"Napoli" o‘z maydonida "Kalyari"ni mag‘lub etdi - 1:1 (penalti - 9:8).
Uchrashuvning 28-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Lorenso Lukka hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar muvozanatni tikladi - 67-daqiqada Sebastyano Espozito hisobni tenglashtirdi.
Penaltilar seriyasida jamoalar 10 tadan zarba berishdi. G‘alaba keltirgan penaltini Alessandro Buonjorno golga aylantirdi.
"Napoli" musobaqaning chorak finaliga chiqdi va "Fiorentina" - "Komo" uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Italiya kubogi. 1/8 final
3 dekabr, 22:00
Napoli - Kalyari - 1:1, penaltilar - 9:8
Gollar: Lukka, 28 (1:0). Espozito, 67 (1:1)
Penaltilar seriyasi: Obert - (0:1). Politano - (1:1). Borrelli - (1:2). Maktominay - (2:2). Prati - (2:3). Lang - (3:3). Felichi - (3:3)(to‘sin). Xeylunn - (4:3). Espozito - (4:4). Neres - (4:4)(darvozabon). Luperto - (4:5). Elmas - (5:5). Adopo - (5:6). Milinkovich-Savich - (6:6). Idrissi - (6:7). Spinassola - (7:7). Di Pardo - (7:8). Juan Jezus - (8:8). Luvumbu - (8:8)(darvozabon). Buondjorno - (9:8)
Napoli: Milinkovich-Savich, Juan Jezus, Olivera (Neres, 74), Bekema, Elmas, Vergara (Lang, 74), Spinassola, Massokki (Buondjorno, 68), Ambrozino (Maktominay, 61), Politano, Lukka (Xeylunn, 68)
Kalyari: Kaprile, Luperto, Rodriges (Idrissi, 61), Obert, Di Pardo, Adopo, Deyola (Felichi, 85), Semix Kilichsoy (Prati, 56), Gaetano (Espozito, 56), Luvumbu, Pavoletti (Borrelli, 55)
Ogohlantirishlar: Luperto, 22. Prati, 80