Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ilyos Zeytullayev: «Qiyin vaziyatda jamoa borini berib o‘ynaydi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

«Bunyodkor» - «Andijon» (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev ishtirok etdi.

- O‘yinni ko‘rdinglar, birinchi taymda «Bunyodkor» yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Maydonni barcha qismida yaxshi harakat qildi. «Andijon» ham ijobiy taassurot qoldirdi va ular motivasiya bilan o‘yin ko‘rsatishdi. Ular chempionatdagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashishdi. Bunday holat bizda ham bo‘lgan. Qiyin vaziyatda jamoa borini berib o‘ynaydi. «Andijon»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Superligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qolgani va keyingi yillarda kuchli jamoa sifatida shakllanishini tilab qolaman. O‘z yigitlarimni mavsumni yaxshi o‘tkazishgani bilan tabriklayman. Bizni ko‘rsatmalarimizni ortig‘i bilan bajarishdi. Murabbiy sifatida ularni mehnatini olqishlayman. Biz mavsumni munosib o‘tkaza oldik. O‘ylaymanki, o‘yinchilar meni tushunishyapti. Yaxshi mehnat qilishgani uchun rahmat aytaman. Rahbariyatga ham minnatdorchiligimni bildiraman.

- Mavsumdan qoniqqanligingizni aytyapsiz. Lekin qaysidir jihatlaridan ko‘ngligiz to‘lmagan holatlari ham bo‘ldimi?

- Aytishim mumkinki, holi o‘tirib barchasini muhokama qilish imkoniyati bo‘ladi. Xato va kamchiliklarimiz bo‘ldi. Biz yanada zo‘r bo‘lishimiz ham mumkin edi. Bir qator muammolar ham kuzatildi. Lekin umumiy ma’noda yaxshi va maydonda, maydon tashqarisida jamoa yakdil bo‘lib ijobiy tomonini ko‘rsatdi. Biz kichkina yo‘lni bosib o‘tmadik. O‘zbekiston chempionatida 5-o‘rinni egallash ham yomon ko‘rsatkich emas. Kuchli uchlikda yakunlagan klublar o‘zbek futbolini gigantlari hisoblanadi. O‘ylaymanki, «Dinamo» ham kuchlilar qatoriga qo‘shildi. Undan keyin esa biz egalladik. Xulosa chiqarib ishimizga jiddiy yondashamiz. Rahbariyat bilan gaplashamiz. Qaerda xato qilganimizni ko‘rib chiqamiz. Tarkibimizga yosh o‘yinchilarni qo‘shdik. Bu jamoaga poydevor vazifasini bajarib beradi. Ularga imkoniyat beryapmiz. Albatta, bu jarayonlar oson bo‘lmayapti.

- Turnir jadvalidan kelib chiqib aytganda, o‘z ishingizga qanday baho berasiz?

- Boshqalar baho bergani yaxshi. G‘alabalar barchani mehnati. O‘yinchilarsiz yoki murabbiylarsiz buni tasavvur qilish qiyin. Birinchi o‘ringa jamoani qo‘yaman. Oldimdagi media xodimimizni, oshpazlarni, massajchilarni, ishlayotgan barcha insonlarni ham ta’kidlab o‘taman. Albatta, meni ishim ham oson emas. Rahbariyatga va barchaga minnatdorchiligimni bildiraman. Akademiyamizga ham iqtidorlarni yetishtirib berayotgani uchun rahmat. Barchasini men bajardim, desam noto‘g‘ri bo‘ladi. Hammasini birgalikda bajaradik.

- Keyingi mavsumda jamoa kuchli uchlikka harakat qiladimi? Ya’ni, kuchli uchlikka kiradigan «Bunyodkor»ni ko‘ramizmi?

- Savolni berib, javobini ham o‘zingiz beryapsiz. Bu savolni rahbariyatga bergan ma’qulroq. Top darajadagi futbolchilarni qanday jamoalar sotib olayotganini ko‘rib turibmiz. Yevropani grandlari mavsum boshida top futbolchilarni tarkibiga qo‘shib oladi. Biz o‘z yo‘limizda ketishimiz kerak. Yaxshi poydevor qo‘ygan holda aniq maqsad sari odimlashimiz lozim.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:33, 30.11.2025. O'qildi: 831 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик