Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Denis Korostichenko: «Oldinlari ko‘chada 7-8 soatlab to‘p tepib yurgan bolakay hozir shuncha vaqtini telefonlar uchun sarflamoqda»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Lokomotiv
Rukn: Intervyular
A A A

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro liganing 7-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "G‘ijduvon"ga qarshi o‘yin (5:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ilk navbatda barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Barcha futbolchilar bugun yaxshi o‘ynashdi. Birinchi bo‘limda himoyadan chiqishda ishlar biroz o‘xshamadi. Shunday bo‘lsada, golni himoyadan chiqqan holda urdik. Ikkinchi bo‘limda esa ishlarni bajarish yaxshiroq bo‘ldi. Tezkor yurishlardan so‘ng bir qancha yaxshi vaziyatlar ham yuzaga keldi. Yanada ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Bu natija va gollar klub uchun ham, muxlislar uchun ham yoqimli bo‘ldi.

— Jamoa birinchi bo‘limda uzun paslar bilan ko‘p o‘ynadi, biroq ko‘p braklar bo‘ldi. Yerdan paslar o‘ynash boshlanganidan keyin vaziyatlar ham ko‘paydi va hujumni yakunlash ham osonlashdi.
— Asosan yerdan paslar o‘ynashni istaymiz. Mashg‘ulotlarda ham bu borada ko‘p mehnat qilamiz. Bizning asosiy yo‘nalishimiz — yerdan kichik va o‘rta paslar o‘ynash. Biroq ligada har xil uslubda himoyalanadigan jamoalar bor. O‘yinlarga doimo ikkinchi variant bilan maydonga tushamiz. Ha, agarda raqibning qaysidir hududi ochiq bo‘lsa, uzun pas orqali hujumga chiqish mumkin. Aytganingizdek, birinchi bo‘limda ishlar unchalik o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda esa kichik va o‘rta paslar orqali o‘yinni nazorat qildik. Yaxshi vaziyatlarimiz ham ko‘proq yuzaga keldi. Raqiblar bahsga qanday himoyaviy o‘yin bilan kelishini bilmaymiz, balki, chuqur himoyalanar, balki, biroz oldinroqda kutib olar. Shu sababli bir qancha variantlar inobatga olib qo‘yiladi. Futbolchilar o‘yinda barcha variantlarni ko‘rib chiqadi va qaysi variantda o‘ynash kerakligini tushunib oladi.

— Raqiblar bosh murabbiyi o‘yinga kelish qiyinchiligini aytdi. Tarkibdagi bir qancha futbolchilar rulda bo‘lganini ta’kidladi. Bu o‘yinga qanchalik ta’sir o‘tkazdi?
— Raqiblarning o‘yinga qanday kelganligini bilmasdim. Bu doimo og‘ir holat bo‘lgan va o‘zining ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Siz rulda bo‘lib, o‘yinga kelyapsizmi, demak, maksimal harakat qila olmaysiz. «G‘ijduvon»ning o‘yinlarini ko‘rgandik. Ular o‘z maydonida boshqa jamoalar bilan yaxshiroq o‘yin namoyish qilgandi. Ikkinchi bo‘limda ularning kuchi tugab qolganini barcha ko‘rdi. Turib qoldi deyish anchagina qo‘pol bo‘ladi, shunchaki harakatlari kamayib ketdi. Bu jismoniy holatga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Jamoa o‘yinga o‘yin kuni kelib, dam olishsiz maydonga tushishi juda og‘ir bo‘ladi. Buni ko‘rdik ham.

— Boyan Naydenov «Lokomotiv» tarkibidagi o‘zining eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi desa bo‘ladimi?
— O‘z maydonimizda o‘tgan so‘nggi o‘yinda ham Boyan borasida savol bo‘lgandi. O‘shanda uning darajasi yuqori ekanligini va shunday bo‘sh hududlarni ochib beraverishsa, o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsataverishini aytgandim. U rostdan ham bugun o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Uning potensiali yuqori. Bu uning eng yaxshi darajasi emas, bundanda yaxshiroq o‘yin ko‘rsata oladi. Uning ijrosidagi yaxshi paslar, harakatlar bo‘ldi. Uning pas berish, ochilish, oldinga o‘ynash madaniyati boshqacha. Bugun chiroyli gol urishi mumkin edi. Jurnalistlar asosan chiroyli vaziyatlarni qidirishadi, yaxshi o‘yin ko‘rsata olmay, gol ursa ham u bugun zo‘r o‘ynadi deyishi mumkin. U bugun rostdan ham chiroyli o‘yin ko‘rsatib berdi. Bu g‘alabada uning katta xizmati ham bor.

— Siz yoshlar murabbiyi sifatida katta murabbiylikka yetib keldingiz. Hozirgi paytda yoshlarning tez yo‘qolib qolayotganining sababini nima deb o‘ylaysiz? Masalan, «Lokomotiv»da ham shunday futbolchilar bor. Ular o‘tgan yili Superligada o‘ynashdi, biroq hozir ular Pro-liga darajasida ham emas ekan.
— Yoshlar bilan ishlashda davom etamiz. Bizga yosh kadrlar juda kerak. Klubda ham yoshlar bilan ishlashda katta harakatlar bor. Boshqa klublarda ham yoshlar bilan variantlari ko‘p. Nega yoshlar hozir o‘smayapti? Muammolari katta? Rivojlanishdagi asosiy muammolardan bittasi, faqatgina klubda emas, uning oilaviy hayotida ham bor. Kechagina klubdagi inson bilan bu borada gaplashgandim. Oldinlari ko‘chada 7-8 soatlab to‘p tepib yurgan bolakay hozir shuncha vaqtini telefonlar, planshetlar, mobil o‘yinlar uchun sarflamoqda. Yo‘q, buni asosiy sabab demayman. Bu ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Umuman olganda biz yoshlar bilan ishlashda davom etyapmiz. Hali bizdan ko‘p yoshlar chiqadi. Ushbu mavsumda ham bir qancha yoshlar chiqishiga, debyut qilishiga ishonaman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:35, 28.04.2023. O'qildi: 1601 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик