Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Surxon»ga tegishli qarzlar hozirgacha to‘lab berilmadi: O‘zPFL qanday chora ko‘rishi mumkin?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/pflclubs/surxon
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Surxon» futbol klubining futbolchilar, murabbiylar va boshqa ishchilar uchun to‘lamay kelayotgan qarzdorligi masalasini kun tartibida ushlab turibdi. Liga shu yilning o‘zida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov nomiga 3 ta rasmiy xat yubordi. Biroq viloyat hokimligi mazkur xatlarga umumiy javob qaytarish bilan cheklandi.

Nega Surxondaryo viloyati hokimligi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 yanvardagi «Surxon PFK» mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini «FC-Surhan» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sotish to‘g‘risida”gi 4-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimligi zimmasiga «Surxon PFK» mas’uliyati cheklangan jamiyatining o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini o‘tkazib, klubning aniqlangan kreditor qarzdorligini 2023 yilning 10 yanvariga qadar bartaraf etilishini ta’minlash yuklatilgan. O‘zPFL qaror ijrosi yuzasidan ma’lumot olish uchun 16 yanvar kuni Surxondaryo viloyat hokimligiga rasmiy murojaat bilan chiqdi.    

Bunga javoban shu yilning 2 fevral sanasida Surxondaryo viloyat futbol assosiasiyasi Ligaga xat yo‘lladi. Unda viloyat hokimi topshirig‘iga asosan vakolatli organlar ishtirokida audit tekshiruvi boshlangani, shundan kelib chiqib, «Surxon» futbol klubi 2019-2022 yillar davomida O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazgan barcha shartnomalardan nusxa taqdim etish so‘ralgan. Liga mazkur so‘rovga muvofiq bir kun ichida tegishli shartnomalardan nusxalar taqdim etdi. Qaror ijrosi bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan 100 kundan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsada, qaror ijrosi ta’minlanmadi.

Liga 25 mart kuni viloyat hokimiga rasmiy xat bilan chiqib, mavjud qarzdorlik 29 mart sanasiga qadar bartaraf etilmasa, «Surxon» futbol klubi OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olmasligi va buning oqibatida klub 2024 yilgi mavsum oldidan quyi divizionga tushirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bunga javoban viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Oripov 31 mart kuni qarzdorlikni to‘lash bilan bog‘liq harajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ homiylik yoki byudjetdan tashqari qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishini ma’lum qildi. Mazkur javob xatida qarzdorlikni bartaraf etishning aniq muddati ko‘rsatilmaganidan kelib chiqib, O‘zPFL 5 aprel kuni viloyat hokimligiga navbatdagi so‘rovni yubordi. A.Oripov tomonidan esa 14 aprel kuni xuddi avvalgi mazmundagi javob xati takroran taqdim etildi.

O‘zPFL bunga javoban qanday chora ko‘rishi mumkin?

O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Surxon» futbol klubi eski qarzdorlik masalasini ijobiy hal qilmagani sababli OFK lisenziyalash platformasida mazkur holat aks etishini ta’minladi. Bu esa futbol klubining xalqaro lisenziyani qo‘lga kirita olmasligida asosiy mezon bo‘lishi mumkin. Agar «Surxon» futbol klubi lisenziyani qo‘lga kirita olmasa, uning 2024 yilgi mavsumni qaysi ligada o‘tkazishi masalasi O‘FA tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur qoida «Superliga va Pro liga reglamenti»ning 10.2-bandida o‘z ifodasini topgan. Liga bu boradagi so‘rovni assosiasiyaga rasman kiritishi uchun iyun oyini kutishga to‘g‘ri keladi. Sababi OFK lisenziyalash jarayonining yakuniy natijalari aynan shu oyda rasman e’lon qilinadi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori ijrosini kechiktirayotgani, FIFA me’yorlariga ko‘ra mazkur holat uchun «Surxon» futbol klubi ham bevosita javobgar ekanligidan kelib chiqib (yangi ta’sischi Liga oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarilishini ta’minlayotgan bo‘lsa ham, FIFA normalariga ko‘ra u avvalgi ta’sischining majburiyatlari uchun ham javobgar hisoblanadi), Liga O‘FA qoshidagi Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaga «Surxon» futbol klubi bilan bog‘liq masala to‘la yechim topguniga qadar futbol klubining transfer oynasidagi harakatlarini cheklash yuzasidan taklif kiritdi. Qo‘mitaning qarori yuzasidan alohida ma’lumot taqdim etiladi.

«Surxon» futbol klubining 2019-2021 yillar davomidagi moliyaviy faoliyati va buning oqibatida qator ishchi-xodimlar o‘z haqini o‘tgan vaqt davomida undira olmayotgani masalasida O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘z vakolati doirasida etarli darajada ish olib bordi va buning natijasida ayrim qarzdorliklar bartaraf etildi, qolgan qarzdorliklar yuzasidan esa Vazirlar Mahkamasi shu yilning 6 yanvar kuni qaror chiqardi. Ishonamizki, hukumat qarori ijrosi tez orada ta’minlanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:27, 25.04.2023. O'qildi: 1909 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик