Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joau Kanselu: «Myunxenda o‘ynash – bu o‘zgacha sharaf»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Qisqa faoliyati davomida Portugaliya, Italiya va Angliyada sovrinlar yutishga ulgurgan Joau Kanselu endi «Bavariya» bilan ham yangi zafarlar nishonlashdan umidvor.

 To‘g‘ri, CHL chorak finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi birinchi o‘yin myunxenliklar uchun juda omadsiz kechdi (0:3). Portugaliyalik futbolchi aynan sobiq klubi maydoniga safar oldidan «51» jurnali muxbiri bilan uchrashib, ikki supergrandni o‘zaro taqqosladi. Joau suhbat davomida o‘zini Filip Lamga o‘xshatishlari yuzasidan ham gapirdi, yana og‘ir taqdirdan qo‘shimcha kuch olishini ta’kidladi.

- Joau, «Manchester Siti»dan ko‘chib o‘tganingizdan buyon «Bavariya»ning 11ta o‘yinida 5ta gol urdingiz. Himoyachi uchun qo­yilmaqom ko‘rsatkich, shunday emasmi?

- Ha, «Bavariya»da chakki start olmadim, har holda, statistika hammasi ijobiy ekanligini ko‘rsatmoqda. Futbolchi borki, yangi jamoasi safiga qo‘shilgach, ma’lum bir moslashish davriga yuz tutadi. Tabiiyki, men uchun «Bavariya» tizimi va o‘yiniga imkon boricha tezroq qo‘shilish, yangi klubdoshlar bilan chiqishib olish muhim edi. Ilk kunlardan shunga e’tibor qaratdim, asdoydil harakat qildim. Shukr, hozircha ham jamoa, ham shaxsiy darajada ishlar yaxshi ketmoqda.

- Sadio Mane yaqinda butun faoliyatida «Bavariya»dan yaxshiroq jamoani ko‘rmaganligini aytdi. Siz esa «Manchester Siti»dek klubda 3 yil o‘ynagansiz. Qiziq, senegallik jamoadoshingiz fikrini tasdiqlay olasizmi? Ayniqsa, CHLning katta chorak final o‘yini arafasida...

- Jahon futbolida 4-5ta megaklub borki, «Bavariya» ulardan biri, shubhasiz. «Manchester Siti» va «Real» kabi jamoa­larni yengish har doim juda qiyin. Bejiz ikkisi har mavsum Chempionlar Ligasi bosh sovrini uchun favorit hisoblanmaydi xuddi «Bavariya» kabi. Shu ma’noda aytsam, Myunxenda bo‘lish va «Bavariya»da o‘ynash - men uchun sharaf. Biz har qanday raqib taklifini qabul qilishga tayyormiz, duch kelgan jamoani mag‘lubiyatga uchratish salohiya­tiga egamiz.

- Umuman, «Bavariya»ni qanday tavsiflagan bo‘lardingiz? Jamoani boshqalardan aynan nima ajratib turadi?

- Ushbu ajoyib klub safiga qo‘shilish imkoniyati yuzaga kelgan pallada ortiqcha o‘ylab o‘tirmay, darhol ijobiy javob berdim: «Labbay». Shu kunga qadar Ispaniya, Italiya va Angliyada bo‘ldim va endi Germaniyada ham katta futbol zavqini surishni xohlayman. «Bavariya»ning alohida jihatiga kelsak, Myunxenda hammasi mutlaq muvaffaqiyat qozonishga qaratilgan. Boshqa gap yo‘q. Bu yerda har bir mashg‘ulot ham - jiddiy sinov. Juda ko‘p ishlaysiz, muhimi, menga shunday yondashuv yoqadi. Qisqasi, «Bavariya»da ekanligim va shunday ajoyib klubda o‘ynash imkoniyatiga egaligimdan bag‘oyat xursandman.

- Mart oyida FIFA tomonidan tuzilgan yil ramziy jamoasiga qo‘shildingiz. Bu o‘zingiz uchun nimani anglatadi?

- FIFA so‘rovida ikkinchi marta nomzodlar qatoriga kirdim va bu safar ramziy jamoaga qo‘shildim, nihoyat. Bu - orzu. Zero, dunyoning 11 nafar eng yaxshi futbolchisidan biri bo‘lish - katta natija. Siz raqobatbardosh sportchi sifatida har doim o‘z imkoniyatlaringizdan maksimal darajada foydalanishni istaysiz. Jumladan, mening maqsadim ham oddiy - o‘z yo‘nalishimda eng yaxshilar qatoriga kirish va jamoaviy muvaffaqiyatlarga erishish. Fursatdan foydalanib, so‘rovda menga ovoz berganlarga rahmat yo‘llayman.

- FCB o‘ng qanotida o‘ynagan buyuk o‘tmishdoshingiz Filipp Lam FIFA talqinidagi jahon terma jamoa­siga 2 marta kirgandi. Klubning yetuk sardori va uning o‘yini haqida nimalarni bilasiz?

- Sizni bunday buyuk futbolchi bilan taqqoslashlari shunchaki, ajoyib... Yoshligimda Filipp ishtirokidagi o‘yin­larni kuzatib, o‘zgacha yayrardim. Lamning o‘yini men uchun o‘ziga xos yuqori nuqtadir. Shuningdek, Dani Alvesh va «Real»dagi Marseloni ham juda qadrlardim. Bilaman, Filipp Lam darajasiga erishish yo‘lida hali ko‘p ter to‘kishim kerak. Axir u imkoni bor barcha sovrinlarni yutdi. CHL kubogi hozircha men uchun katta orzu va unga erishmaguncha qo‘l ko‘tarmayman. Ehtimol, «shalpangquloq»ni «Bavariya» bilan qo‘lga kiritarman, bunga aslo qarshiligim yo‘q.

- Yana qaysi futbolchilarga namuna sifatida qaraysiz?

- Futbol maydonidagi eng katta kumirim - bu Gaucho Ronaldinyo! Bunga uning o‘yindan rohatlanishi va barchasini o‘z qo‘liga olish xususiyati sababdir. Xullas, Ronaldinyoni o‘zim ko‘rgan barcha professio­nal futbolchilar orasida eng iste’dodlisi sifatida ta’riflayman. To‘g‘ri, Diyego Maradona, Pele, Marko van Basten yoki Yoxan Kroyffning o‘yinlarini bevosita ko‘rgan emasman. Bilganim shuki, Ronaldinyoning maydondagi quvnoq holati, aql-zakovati va jasorati, sehrgarligi va tomoshabinlarni ehtirosda ushlab turgani - barchasi noyob durdona. Qisqasi, mening futboldagi bosh qahramonim - bu Ronaldinyo.

- Maydon bo‘ylab krosslaringiz jahon futbolida alohida qadrlanadi. Bunday aniqlik bilan olg‘a borish texnikasiga qanday erishgansiz? 

- Tabiatan o‘zim gol urishdan ko‘ra, samarali uzatma berishni afzal ko‘raman negadir. Krosslar esa har kungi mash­g‘ulotlar samarasi hisoblanadi. Texnik salohiyatim tabiiy ravishda rivojlanganini aytishim joiz. Maktab davrida futzal mashg‘ulotlariga ham qatnardim: bunda maydon kichikligi uchun texnikaga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ko‘chada muntazam do‘st­larim bilan o‘ynardim. Ulardan 2-3 nafari iste’dodi bilan ajralib turardi. Ammo professional futbolda iste’dodning o‘zi bilan cho‘qqiga chiqish ilojsiz. Mening baxtim - bu «Barreiyense»dagi tahsildan keyin dunyo bo‘yicha eng yaxshi futbol maktablaridan biri sanalgan «Benfika» akademiyasiga qabul qilinganim. Ushbu dargohdan deyarli har kuni yangi iqtidor chiqishi bejiz emas.

- Futbol maydonidagi hayotdan nimalarni o‘rganish mumkin?

- Eng muhimi, qiyinchiliklar yuzaga kelgan pallada o‘z prinsiplaringizda turishni. Tabiatan jangchiman. Portugaliyada yashash sharoiti Germaniyadagidan ancha past. Deylik, onam 3ta kompaniyada farrosh bo‘lib ishlagan. Biroq Portugaliyada minimal ish haqi juda pastligi tufayli kvartira uchun pul to‘lashga ham qiynalardi. 16 yoshga to‘lguncha oilamiz bilan bobom va buvimning uylarida yashaganmiz, chunki kvartira sotib olishga imkoniyatimiz yo‘q edi. Otam quruvchi edi, har doim ishlash uchun Shveysariyaga yo‘l olardi va yilda 1 oygina biz bilan yashardi. Ya’ni oilani ta’minlash uchun xorijga ketishdan boshqa chorasi qolmasdi. Otam hozir nafaqada va yaxshiki, pul topish tashvishidan qutuldi.

- Bugun ota-onangiz siz bilan faxrlanishlariga ishonchingiz komilmi? 

- O‘ylaymanki, ham sport natijalari, ham shaxsiy munosabat ma’nosida ularning orzularini ro‘yobga chiqardim. Demakki, men bilan faxrlanishsa kerak. Umuman, turmush o‘rtog‘im uchun yaxshi hamroh, qizim uchun yaxshi ota, otam uchun yaxshi o‘g‘il, akam uchun yaxshi uka bo‘lishni xohlayman. Aynan shu harakat meni mudom harakatga soladi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:05, 18.04.2023. O'qildi: 1074 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.