Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 72
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 52
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Brayton»ning yangi yulduzi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Arsenal» va «Chelsi»ning yanvar oyidagi jiddiy qiziqishlaridan keyin ekvadorlik yarim himoyachi Moyses Kaysedo «Brayton»dagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Hatto u amaldagi shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi. Biroq bu London grandlari yozda yana uni so‘roqlab kelmasliklarini anglatmaydi.

21 yoshli Kaysedo ayni pallada APLning 8-jamoasida markaziy chiziq hukmdori. Atigi 1,5 yil ichida u shunday maqomga ko‘tarildi. 2021|2022 yillar mavsumini u Belgiyaning «Bersxot»ida ijarada boshlagandi. O‘tgan yil yanvarida «Brayton» o‘z tarkibiga qaytarib oldi. «U kelgan kunidan boshlab ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Barcha uchrashuvlarda Moyses yetakchilar safida, uni aldab o‘tishning iloji yo‘q», - degandi Solli March o‘z jamoadoshi haqida.

Kaysedoning ustunlik va zaif jihatlari nimada?

Qishki transfer mavsumi Moyses uchun o‘ta shiddatli o‘tdi. 29 dekabrda uni «Chelsi» mo‘ljallayotgani chop etildi. Tez orada De Zerbi masalaga oydinlik kiritdi: «Yanvarda Kaysedo va Mak Allisterni saqlab qolishga umidvormiz. Ochig‘i, men barcha o‘yinchilarni mavsum oxirigacha olib qolish niyatidaman».

Yanvarning o‘rtalarida yangiliklar oqimi kuchaydi. «Chelsi»ning 55 mln. funt taklif etgani, Kaysedo agentini almashtirgani va De Zerbining niyati ma’lum bo‘ldi: «Eng yaxshi yechim - uning mavsum oxirigacha biz bilan bo‘lishi. Jamoani yozda almashtirish Moyses uchun foydaliroq».

Nihoyat, 23 yanvarda ekvadorlik iqtidor hozirgi jamoasiga sadoqatini bayon etdi: «Bor kuch-mahoratim va e’tiborim «Brayton»ga qaratilgan. Boshqa narsalar meni qiziqtirmaydi».

Biroq uch kundan keyin keskin o‘zgarish yuz berdi, «Arsenal» Kaysedo uchun 60 mln. funt taklif etdi, futbolchi esa instagramda xayrlashuv postini qoldirdi va 28 yanvardagi mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi. «Brayton» o‘jarlik bilan sotishni istamadi, taklif qiymati 70 mln.ga yetdi, lekin baribir, rad etildi. Shundan keyin «Arsenal» Jorjinyoning iziga tushdi.

Kaysedo qaysi jihati bilan «Chelsi» va «Arsenal» e’tiborini tortdi?

Moyses to‘psiz holatda intizomli, to‘p uchun kurashda ancha tajovuzkor bo‘lgani bois, tez-tez qoidani buzadi. Lekin aqlli harakatlari evaziga himoyadagi kamchiliklarni bartaraf etadi. Markazda aynan u to‘p surgani evaziga «Brayton» himoyasi ishonchli to‘p surmoqda. Kaysedo doimo hududni nazorat qilib, himoya tizimi bilan bir tekis harakatlanadi.

Potter davrida jamoa tez-tez personal ta’qibdan foydalanar, ekvadorlik futbolchi o‘zini erkin his etardi. De Zerbi esa himoyada nisbatan pragmatik futbol tarafdori. Moyses har ikki variant­da ham ko‘proq raqibdan to‘pni olib qo‘yish uchun kurashadi. Mantiqqa zid jihati shuki, o‘zining tirishqoqligi va gavdasidan samarali foydalanishi evaziga raqibini zararsizlantiradi. Lekin ba’zan qo‘polliklarga ham yo‘l qo‘yadi. Biroq hatto shunday vaziyatlarda ham jamoasiga foyda keltiradi - raqibning tezkor hujumini to‘xtatib qo‘yadi. «Tottenxem»ga qarshi bahsda Moyses qanotga o‘tib, u yerdagi son jihatdan kamchilikka barham berdi va raqibini oldinga to‘p uzatish imkoniyatidan mahrum etdi. Masalan, «MYU»ga qarshi o‘yinda u Fredning tezlik olayotganini ko‘rdi va Uebsterga yordam berishga oshiqdi. Natijada raqibi bosim ostida qoldi va uzatmani amalga oshira olmadi. «Liverpul»ga qarshi safar uchrashuvida Firmino va Salohni zararsizlantirish Dank bilan Uebster nazoratida edi. Xendersonning bo‘shliqqa intilganini ko‘rgan Moyses uning to‘pni egallab olishiga imkon bermadi.

«To‘p bilan yaxshi harakatlanadigan o‘yinchilar ko‘p, ammo ular himoyada samarali emaslar. Boshqalari to‘psiz aqlli harakat qilishadi, lekin uni olib yurishlari talab darajasida emas. Kaysedo esa hammasini a’lo darajada uddalaydi. qolaversa, juda yosh. U cheksiz salohiyat sohibi», - degandi murabbiy oktyabr oyida. To‘g‘ri, kurashda ba’zan xato-kamchiliklar bo‘lib turadi. Kaysedo vaqti-vaqti bilan konsentrasiyani yo‘qotib qo‘yadi. Mana shu kamchiligi uning himoyada mukammal o‘yin ko‘rsatishiga xalal beradi. Yana o‘sha «MYU»ga qarshi o‘yinda u Maktomineyni e’tibordan qochirdi va shotlandiyalik raqibi to‘pni jarima maydonchasi ichida egallab oldi. Moysesning baxtiga, Fernandeshning xavfli zarbasi golga aylanmadi. Lekin shunga o‘xshash xatoliklar juda oz.

Ulkan hajmdagi ish hajmi va aqlli harakatlar evaziga Kaysedo kelajagi porloq tayanch yarim himoyachilari safidan o‘rin oldi. Shuningdek, to‘pni nazorat qilish va pressingda ham faol harakatlanadi. Hujumga o‘tish chog‘ida ko‘proq bog‘lovchi vazifasini ado etadi, ba’zan o‘zi hujumlarni tashkil etadi. Muhimi, bosim ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, to‘pni ortiqcha ushlab turmaydi va 1-2 teginish bilan to‘pni jamoadolariga yetkazadi. «Men uzatmalarni qabul qilishni, murabbiy esa to‘pning tayanch yarim himoyachisi orqali o‘tishini yoqtiradi. Agar o‘yin davomida to‘pga 100 marta teginish talab etilsa, bemalol uddalayman. Chunki to‘p oyoqlarim oldida bo‘lishini yaxshi ko‘raman», - deydi Kaysedo.

Hujumning ilk bosqichidagi faollikdan tashqari, Moyses kutilmagan, samarali yechimlarni topishni ham o‘rniga qo‘yadi. Ekvadorlik iqtidor sohibining yana bir ustun jihati - to‘pni ishonch bilan olib yuradi va raqibining yaqinlashishiga ham yo‘l qo‘ymaydi. Bu borada dribling asqotadi. Lekin goho barqarorlik yetishmaydi. Ba’zan Kaysedo oddiy vaziyatda xatoga yo‘l qo‘yadi yoki qarorni to‘pni egallab olganidan keyin qabul qiladi. Masalan, «Totenxem»ga qarshi bahsda Veltmandan to‘pni qabul qildi, lekin nima qilishini bilmay qoldi. Bentankur bundan foydalanib, yangi hujumni boshlab yubordi. De Zerbi davridagi o‘sishni futbolchi quyidagicha izohladi: «Roberto to‘pni orqa chiziqdan olib o‘tish usulini yaxshilashimga yordam berdi. Biz hujumga o‘tishda sifatli o‘ynaydigan bo‘ldik. Bu murabbiyning sevimli sxemasi, menga ham juda yoqadi».

Yozda «Arsenal» Kaysedoni xarid qilish ehtimoli juda yuqori. Shuningdek, kelishuv ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi ham. Qishdagi omadsiz urinishlar xaridorlarning qiziqishlariga ta’sir etmadi:

• Himoyada Moyses - APLning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri. Qoidabuzarligi va yakkakurashlardagi omadsizigi hushyorligi va o‘yinni «o‘qiy olish» qobiliyatiga putur yetkaza olmaydi. Raqibiga yaqinlashmay turib xavfni bartaraf eta olishi De Zerbiga ishonchli uslubni yaratish imkoniyatini beradi.

• To‘p bilan muomala borasida Kaysedodan ko‘proq shug‘ullanish talab etiladi. Biroq yosh iqtidor sohibi buni uddalashiga shubha yo‘q.

Enso Fernandesni xarid qilgan va N~Golo Kante bilan shartnoma muddatini uzaytirgan «Chelsi»ning ekvadorlik futbolchiga qiziqishi pasayishi aniq. Lekin «Arsenal» Kaysedodan umidini uzmagan. Jorjinyoni qishda Moysesni xarid qila olmagani sababli o‘z safiga qo‘shib oldi. Kaysedo - kelajakka mo‘ljallangan sarmoya. Hozirning o‘zida u Partining o‘rnini bemalol to‘ldira oladi. Xullas, Arteta tizimida u yuksak marralarga tezroq va osonroq ko‘tariladi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:23, 01.06.2023. O'qildi: 2410 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик