
      • 3:1
      • Chelsi
      • 04.12.2025 01:15
      • Liverpul
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 05.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vest Xem
  • La-liga
      • 03.12.2025 01:00
      • Barselona
      • 3:1
      • Atletiko
      • 03.12.2025 23:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:3
      • Real Madrid
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 15 37
2 Real Madrid 15 36
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 15 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 15 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Valensiya 14 14
16 Malyorka 14 13
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Levante 14 9
20 Real Ovyedo 14 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Real Ovyedo - Malyorka
06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrea Pirlo: «Murabbiylikda sabr ham juda zarur»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Jahon futboli tarixidan munosib joy olgan Italiya milliy jamoa­si va «Yuventus» afsonasi Andre Pirlo hozirda Turkiya chempionatida murabbiylik bo‘yicha oldinga qadam tashlash harakatida.

 Vaqtida maydon va o‘yinni nozik his qilishi ortidan «maestro» laqabini olgan sobiq yarim himoyachi «Fotih Qoragyumryuk» klubini chakki boshqarmayapti. Har holda, tarkibida hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p surayotgan kamtarin jamoada o‘yin chizmasi bor, natija ham yo‘q emas. Daily Mail nashri jurnalistlari yaqinda Pirlo bilan Turkiya, mahalliy Superliga va hozirgi klubi haqida suhbatlashishdi. «Maestro» intervyu davomida shuningdek, Antonio Konte va Karlo Anchelotti faoliyatiga  alohida to‘xtaldi, murabbiylik og‘ir kasb ekanligiga qaramay, bugungi ishidan zavqlanayotganini alohida ta’kidladi.

- Suhbat boshida dardli mavzuni eslashga majburmiz: Turkiyada ro‘y bergan dahshatli zilzila ko‘pchilik qatori sizni ham larzaga solgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Matbuotda tabiiy ofatdan jabrlangan insonlarga bevosita yordam qo‘lini cho‘zganingiz haqida xabarlar tarqaldi. Shu xususda batafsil gapirib bersangiz...

- Zilzilani eslash ham og‘ir. Shunday ko‘ngilsiz ofat yuz berganidan afsusdaman, albatta va turk xalqiga hamdard­man. Mana, ko‘pchilik fojeaga befarq qaragani yo‘q, imkon doirasida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatdi. Albatta, bunday holatda birlashish kerak. Chunki katta ko‘lamli fojealarda qo‘llab-quvvatlov va yordam juda muhim. Zilzilada yaqinlarini yo‘qotganlarga qiyinligini juda yaxshi tushunaman, lekin odatiy hayotga qaytish kerak, baribir. Bu borada turklar irodalariga qoyil qoldim. Fursatdan foydalanib, tabiiy ofatdan aziyat chekkanlarni yana bir marta mahkam quchib qolaman. Biz sizlar bilanmiz!

- Endi futbolga ko‘chaylik. «Fotih Qoragyumryuk» qanday klub, Turkiya chempionati haqida nima deya olasiz?

O‘z oldimga hamisha katta maqsadlar qo‘yishga odatlanganman. Tabiatim shunaqa. Deylik, futbolchilik faoliyati davomida hamisha katta sovrinlar yutishga intilganman. Murabbiylikda ham aslo o‘zgarmadim. Turkiya Superligasiga esa rivojlanish, yangi sohadagi ishimga asos solish uchun yuzlandim. «Fotih Qoragyumryuk»ka kelsak, klubning ambisiyalari menikiga to‘liq mos. Turkiya Superligasiga esa ortiqcha to‘xtalish shart emas. Bu yerda tetik futbol va qaynoq muhit hukmron. 

- Turkiyadagi yashash sharoitiga o‘rganib oldingizmi, yaqin kelajakdagi rejalaringiz qanday?

- Turkiya - yashash uchun ajo­yib mamlakat. Hammasi zamonaviy. To‘g‘ri, boshida mahalliy sharoitlarga moslashishda ancha qiynalganim rost. Axir bu yerdagi hayot tarzi Italiyadagidan keskin farqlanadi. Muhimi, hozir barchasiga ko‘nikib ulgurdim va qandaydir muammo yo‘q. Oddiy aytganda, menda hammasi joyi­da. Rejalar? Takrorlayman, murabbiylikda ham katta marralarni zabt etishni ko‘zlayapman. Maqsad - tajriba oshirish, qaysidir top-jamoa nazariga tushish va uni Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba sari yetaklash. Agar ambisiyangiz past bo‘lsa, unda ishga kirishmaganingiz ma’qul.

- Xo‘sh, turk futboli maktabidan nechog‘li qoniqyapsiz, bu yerda to‘plangan tajriba sizni yuksak marralar sari yetaklay oladimi?

Bu yerga kelganimda, menda ma’lum darajada shaxsiy futbol falsafasi va murabbiylik yo‘nalishi bo‘yicha muayyan tushuncha shakllanib ulgurgandi. Faqat barchasini amalda qo‘llash, natijasini ko‘rish talab etilardi. Shu ma’noda aytsam, o‘rganish jarayoni chakki ketmayapti. Miyamdagilarni o‘zgacharoq turk futbolida sinab ko‘rayotganim kelajakda rosa qo‘l kelishiga ishonaman. Binobarin, futbol bobida ma’lum qolipga tushib qolish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Murabbiy zaxirasida xilma-xil variantlar bo‘lishi zarur. Buning uchun esa xilma-xil o‘yinlarni ko‘rish, tahlil qilib borish va ba’zi qiyinchiliklarni yengib o‘tish kerak. Aks holda, dastlabki jiddiy sinovdayoq muammoga yo‘liqasiz.

- O‘z misolingizda ayting, futbolda orttirilgan obro‘ murabbiylik ishini nechog‘li yengillashtiradi? Umuman, ikki sohadan qay biri osonroq? 

Futbolchilik faoliyatim davomida hammasi boshqacharoq edi, ehtimolki, osonroq ham. Qolaversa, futbolchi faqat qanday o‘ynash haqida o‘ylaydi. Murabbiylik faoliyati esa ancha keng qamrovli, sen hammasini tushunishing va nazorat ostiga olishing shart. Turli mentalitet va xarakterga ega 20-25 nafar yigit bilan ishlash, aloqa o‘rnatishni o‘ylang. Qisqasi, murabbiylik roli ancha murakkab - bu mutlaqo boshqa ish.

- Murabbiylikda eng muhimi nima - tajribami, bilimmi yoki...?

- Bilimsiz hech qayerga borolmasligingiz tayin, shuningdek, tajriba katta ahamiyatga ega. Lekin menimcha, sabr ham zarur. Jamoangdan nimalar talab qilish mumkinligini to‘g‘ri baholashing uchun bilim kerak. Tarkibda jamlangan turli o‘yin uslubi va xarakterga ega yigitlar bilan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish esa katta sabr talab qiladi. Agar jamoang ko‘ngliga yo‘l topa olsang va shogirdlar bilan munosabatda muvozanatni ushlasang, ishing o‘z-o‘zidan yengillashadi. Qisqasi, qo‘pollik yoki qaysarlik naf keltirmaydi, hammasiga sabr bilan yondashish kerak.

- Qiziq, murabbiy sifatida jamoa ichida qandaydir qoidalarni ham joriy etdingizmi?

- Hammasiga real ko‘z bilan qarayman. Hali yosh mutaxassisman va ishlashim, izlanishim, har kuni mukammallik sari qadam tashlashim muhim. Ha, murabbiy rolida 3-4ta qoida o‘rnatganman. Futbolchilar ayniqsa, o‘yin oldidan telefon ishlatmasliklari, uchrashuvlarga kechikmasliklari kerak. Kech qoldingmi, tamom, o‘ynamaysan! Maydonga tushdingmi, 100 foiz kuch bilan ishla. 

- Qaysi murabbiylarga havas bilan qaraysiz? 

- Deylik, Antonio Kontega. Undan juda ko‘p narsalar o‘rgandim. Hozirga qadar aloqamiz saqlanib qolgan. Konte faoliyatimda men ko‘rgan eng yaxshi murabbiylardan biri, shubhasiz. Uning g‘oliblik mentaliteti tahsinga loyiq. Karlo Anchelotti esa o‘ta xotirjamligi bilan hayratga solardi. U yigitlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishni biladi. Hamisha hammasini 1ta so‘z bilan ifoda etishini ham alohida aytish kerak. Bu juda muhim xislat. Zero, katta jamoa murabbiyi qachon gapirish va qaysi mahal sukut saqlashni bilishi shart.

Fakt. Andrea Pirlo suhbat davomida yana bir ma’lumotni oshkor qildi. Maurisio Pochettino «PSJ» boshqaruvini qo‘lga olganidan keyin uni o‘z shtabida ko‘rishni istagan ekan. «Maestro» esa o‘sha pallada mustaqil ishlash ishqida «Yuventus» taklifini qabul qilgan.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 16.04.2023. O'qildi: 996 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 8
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Эспаньол Pere Milya 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.