Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eder Militao: «Mbappe butunlay boshqa daraja!»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Eder Militao so‘nggi paytlar «Real» himoya qo‘rg‘onining yuragiga aylandi, shubhasiz.

 Atigi 21 yoshida Madrid superklubi safiga qo‘shilgan braziliyalik futbolchi qisqa vaqtda hayratlanarli yuksalishga erishdi. Deylik, o‘tgan yili ham «qaymoqranglilar» orqa chizig‘i markazida David Alaba bilan fantastik o‘yin ko‘rsatdi. Sports.ru saytining La Saeta Rubia blogi muallifi yaqinda Ispaniyada bo‘lib, Ederdan eksklyuziv intervyu oldi. Qiziqsangiz, marhamat, suhbat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

- 2019 yili CHLning amaldagi g‘oliblari - Serxio Ramos, Rafael Varan va Nacho Fernandes «Mad­rid»da o‘ynashardi - bunday jiddiy raqobatga qaramay, aynan «Real»ni tanladingiz. Tarkibga kirolmay, amaliyotsiz qolishdan qo‘rqmaganmidingiz?

- Har doim «Real» libosida o‘ynashni orzu qilganman. O‘sha yili ko‘plab klublardan aniq takliflar oldim. «Madrid»dan chorlov tushgach esa, sira ikkilanmadim. Jamoada Serxio, Rafa va Nacho kabi ijrochilar borligi meni cho‘chitmadi, aksincha, faqat oldinga undadi. Ular bilan birga shug‘ullanish va o‘ynash o‘rganish imkoniyati ekanligini bilardim. Ha, juda yosh edim va birinchi mavsum ko‘p o‘ynamasligimni tushunardim. Shuning barobarida mehnat orqali o‘z o‘rnimni topishga mutlaqo ishongandim.

- Chindan ham, boshida yetarli imkoniyatga ega bo‘lmadingiz, lekin ko‘p o‘tmay, barchasi birdan o‘zgardi...

- Chunki bir soniya bo‘lsin, ishlashdan to‘xtamadim. «Re­al»da boshqacha yondashuv ketmaydi - sen darhol hammasini isbotlashing kerak. Aks holda, jomadoningni tayyorlashingga to‘g‘ri keladi. Albatta, o‘yindan chetda qolgan vaqt ancha qiynaldim, chunki hech qachon murabbiy yoki jamoa uchun muammo bo‘lishni xohlamaganman. Ketma-ket 4-5ta o‘yinda zaxirada o‘tirishim mumkinligi, lekin 6-bahsda imkoniyat berilishi va bunga tayyor turishim shartligini bilardim. Katta jamoalarda sovuqqonlikni saqlab, ishlashdan qochmaslik muhim. Shunda ertami-kech xohlaganingizga erishasiz, albatta.

- Madriddagi 4 yil davomida Zayniddin Zidan va Karlo Anchelotti bilan ishladingiz. Ular o‘yiningizga qanday yangiliklar olib kirishdi?

- Zizu bilan o‘zaro munosabatimiz zo‘r edi, don Karlo Anchelotti bu masalada futbolchilarga biroz yaqinroq ham. Zidan real imkoniyatlarimni to‘g‘ri baholash, kuchli va zaif jihatlar ustida ishlashni o‘rgatdi. Anchelotti esa mutlaq ishonch berdi, taktik bilimimni oshirishda ko‘maklashdi. Ikki murabbiy ko‘p tomonlama o‘xshash - samimiy, ishonch va hurmatga yo‘g‘rilgan munosabat...

- Qiziq, siz uchun qaysi raqiblarga qarshi o‘ynash qiyinroq? Shu ma’noda kimlarni alohida ajratib ko‘rsatasiz?

- So‘nggi yillar ko‘plab buyuk futbolchilarga qarshi o‘ynadim: Neymar, Messi, Mbappe, Levandovski, Mane, Jezus... Ulardan birini ajratib ko‘rsatishim qiyin, ehtimol, Mbappega qarshilik ko‘rsatishda ko‘proq qiynalgandirman... Kilian juda topqir yigit. Himoyachi tayyorgarlik jarayonida hamisha raqibning sevimli texnikasini hisobga olishi kerak. Deylik, CHL finalida Mane ortidan yuguraverish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini bilardim, chunki u yarim himoyachilardan biri yoki Salohga hudud ochish uchun aldamchi krosslarga moyil edi. Bunday ijrochiga yaqin o‘ynash juda xavfli. Levandovskiga esa to‘p bilan burilish imkonini bermaslik kerak. Uni iloji boricha keskin qarshi olish talab etiladi. Ayniqsa, to‘pga ega chiqishiga qadar yo‘lini yopish kerak. Mbappe esa boshqa daraja, baribir. U o‘yin jarayonida yo‘q joydan imkoniyat topadi, yakka o‘zi vaziyat ixtiro etadi. Deylik, 5 daqiqacha siz kutgan chizma bo‘yicha harakatlanadi va shundan so‘ng birdan butunlay boshqacha uslub taklif qiladi. Oddiy aytganda, Kilian oyoqlari emas, balki harakat yo‘nalishiga uzatma so‘raydi. Misol uchun, unga bo‘sh joy qoldirmaslik uchun chuqurroq o‘ynay boshlaganimda, to‘pni olish ilinjida maydon markaziga yaqin hududga ko‘chib olgandi. Fikrini o‘qib bo‘lmaydigan hujumchi har qanday himoyachi uchun eng katta bosh og‘rig‘idir. Agar fikrini o‘qiy olsangiz, uni to‘xtatish yo‘lini ham topasiz. Ammo hujumchi o‘yin payti muntazam uslubini o‘zgartirsa, duelda millisoniyaga kechikish ham qimmatga tushadi.

- O‘tgan yozda «Real» tayanch zonasining uzoq yillik yetakchisi Kazemiro jamoadan ketdi. Bu yo‘qotish ma’lum taktik o‘zgarishlarga olib kelgani tayin. Yangi chizmaga moslashish uchun o‘yi­ningizda nimalarni o‘zgartirdingiz?

- Taktik o‘zgarishning asosi yarim himoya zimmasiga tushdi. Xususan, to‘psiz o‘ynashda harakat vektorlari o‘zgardi. Albatta, buning himoyaga ham ta’siri sezildi: endilikda uzatmalar vositasida tez-tez oldinga chiqyapman, yana raqiblarni yopish uchun tayanch hududiga o‘tyapman. Ha, Kazemiro misolida nafaqat o‘ta aqlli yarim himoyachi, balki katta hajmda ish bajaradigan ijrochini yo‘qotdik. Uning o‘rnini qoplash uchun men, Alaba, Ryudiger yoki Nachodan endi 20-25 emas, balki 30-40 metrlik radiusni qoplash talab etilmoqda.

- Eder, ko‘p marta jarohatga qaramay, maydonda qoldingizki, bu xarakteringizdan dalolat. Kuchli chidamni qanday shakllantirdingiz?

- Menimcha, bunisi oilamdan meros. Zero, majburiyat, kamtarlik va hurmat qadriyatlari asnosida tarbiyalanganman. Har doim jamoa va muxlislar oldida katta mas’uliyat borligini his qilaman. Futbolchilar hayotda yaxshi yashaydilar, boshqa odamlarga qaraganda, muammolarimiz kamroq. Maoshidan chipta uchun pul ajratib, stadionga kelgan muxlis esa futbolchilarning maksimal darajada ishlashlarini ko‘rishga loyiqdir. Demak, biz o‘zimizni o‘yinga to‘liq baxshida etgan holda, muxlislarga hurmat ko‘rsatishimiz shart. Ha, hamisha g‘alaba qozonishning iloji yo‘q, lekin har bir o‘yinda bor kuchni berish kerak. Otam hayotda eng oson tanlov - taslim bo‘lish va kurashni to‘xtatish ekanligini bot-bot takrorlardi. Bu - bir umrlik saboq. Qachonki, ortiq o‘ynay olmasligim va jamoaga naf keltirolmasligimni bilsamgina maydondan chiqib ketaman.

- David Alaba bilan juda ta’sirli tandem hosil qildingiz. Qisqa vaqt ichida bunday tajribali futbolchini tushunishda yuqori darajaga chiqqaningiz siri nima?

- David - ochiq va samimiy yigit. Yoningizda ko‘pni ko‘rgan shunday futbolchi bo‘lsa, hammasi oson kechar ekan. Hozir nafaqat kuchli tomonlarimiz, balki zaif jihatlarimizni ham yaxshi bilamiz. Bunday tandemning siri oddiy - to‘g‘ri munosabat, samimiylik va o‘zaro hurmat. 

- Atigi 25 yoshdasiz va «Real»da allaqachon 100ta o‘yin marrasiga yetish barobarida ko‘plab sovrinlar yutdingiz. Faoliyatingizni to‘liq «Santyago Berna­beu»ga bag‘ishlash va klub afsonalari qatoriga qo‘shilish variantiga qanday qaraysiz?

- Agar bu o‘zimga bog‘liq bo‘lsa, faoliyatim oxirigacha «Madrid»da qolishga tayyorman. Chunki «Real»ni yaxshi ko‘raman, qolaversa, Roberto Karlos, Ronaldo, Marselo va Kazemiro kabi yulduzlar qatoridan joy olishga nima yetsin...? 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 10.05.2023. O'qildi: 2109 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик