Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Inter
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • 3:2
      • Alaves
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      •   Neftchi
      • 3:0
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      •   Mash’al
      • 0:0
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:30
      •   Paxtakor
      • 0:0
      • Navbahor
      • 11.03.2026 16:30
      • Surxon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 11.03.2026 19:30
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 11.03.2026 19:45
      • Buxoro
      • -:-
      • Xorazm
  • ECHL
      • 10.03.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Liverpul
      • 11.03.2026 01:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bavariya
      • 11.03.2026 01:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Tottenhem
      • 11.03.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Barselona
      • 11.03.2026 22:45
      • Bayer
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 27 54
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 27 35
10 Atletik Bilbao 27 35
11 Osasuna 27 34
12 Valensiya 27 32
13 Rayo Valyekano 27 31
14 Sevilya 27 31
15 Jirona 27 31
16 Alaves 27 27
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 27 18

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona
27-тур Vilyarreal 2-1 Elche
27-тур Xetafe 2-0 Betis
27-тур Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
27-тур Valensiya 3-2 Alaves
27-тур Espanyol 1-1 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

14/03/26 Alaves - Vilyarreal
14/03/26 Jirona - Atletik Bilbao
14/03/26 Atletiko - Xetafe
14/03/26 Real Ovyedo - Valensiya
15/03/26 Real Madrid - Elche
15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Orollik xushchaqchaq murabbiy

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ispaniya chempionatining 28-turida «Malyorka» «Valyadolid» bilan otashin trillerni (3:3) qayd etdi.

Safardagi jangovar durangga orolliklar Vedat Murikining dubli va Manu Morlanesning aniq zarbasi evaziga erishdilar. Hakamlar brigadasiga jiddiy e’tirozlarsiz o‘tgan kamdan-kam uchraydigan bahs.

So‘nggi paytlarda ayniqsa, Ispaniyada hakamlikdagi muammolar juda kuchayib ketdi. Mahalliy arbitrlar va ularning faoliyati xususida «Malyorka» bosh murabbiyi Xavyer Agirre «Valyadolid»ga qarshi o‘yin arafasida shoirona iborani qo‘lladi: «Hakamlarning mehnati og‘ir. Men shogirdlarimga hakamlar bilan har qanday vaziyatda bahslashmaslik kerakligini uqtirdim. Svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib ketgan kishi polisiya bilan bahslashadimi yoki shunchaki, mashinani to‘xtatadimi?»

Bu Agirre ijrosidagi birinchi metafora emas: jurnalistlar bilan muloqotda meksikalik mutaxassis frazeologiya, ehtirosli iboralar va monologlarga murojaat qiladi. Panenka nashri muallifi Serxio Xodar Agirrening matbuot anjumanlariga chanqoqligini quyidagicha bayon etgandi: «Murabbiylar va jurnalistlar o‘rtasidagi muloqotning turli usullari mavjud. Ayrimlarni u jonidan to‘ydiradi, boshqalar shunchaki, sabr qilishadi, uchinchilari qisqa javob qaytarishadi va qo‘pollik ishlatishlari mumkin. Agirre matbuot anjumanlarida o‘zini bardam his etadiganlar toifasidan. U xuddi tobutsozdek samimiy, luqmalari sudyaning hukmini eslatadi. «Malyorka»ning yangi murabbiyi - as. Ijtimoiy tarmoqlarda u iboralarini saralab o‘tirmaydi. Agirre o‘zini bo‘yniga sekundomerni ilib olgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisidek shogirdlarining bor kuch-quvvatlarini sug‘urib olish orqali o‘z jamoasini shakllantiradi».

O‘z faoliyatida Agirre Ispaniyaning 6ta klubida («Osasuna», «Atletiko», «Saragosa», «Espanyol», «Leganes» va «Malyorka») ishladi. Ispaniyada murabbiy quyidagi natijalarga erishgan. «Osasuna» bilan YECHLga chiqib, tarixiy natijaga erishganida, muvaffaqiyatni nishonlamagan. 2006 yilda Xavyer Agirre «Osasuna» bilan 4-o‘rinni egallab, jamoani pamplonaliklar tarixida ilk marta YECHLga olib chiqqandi. Yo‘llanma taqdiri so‘nggi turda hal bo‘lgan: nufuzli turnirda qatnashish uchun jamoa «Sevilya» bilan da’vogarlik qilgan, «Osasuna» «Valensiya»ni, «Sevilya» «Real»ni mahv etib, bir xil ochko jam­g‘arishgan, faqat o‘zaro uchrashuvlarda «Osasuna» 2 marta «Osasuna» 1:0 hisobida g‘alaba qozongani evaziga yo‘llanmani ilib ketgandi.

YECHL yo‘llanmasi butun shaharga bayram keltirdi, muxlislar, radiosharhlovchilar, hatto oddiy fuqarolar ham uni munosib nishonladilar. Faqat Agirre o‘z quvonchini yuzaga chiqarmadi: «ikki nafar erkakning o‘zaro quchoqlashishi - o‘ta kamyob voqea. Biroq hozir o‘zgacha vaziyat. Kuchukka xos yuz bilan qanday qilib o‘z xursandchiligimni namoyish etishim mumkin?»

YECHLning 2006/2007 yillar mavsumida «Osasuna» guruhdan chiqa olmadi: so‘nggi saralash bosqichida safar uchrashuvida urilgan gol tufayli «Gamburg»ga imkoniyatni boy berdi. «Espanyol»da Agirre qaysi o‘yinchini almashtirishni tribunalardagi muxlislardan so‘ragan. 2013/2014 yillar mavsumi arafasida «Espanyol» o‘z safiga «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Aleks Fernandesni jalb etgan, lekin bosh murabbiy uni juda oz maydonga tushirardi: o‘sha mavsumda ispan yigiti 24ta o‘yinda 609 daqiqa to‘p surgandi. Agirre «Espanyol»ni mavsum oxiriga qadar boshqardi, Fernandes esa yarim yil ko‘proq yurdi, murabbiydan keyin 5 marta maydonga tushib, 2015 yil yanvarida «Riyeka»ga o‘tib ketdi. Shogirdlariga tanbeh berishni unutib qo‘ydi, oyoqlarini qanday isitishini aytdi, Messini to‘xtatish yo‘lini topa olmadi.

2019/2020 yillar mavsumida meksikalik murabbiy «Leganes»ni boshqargandi. Agirre davridagi dastlabki 1 oy ichida jamoa 2-g‘alabasiga erishgan, o‘yin arafasida esa qiziq voqea yuz bergandi: «So‘nggi mashg‘ulotda o‘yinchilar holati o‘ta ayanchli edi. Ularga tanbeh berishni ham, bermaslikni ham bilmay qoldim. O‘zimni tiyib, navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik rejasini tuzish uchun uyga qaytdim. Ozgina jin,tonik ichgach, o‘yinchilarga tanbeh berishni unutdim. Jamoam «Espanyol»ni mahv etdi».

«Vilyarreal»ga qarshi bahs arafasida Agirre ob-havodan nolib, kasbdoshlarimizga sovuqdan saqlanish xususida maslahat bergandi: «Bugun juda sovuq, oyoqlarim qotib qoldi. Bundan xalos bo‘lish uchun ozgina ayyorlik ishlatganman. Hozir uni sizlarga ko‘rsataman». Shundan keyin Agirre krossovkasini yechib, oyog‘ini ko‘rsatdi, uni yupqa plyonkaga o‘rab olgandi: «Sovqotgan paytingizda shunday qilinglar. Avvallari paketlardan foydalanardim, endi oziq-ovqatlar o‘raladigan plyonkani ishlatyapman. Oyoqlarni sovuqdan asrash kerak».

2019 yil iyulidagi «Barselona»ga qarshi bahs arafasida murabbiydan Messini qanday zararsizlantirish xususida so‘raganlarida, Agirre quyidagicha javob qaytargandi: «Messini to‘xtatish bobida tushunchaga ham ega emasman. Chunki mening jamoalarim buni uddalay olishmagan. Leo uchun har qanday jarima zarbasi - penalti. Yordamchilarimdan biri Messi jarima zarbasini tepayotganida jonli devor qo‘ymaslikni taklif etdi. Men unga shunday javob qaytardim: «quloq sol, agar Leoni jarima maydonchasi ichida Kuelyar («Leganes» darvozaboni) bilan yolg‘iz qoldirib, 10ta to‘p bersang, 11ta gol uradi! Messini zararsizlantirishning yagona yo‘li - qoidani buzmaslik. Biroq buning iloji yo‘q. Chunki u muttaham har qanday raqibini ortda qoldiradi». O‘sha uchrashuvda Messi 3-golni urib, o‘yin taqdirini hal qilgandi. «Malyorka» darvozasi tomon belgilangan penalti «tentak nazari bilan» kuzatdi.

2022/2023 yillar mavsumida Agirre «Malyorka»ni boshqarib, dastlabki 4ta o‘yinda 1 g‘alaba va 2 durangga erishdi. g‘alaba ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Biroq orolliklar qo‘pollik tufayli raqiblariga 3ta penaltini sovg‘a qilishdi. Shu xatoliklar bo‘lmaganida, «Malyorka» «Atletik» bilan tenglashib, 6-o‘ringa chiqib olardi. Hafsalasi pir bo‘lgan murabbiy matbuot anjumanida nafratini yashirmadi: «g‘alabani qo‘ldan chiqargandan keyingi vajohatim? g‘irt tentakning ko‘rinishidek». Agirreni tushunish qiyin emas.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:36, 01.05.2023. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.