Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi effekti. "Inter Mayami" Leo ortidan kosmik foydalarni ko‘rmoqda

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Messi AQSHga kelgach, bu yerdagi infratuzilmaga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi.

Chiptalar narxi 1000% oshdi. Va bu hammasi emas

Futbol tarixida o‘z nomi bilan har qanday jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsata oladigan shaxslar juda kam. Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga shu sababdan taklif qilingan: uning nomi ba’zi prezidentlardan ko‘ra kuchliroq, deyishadi. Portugaliyalik o‘z faoliyati davomida omma e’tiborida bo‘lgan, turli reklama kampaniyalarida porlagan, brendlar bilan hamkorlik qilgan va o‘z brendini yaratgan.

U bilan nomi teng kuchli bo‘lgan Lionel Messining "Mayami"ga o‘tishi MLS imijini allaqachon o‘zgartirib yubordi. Ammo u hali birorta ham o‘yin o‘tkazgani yo‘q. Leo Devid Bekxemni 2018 yilda “Inter Mayami”ga asos solingani bilan tabriklar ekan, videomurojaatida hazillashib: “Balki bir kun kelib menga qo‘ng‘iroq qilarsiz”, degandi. Klub xo‘jayinlari jamoaga yulduz jalb etishga jiddiy yondashgan va shu vaqt ichida ular hech qachon bu g‘oyadan voz kechishmagan. 2021 yilda "Inter"ning egasi Xorxe Mas The Athletic nashriga shunday degandi: "Devid va men buni amalga oshirish uchun juda ko‘p harakat qilmoqdamiz. O‘ylaymanki, bu nafaqat "Mayami", balki butun liga uchun ham katta o‘zgarish bo‘ladi". Liga komissari Don Garber 2023 yilning mart oyida liga Messini olib kelish choralarini ko‘rishga tayyorligini aytdi.

Lionelning kelajagini tanlashi tushunmovchilik va qiyinchiliklarga to‘la edi. U "Barselona"ga oxirigacha qaytishni istadi, Kataloniya klubi ham buni xohlardi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni varianti ham bor edi va yakunda MLS varianti g‘alaba qozondi. Amerika ligasi uchun bu haqiqatan ham keyingi rivojlanish uchun kuchli qadamdir - balki Messining harakatini turnirning yaqin tarixidagi misli ko‘rilmagan eng yaxshi voqea deb hisoblash mumkin. Buning ta’siri aniq ko‘rinadi (bu Leo o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsa ham, hozirdanoq sezilmoqda) va buni 1975 yilda "Nyu-York Kosmos"ga kelgan va Shimoliy Amerika futbol ligasida o‘ynagan Pele misoli yaqqol tasdiqlaydi. O‘shanda klub Warner Communications media imperiyasining kuchida yashadi va Amerika futbolida hech kim bu muvaffaqiyatga erisha olmagan voqelikka intildi: butun mamlakat bo‘ylab o‘g‘il bolalarni ushbu o‘yinga mehr qo‘yishga undadi.

Pele kelganidan so‘ng, ikki yil ichida "Kosmos"ning uy uchrashuvlariga o‘rtacha hisobda muxlislar tashrifi 3500dan 45 000gacha oshdi. Uch marta jamoaning uy stadioniga 70 000 dan ortiq odam yig‘ildi, o‘sha paytda buni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Pele ligaga Jorj Best, Yoxan Kroyff, Frank Bekkenbauer va Gerd Myullerni olib keldi. U futbol missioneriga aylandi va haqiqatan ham 1990 yilgi Jahon chempionatiga chiqish uchun Amerika futbolining birinchi avlodini shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi. Bir muncha vaqt o‘tgach endi Bekxem uni yanada rivojlantirish uchun keldi, undan keyin Zlatan Ibrahimovich va endi Messi...

Messi har qanday marketologning orzusi. Qo‘shma Shtatlarda esa, ular, albatta, ushbu qimmatbaho aktivdan maksimal darajada foydalanadilar. "PSJ"ni eslaylik: birinchi yili Leo klubga ko‘p yillik shartnomalar bo‘yicha 700 million yevro olib keldi, chunki uning ortidan brendlar hamkorlik bo‘yicha takliflar bilan kelishdi. Dior, Gorillas, Big Cola, Crypto.com, Sports Water, shuningdek, Nike va Coca-Cola bilan shartnomalar yangilandi. Sotilgan liboslarning 60 foizi argentinalik futbolchining nomi bilan bo‘lgan va umumiy to‘plam savdosi 40 foizga oshgan. Umuman olganda, Leoning Parijda bo‘lgan davridagi homiylik shartnomalari turli hisob-kitoblarga ko‘ra klubga 3 dan 10 million yevrogacha foyda olib keldi. Uning ketishi bilan klub bir necha kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda kamida ikki million obunachini yo‘qotdi. Messi bilan "Inter Mayami" Amerika ligasidagi eng qimmat brendga aylanishi ehtimoldan xoli emas va nima bo‘lishidan qat’i nazar, klub natijalarga ega bo‘ladi. Tijoriy jihatdan bu allaqachon jozibali loyiha ekanligi muhimroq.

Xo‘sh, endi nima o‘zgarganini ko‘rib chiqaylik.

Ijtimoiy tarmoqlar

Chorshanba kungi yangiliklardan oldin, klubning ijtimoiy tarmoqdagi bitta sahifasida 900 000 ga yaqin obunachilar bor edi. Juma kuni ertalab bu raqam 6,8 millionga yetgan bo‘lsa, hozir bundan ham ko‘proq - 8 million. MLSning boshqa hech bir klubida bunchalik ko‘p obunachi yo‘q.

Chiptalar

Messining transferi e’lon qilingandan so‘ng birinchi kun ichida "Inter Mayami" uy o‘yini uchun o‘rtacha chipta narxi 31 dollardan 152 dollarga ko‘tarildi. Masalan, 25 avgust kuni "Nyu-York Red Bulls" bilan o‘yinga chipta hozirda 983 dollarni tashkil etadi, bu dushanba kungi 99 dollardan 883 foizga ko‘p. 3 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Los-Anjeles" bilan uchrashuv uchun narx o‘rtacha 400 foizga – 150 dollardan 785 dollargacha oshdi.

Messi qachon debyut qilishi noma’lum, biroq manbalar The Athletic nashriga uning birinchi o‘yini 21 iyul kuni "Inter Mayami" va Meksikaning "Kruz Azul" jamoalari o‘rtasidagi Liga kubogi doirasida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Chipta o‘rtacha 1248 dollar turadi, bu 12 iyun, dushanba kungidan 922 foizga qimmat (o‘rtacha 120 dollar).

Translyasiyalar

MLS o‘yinlari Apple TV striming xizmati tomonidan translyasiya qilinadi va Messining "Inter Mayami" bilan kelishuviga yangi obunachilardan tushgan daromad ulushi kiradi. Apple yaqinda mavsumning qolgan qismi uchun liga obunasini 99 dollardan 49 dollargacha pasaytirdi, bu esa yanada ko‘proq auditoriyani jalb qilishi kerak. Kompaniya ko‘rish raqamlarini e’lon qilmaydi, ammo Apple'ning xizmatlar bo‘yicha katta vise-prezidenti Eddi Kyu yaqinda obuna va ko‘rish raqamlari "prognoz qilinganidan ancha yaxshi" ekanligini aytdi.

Kiritildi: 11:07, 14.06.2023. O'qildi: 7651 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик