Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL teatri: mavsum sarhisobi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Klublar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarning eng qiyini qaysiligi borasida mutaxassislar orasida ikki xil qarash bor.

Birinchi toifa YECHL variantini oldinga suradi. Chunki mazkur musobaqada, Yevropa qit’asining eng nomdor jamoalari qatnashadi. Boz ustiga turnir oxirlab borgani sayin, voqealar rivoji keskinlashib, har o‘yindan keyin bitta top jamoa turnirni tark etishga majbur bo‘ladi.

Ikkinchi toifadagilar APLni suyadilar. YECHLdan farqli tarzda, bu yerda zerikarli uchrashuvning o‘zi yo‘q. Har bir tur va undagi har bir o‘yinda o‘ziga xos intrigalar bor. APLning boshqa davraviy musobaqalardan afzalligi ham shunda. Daraja e’tibori bilan unga eng yaqin bo‘lgan La ligani olaylik. Barchamizga ma’lumki, u yerda grantlar va autsayderlar orasidagi “jarlik” haddan ziyod chuqur. Shuning uchun u yerdagi bahslarning aksari bir xil ssenariy ostida o‘tadi. Grant jamoa to‘qson daqiqa hujum qiladi, autsayder esa to‘rt kishidan iborat bo‘lgan ikki chiziqli himoyani tortadi-da, bor umidini qarshi hujumlarga bog‘laydi.

APL esa mutlaqo boshqa. U yerdagi murabbiylar bir-biridan tubdan farq qiladi. “Grant” va “autsayder” kabi terminlarning ta’siri juda oz. So‘nggi pog‘onada borayotgan “Lids”ni ham, o‘rtamiyonalardan deb hisoblanadigan “Vest Hem” va “Brentford”ning ham o‘ziga xos futboli bor. APLda har bir o‘yin final va raqiblar turli xildir. Musobaqaning bu yilgisi muxlislarni ancha paytgacha yodidan chiqmasa kerak. Turnir bizga bu mavsum o‘ta ko‘p emosiyalarni taqdim etdi. Zinapoyaning oxiriga yetganda toyilib ketgan jamoa barchani xafa qilgan bo‘lsa, kuchli oltilikka ikkita yangi jamoa qo‘shilishi xursand qildi. Turli xil emosiyalarni o‘zida jamlagani uchun maqolani “APL TEATRI” deb nomladik.

Qayg‘uli taraf — toyilish

Bu mavsumdagi “Arsenal”ni “Borussiya Dortmund”ga qiyoslashmoqda. Asli yakun bir bo‘lsa ham, ungacha bosib o‘tilgan yo‘l ikki xildir. “Arsenal” dortmundliklardan farqli o‘laroq o‘ttiz uch tur mobaynida yetakchilik qilib keldi. Juda qiyin o‘yinlarda kambeklar amalga oshirib, jamoada xarakter bor ekanligini namoyish qildi. Arteta o‘zining bor potensialini ishga solib jamoani chempionlikka tayyorladi. Londonliklar murabbiy atrofida yaxshi jamlanishdi va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarishdi. “Arsenal” tom ma’noda murabbiy jamoasiga aylandi. Shu o‘rinda ispaniyalik mutaxassisning “kozeri” haqida qisqacha yozib ketsak.

Bu mavsum “Arsenal” to‘p nazoratiga qurilgan klassik 4-3-3 sxemasida harakatlandi.



Rasmda ko‘rganingizdek, pozision hujumlar shu sxema ostida tashkil etildi. Endi qachonki, jamoaga gol zarur bo‘lib qolsa, sxema birdaniga 3-2-4-1 ga o‘zgaradi.



Zinchenko (rasmdagi 5-raqam) “Manchester siti”da orttirgan tajribasi tufayli tayanch nuqtasida Parti (7) bilan yaxshi juftlik bo‘lib o‘ynay oldi. Buni hisobiga raqibning jarima maydonchasi atrofida naqd beshta “Arsenal” futbolchisi paydo bo‘laverdi. Bundan tashqari, Artetaning kiyinish xonasidagi motivasiyalari tufayli har bir o‘yinchi o‘z darajasidan yuqoriroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi. Afsuski, uzoq davom etgan mavsum futbolchilarni ancha toliqtirdi. Toliqqan mushaklar dosh berolmay, Saliba kabi jamoaning muhim o‘yinchisi safdan chiqdi. Artetaning “mexanizmi” esa, o‘n bir futbolchiga moslab qurilgan edi.

Jamoa o‘zining toplarini saqlay oladigan darajada kattaligini hisobga olsak, yozda ular o‘z safiga qo‘shib oladigan futbolchilar haqida ko‘proq bosh qotirishlari kerak bo‘ladi. Kelasi mavsum jamoa tarkibida, yangi qo‘shilgan yosh yulduzlardan ikki-uchtasini ko‘rsak kerak. Nima bo‘lganda ham “Arsenal” neytral muxlislarni mavsum davomida xursand qilib, oxirida yig‘lata oldi…

Quvonchli taraf — kashfiyot

“Brayton” jamoasi mavsumning birinchi yarmida murabbiysiz qoldi. Grem Potter “Chelsi”ga o‘tgach, rahbariyat Roberto De Zerbiga jamoani ishonib topshirdi. Italiyalik mutaxassis debyutini to‘qqizinchi turda “Liverpul”ga qarshi o‘tkazdi va durang qayd etdi. Mavsum oxiriga kelib, Roberto rahbariyat va muxlislar uchun Yevropa ligasi yo‘llanmasi va oltinchi o‘rinni taqdim etdi. APLning bu mavsumdagi eng katta kashfiyotlaridan biri uning yangicha “Brayton”i bo‘ldi. U jamoani grantlar uchun haqiqiy bosh og‘riq qilib tarbiyalay oldi va bu orqali o‘zining salohiyatini ko‘rsatdi. Dank va Uebster kabi sof Angliya futboliga ixtisoslashgan himoyachilardan sovuqqon va eng nozik vaziyatlarda ham to‘g‘ri pas bera oladigan futbolchilarni yasadi. Mitoma, Ensiso, March kabi mahalliy muxlislargagina tanish bo‘lgan futbolchilarni kashf qildi. Endi esa, Pep Gvardiolani o‘z pichog‘ida “so‘ygan” De Zerbining ishlanmalariga nazar solsak.



Ushbu rasmda ko‘rib turganingizdek, ikki markaziy himoyachi o‘z jarima maydonchasi ichida turibdi. Ikki tayanch yarimhimoyachilari bo‘lmish Mak Allister va Gross qanot himoyachilari bilan bir xil chiziqda. Jamoa shu yo‘l bilan ko‘pincha raqiblarni pressing qilishga majburlar, o‘zi esa Mak Allister yordamida markazni yorib o‘tib, hujumni qanotga ko‘chirish bilan keskinlashtirar, yoki qanotda katta hududga ega bo‘lgan Estupinyan va Lemptiga tayanib tezkor hujumlar uyushtirdi.



Bu uslub ajoyib bo‘lish bilan birgalikda juda xavfli hamdir. Chunki birgina xato gol bilan yakun topishi mumkin. Do‘ppi tor kelib qolgan vaziyatlarda De Zerbi ikkinchi uslub bilan himoyadan chiqib ketardi. Bu uslub qanot yarimhimoyachilari yoki hujumchilarga tashlangan “long boll”dir.



“Brayton” bu mavsum futbolni daqiq nuqtalarigacha tushunadigan ixlosmandlar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi. Erishilgan yutuqdan kelib chiqib, kelasi mavsum rahbariyat transferlar uchun har safargidan ko‘ra ko‘proq pul ajratsa kerak. Katta jamoaga o‘yinchi yetkazib beruvchi “Brayton” endi o‘zi shunday klassdagi futbolchilarni sotib olishi kerak. Zero “masalliq” qancha yaxshi bo‘lsa, “taom” ham shuncha shirin bo‘ladi.

Musobaqani qayg‘uli tarzda tark etgan “Lester”, APLga yangicha rang qo‘shgan “Nyukasl”, “Aston Villa” va “Brentford”lar haqida yozib, maqolani boyitish mumkin edi. Lekin, ularning natijalari og‘zaki aytib o‘tishga emas, balki tahlil va alohida maqtovlarga sazovor deb o‘yladik. Rahmat.

Ermon buva

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:10, 13.06.2023. O'qildi: 3396 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик