Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bilolxo‘ja Toshmirzayev: “Turon” kelasi yil chempionlik uchun kurashadi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliga 6-tur bahslari doirasida Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Neftchi”- “Turon” uchrashuvida tomonlar 1-1 hisobidagi durangga imzo chekishganidan yaxshi xabardorsiz.

Biz mazkur bellashuv yakunlangach uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan asli namanganlik bo‘lgan 25 yoshli “Turon” yarim himoyaichisi Bilolxo‘ja Toshmirzayevning fikrlariga quloq tutdik.

- Bugun jamoangiz Superliga peshqadamiga qarshi munosib o‘yin o‘tkaza oldi. Jamoangiz qayd etgan natijadan mamnun bo‘lsangiz kerak?

Albatta. Bugungi uchrashuv shiddatli o‘tishi oldindan malum edi. “Neftchi” Superligada peshqadamlik qilmoqda, biz esa muvafaqqiyatsiz o‘yinlarga barxam berishimiz kerak edi. Mavsumni omadsiz boshlaganimiz bois hozirda jamoani elitada olib qolish uchun harakat qilyapmiz. O‘yin agressiv kechishi kutilayotgandi va amalda ham shunday bo‘ldi. Bugungi raqibimiz O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan futbolchilarini o‘zida jamlagan hamda yaxshi shakllangan jamoa edi. Bizga bu o‘yinda muxlislar daldasi nixoyatda muhim edi. Shukrki, ularning qo‘llab-quvvatlashi natijasida ijobiy natijaga erishdik.

- Garchi, natijalar ko‘ngildagidek kechmayotgan bo‘lsada jamoa o‘yin borasida yomon taassurot qoldirmayotgan edi. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning iste’fosi borasida qanday fikrdasiz?

Baxtiyor Ashurmatov jamoaga yaxshi ijrochilarni olib kelish asnosida kurashuvchan jamoani shakllantirayotgan edi. Ortda qolgan uchrashuvlarda bizga shunchaki omad yetishmadi. Boz ustiga mavsum startida “Buxoro” ga yutqazib qo‘yishimiz natijasida jamoada ruxiy tushkunlik ro‘y berdi. O‘ylashimcha, g‘alaba qozona olmayotganimiz sababli raxbariyat bosh murabbiyni o‘zgartirishga qaror qildi.

- Jamoani hozirda Superligada olib qolishga harakat qilyapmiz dedingiz. Aslida mavsum avvalidagi vazifa qanday edi?

Ochig‘ini aytsam, raxbariyat yuqori maqsadlar yo‘lida keng ko‘lamli isloxotlarni amalga oshirmoqda. Nasib qilsa bu yilgi mavsumni yaxshi o‘rinlarda yakunlab olsak kelgusi yildan chempionlik uchun kurashuvchi jamoa shakllantirilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 11:00, 23.04.2023. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик