Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Navbahor"ga jarima, "Qizilqum", "Andijon", "Buxoro" va "Surxon" klubi futbolchilari diskvalifikasiya qilindi - Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Diskvalifikasiyalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

“Surxon” — “Buxoro”

O‘zbekiston Superligasining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Buxoro” uchrashuvining 73-daqiqasida “Buxoro” klubi futbolchisi Ro‘zimboy Axmedov raqib o‘yinchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, uchrashuvning 77-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Tamirlan Djamalutdinov to‘psiz vaziyatda bosh qismi bilan raqib o‘yinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ro‘zimboy Axmedovga (“Buxoro”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Tamirlan Djamalutdinovga (“Surxon”) nisbatan esa 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Andijon”

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Olimpik” — “Andijon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Nodari Kavtaradze oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisi oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Nodari Kavtaradzega (“Andijon”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “So‘g‘diyona”

Superliganing 4-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 71-daqiqasida mezbon jamoa muxlislari tomonidan maydon va futbolchilarga qarata turli buyumlar uloqtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Navbahor lochinlari” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Bundan tashqari, klub muxlislari tomonidan kelgusida maydonga turli buyumlarni uloqtirish holatlari takrorlansa, klubga nisbatan uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazish intizom chorasi qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

“Paxtakor” — “Qizilqum”

O‘zbekiston Superligasining 5-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvining 66-daqiqasida “Qizilqum” klubi futbolchisi Oybek Nurmatov oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyog‘iga qo‘pol tarzda zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Oybek Nurmatovga (“Qizilqum”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga

“Qumqo‘rg‘on-1977” — “Jayxun”

Birinchi liga musobaqasining dastlabki turidan o‘rin olgan “Qumqo‘rg‘on-1977” — “Jayxun” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Qumqo‘rg‘on-1977” jamoasi selesioneri Abdumalik Jumayev hakamlar hamda uchrashuv komissariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abdumalik Jumayevga (“Qumqo‘rg‘on-1977”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati

“Nasaf U21” — “Surxon U21”

U-21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Surxon U21” uchrashuvining 18-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Qadamboy Nurmetov oyog‘ining tag qismi bilan sakragan holda raqib o‘yinchisini tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shuningdek, o‘yinning 52-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Axadjon Abduraxmonov raqib o‘yinchisining oyoq qismiga to‘psiz vaziyatda tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Qadamboy Nurmetovga (“Surxon U21”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Axadjon Aburaxmonovga (Nasaf U21) nisbatan esa 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon U21” — “Neftchi U21”

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Andijon U21” — “Neftchi U21” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Andijon U21” jamoasi futbolchisi Abdulaziz Yusupjonov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abdulaziz Yusupjonovga (“Andijon U21”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Turon U21” — “Olimpik U21”

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Turon U21” — “Olimpik U21” uchrashuvining 38-daqiqasida “Turon U21” jamoasi bosh murabbiyi Rustam Azamov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan, chetlashtirilgandan so‘ng muxlislar o‘tiradigan tribunaga chiqib, uchrashuv komissari hamda hakamlari tomon takroran haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Rustam Azamovga (“Turon U21”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 28-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Timur Nabiyev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Timur Nabiyevga (“Qizilqum U21”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati

“Lokomotiv U19” — “Nasaf U19”

U19 chempionatining 1-turi doirasidagi “Lokomotiv U19” — “Nasaf U19” uchrashuvining 60-daqiqasida “Lokomotiv U19” jamoasi bosh murabbiyi Sobir Usmonxo‘jayev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shuningdek, o‘yinning 85-daqiqasida “Nasaf U19” jamoasi futbolchisi Sardorbek Baxromov oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sobir Usmonxo‘jayevga (“Lokomotiv U19”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Sardorbek Baxromovga (“Nasaf U19”) nisbatan esa 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor U19” — “Aral U19”

U19 chempionatining 1-turi doirasidagi “Navbahor U19” — “Aral U19” uchrashuvining 71-daqiqasida “Navbahor U19” jamoasi futbolchisi Murtazo Murodullayev raqib o‘yinchisining qorin qismiga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

O‘yinning 84-daqiqasida “Navbahor U19” jamoasi futbolchisi Daniil Panfyorov to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisini tepganligi hamda bo‘yin qismidan bo‘g‘ganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Navbahor U19” futbolchilari Murtazo Murodullayevga nisbatan 3 ta o‘yinga, Daniil Panfyorovga nisbatan esa 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor U19” — “Buxoro U19”

U19 chempionatidan o‘rin olgan “Navbahor U19” — “Buxoro U19” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Mirfayz Muxtorov raqib o‘yinchisini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Mirfayz Muxtorovga (“Buxoro U19”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik U19” — “Andijon SGS U19”

1-tur doirasidagi “Olimpik U19” — “Andijon SGS U19” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Olimpik U19” jamoasi futbolchisi Zayniddin Po‘latboyev oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisi oyog‘ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Zayniddin Po‘latboyevga (“Olimpik U19”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: UFA.UZ
Kiritildi: 19:51, 17.04.2023. O'qildi: 2623 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик