Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5998 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2519 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 08.10.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      16:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      17:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      19:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
      01:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      03:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      04:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 08.10.2025

      05:25 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Команды. Финал.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      09:55 "Лица страны". Анастасия Лоунова.
      10:10 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      10:40 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      11:00 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      12:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      16:10 "Команда мечты".
      16:40 "Магия большого спорта". "Хоккей".
      17:05 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Многоборье. Финал.
      19:00 Д/ф "Владимир Петров. Центр нападения".
      20:00 "Непобедимый".
      20:30 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:30 "Небесная грация".
      22:50 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      23:20 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      23:40 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      00:40 "Команда мечты".
      01:10 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
  • MATCH-TV
    • Sana: 08.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. 1/2 финала. "Красный Яр" (Красноярск) - "Стрела-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC 320 в Лас-Вегасе, США. Магомед Анкалаев против Алекса Перейры. Реванш.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 Матч! Парад.
      18:55 LIVE Баскетбол. Winline Basket Cup. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      20:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Динамо-Москва" (Москва) - "Салават Юлаев" (Уфа). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 08.10.2025

      05:30 Велоспорт. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      07:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      09:00 Велоспорт. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      10:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2. Прямая трансляция.
      14:00 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      14:30 Велоспорт. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      15:30 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 13 в Вене, Австрия.
      16:30 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2. Прямая трансляция.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      21:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Обзор.
      22:00 Парусный спорт. Гран-при. Этап 11 в Кадисе, Испания. Обзор.
      23:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      00:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Даунхилл.
      01:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Даунхилл.
      02:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      04:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Даунхилл.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Cho‘qqilarni ko‘zlagan «hakka»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan mavsumda 42 mln. yevroga xarid qilingan braziliyalik iqtidor jamoaning autsayderlar guruhidan olib chiqdi, endi yevrokuboklar hududidan joy olib, YECHLni ko‘zlamoqda. Noyabrda Braziliya terma jamoasi bilan Qatar mundialida bir soatdan ko‘proq qimmatli o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Keyin Angliyada ichki musobaqalardagi ishtirokini davom ettirdi va Liga Kubogi turnirida finalgacha yetib bordi. Aynan shu final arafasida Bruno xorijlik kasbdoshimiz bilan ortda qolgan hayotidagi qiziqarli voqealar xususida suhbatlashdi.

To‘p o‘rniga tosh, ustun o‘rniga shippak 

Bolalik chog‘ida Bruno to‘p sifatida toshni tepib futbol o‘ynagan. Murabbiyi va otasi bo‘lgan muloqot hammasini o‘zgartirib yubordi: 

- 5 yoshimda futbolga mehr qo‘ydim. Har kuni futbol o‘ynardik - darvoza ustuni kimningdir shippagi, to‘p o‘rnida ba’zan tosh, ba’zan daraxtdan to‘kilgan meva bo‘lardi. O‘yinimiz tufayli biron-bir to‘siqqa duch kelmaganmiz. Men Rioning Vila Izabel tumanida tug‘ilganman, afsonaviy «Marakana» yonida o‘sib-ulg‘aydim va tabiiyki, asosiy vaqtim shu arenada o‘tardi. 12 yoshgacha stadionga tekinga kirardik, qaysi jamoaning o‘ynashi bizni qiziqtirmagan, «Flamengo», «Fluminense» yoki «Botafogo» o‘yinchilari biz uchun daho maqomida edilar. Bir kuni «Vasko de Gama»ning mashg‘uloti ustidan chiqib qoldim. Qandaydir salfetkani topib, o‘yinchilarning biridan dastxat so‘radim: «Barcha aziz-avliyolar haqqi-hurmati, menga dastxat bering! Men uchun kim ekanligingiz muhim emas, ekipirovkachi bo‘lsangiz ham mayli, aka». Oyim futbolchi bo‘lishimga mutlaqo qarshi - ammo otam juda mamnun edi. Bir kuni oyim meni suzish sportiga olib bordi. Undan qo‘rqqanim sababli 6 oyga zo‘rg‘a chidadim va ko‘z yoshi bilan uyga qaytdim: «Uning menga keragi yo‘q, men futbol o‘ynashim kerak». Biz qashshoq yashardik. Onam motosikllar do‘konida ishlar, otam taksi haydovchisi edi. U bilan faqat dam olish kunlarida ko‘rishardik - shanba kuni o‘yinimni tomosha qilishga kelardi. Shu kuni asabiylashib qolardim. Chunki otam mening qahramonim, uni uyaltirib qo‘yishni istamasdim. Avvaliga, u o‘ta qattiqqo‘l bo‘ldi, mag‘lubiyat yoki yomon o‘yin uchun tanbeh berardi. Haqiqiy jamoada o‘ynay boshlaganimda o‘zimni o‘ta qoloq his etardim. O‘yinlar arafasida asabiylashib, qornim og‘rir, ko‘nglim aynirdi. Ba’zan haroratim ko‘tarilib ketardi, uxlay olmasdim. Chunki o‘yinda xato qilishdan qo‘rqardim. Bir kuni sport zalida o‘rtoqlarim bilan futbol o‘ynadik. Men o‘ta xotirjam, shunchaki, zavq olish uchun to‘p surdim, kimdir meni kuzatib turishi xayolimga ham kelmagandi. O‘yinga berilib ketganim bois, murabbiy Mario Xorxe o‘sha yerda ekanligini sezmadim. O‘yindan keyin u meni savolga tutdi: 

- Nima uchun haqiqiy o‘yinda shunaqa o‘ynamaysan? 

- Bilmadim, ustoz. O‘zimni negadir noqulay his etaman. 

- Quloq sol, hech narsani o‘ylamay, bilganingcha o‘yna. 

Shundan keyin otam bilan gaplashib, menga bosim o‘tkazmaslikni iltimos qildim. U iltimosimni qabul qildi. Keyin o‘z oldimga shart qo‘ydim: Hoy bola, bu - shunchaki, o‘yin. O‘zingni erkin tut. Shunday o‘ynaginki, qarshingda darvoza emas, shippak turgandek bo‘lsin. 

«Botafogo» va  «Fluminense»dan rad javobini oldi 

- Ruhiy bosimdan forig‘ bo‘lgach, bor kuchim bilan to‘p sura boshladim, ammo yo‘lim superyulduznikidek emasdi. Tez orada «Botafogo» va «Fluminense»da omadimni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Biroq ular qabul qilishmadi. Shundan keyin futboldan voz kechmoqchi bo‘ldim. Lekin onam Kafuning hayot yo‘lini misol keltirib, menga taskin berdi va orzu sari dadil intilishni talab qildi. Uning daldasi bilan qiyinchiliklarga chidadim. Aynan shu pallada Mario Xorxe meni o‘zining «Audaks San-Paulu» klubiga olib ketdi. Hatto ko‘rikni ham lozim topmadi. Shu tariqa 13 yoshimda begona shaharda yashay boshladim. Otamning taksisida 5 soat yo‘l bosganimiz, bir gala bolalar bilan ikki qavatli krovatlar joylashgan xonada qolganimizni hech qachon unutmayman. Ochig‘i, hammamiz yig‘lardik. Bu yoshda olisda qolgan uying, kuchuging, o‘z ko‘rpa-to‘shaging sog‘inchiga chidash oson emas. Bir kuni mashg‘ulotdan xonaga qaytgach, odatdagidek, qo‘limni yostig‘im tagiga tiqdim - u yerda otam olib bergan mobil telefonim turardi. Lekin o‘sha kuni qo‘lim telefonga emas, qandaydir yumshoq narsaga tegdi. Yostiqni ko‘tardimu, baqirib yubordim - menga semiz kalamush qarab turardi! Men krovatdan sakradim, kalamush xonada yugura boshladi, kimdir qo‘rquvdan stulga chiqib oldi, boshqasi kalamushni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Qisqasi, bir amallab uni shkafga qamadik. Endi hammasi tinchiganida, go‘yo xona ularnikidek, ikkinchi kalamush paydo bo‘ldi. O‘sha oqshom o‘zimni jahannamga tushgandek his etdim. Onamga qo‘ng‘iroq qilib, avtobusda uyga qaytishim uchun pul jo‘natishini so‘radim. Biroq u yana tanish ohangda takrorladi: «Xotirjamlikni saqla va sabrli bo‘l. Bu sening orzuing. Sabr qilsang, unga erishasan». 

Taksichi bo‘lmoqchi edi, dastlabki shartnoma  

qutqarib qoldi 

- Dam olish kunlari ota-onam taksida kelib turishdi. Shu zaylda 3 yil ortda qolgan bo‘lsada, futbolchi bo‘lishimga hamon ishonmasdim va ishim yurishmasa otamdek taksi haydovchisi bo‘lishni mo‘ljallab qo‘ygandim. Har oyda 400 real pul topib, 100 realni telefonga sarflardim. Agar 18 yoshda professional shartnoma taklif etishmaganida, taksichi bo‘lishim aniq edi. Guvohnoma olish uchun imtihon topshirgandim. Uydagilar esa meni ilk shartnomadan oladigan pulimga Volkswagen Beetle oladi, deb o‘ylashgan ekan. «Audaks» murabbiyi Fernando Diniz bilan suhbat rejani o‘zgartirib yubordi: «Bruninyo, hayotda qaysi yo‘lni tanlashingdan qat’iy nazar, sen doimo yetakchilar safida bo‘lasan». O‘sha paytda men professional shartnomaga ega emasdim. Lekin 19 yoshda u meni Paulista shtati chempionatiga taklif etdi. shu tariqa professional faoliyatim boshlandi. Ikki yildan keyin Braziliya oliy ligasida debyutimni nishonladim. Yana 4 yildan keyin esa, «Lion» safidan joy oldim. 

39 - Gimaraesh uchun omadli raqam 

- Hayotimdagi ijobiy o‘zgarishlar uchun 39 raqamidan minnatdorman. Unda qandaydir jodu bordek. «Atletiko Paranayense»ga ijaraga yo‘l olganimda, otamdan so‘radim: qaysi raqamni tanlasam ekan? o‘zim tug‘ilgan yilim sharafiga 97ni olmoqchiman. Otam savolga savol bilan javob qaytardi: 39ga nima deysan? Bu raqam bizga bor-budimizni berdi: uy, yegulik, mebel, sening butsalaring, bularning hammasi 039 raqamli taksining xizmati evaziga keldi. Ana shundan keyin hayotimning yorqin sahifasi ochildi. «Atletiko» muxlislari ismimni kuylaydigan bo‘lishdi, keyin buyuk Juninyodan «Lion»ga chorlov keldi. 

Bruno «Nyukasl»  afsonasi bo‘lmoqchi 

- «Nyukasl»ga o‘tganimda, ko‘pchilik meni terma jamoadan chetda qolishimni taxmin qilishgandi. 2021G‘22 yillar mavsumida biz elitada qolish uchun kurashdik. Bu men uchun ulkan tajriba bo‘ldi. Ayniqsa, men dublga erishgan «Lester»ga qarshi bahs unutilmas taassurot qoldirdi. 95-daqiqada 2-golni urganimda, avval sira duch kelmagan o‘ta kuchli quvonchni his etdim. O‘sha g‘alabadan keyin elitadan tushib ketmasligimizga amin bo‘ldim. Hozir qachondir «Nyukasl» afsonasi bo‘lishimdan umidvorman, biz top-klub maqomiga ko‘tarila olishimizga ishonaman. Chindan ham, men uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdim. Endi sochlarini oq rangga bo‘yab olgan va 39 raqamli futbolkalarni kiyib olgan bolakay va qizaloqlarni zavq bilan kuzataman. O‘sha lahzada «Vasko De Gama» o‘yinchisidan dastxat so‘raganim yodimga tushadi. Ulg‘aygach, futbolchi daho bo‘lolmasligini tushundim. Biz hamma qatori oddiy insonmiz, mag‘lubiyatlardan xafa bo‘lamiz, asabiylashamiz. Biroq futbol - men uchun fusunkor o‘yin. Farzandlari o‘zi istagan maqomga erishishi uchun ota-onam juda ko‘p ter to‘kishdi. Endi ularning o‘g‘lini dunyoning narigi chetidagilar ham taniydilar, dastxat va u bilan birgalikda suratga tushishni so‘raydilar.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:30, 18.04.2023. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.