Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vlado Radmanovich Eronga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -
OSIYO / https://stadion.uz/uz/news/sections/asia/cafa / https://stadion.uz/uz/news/sections/asia/cafa/Nations-Cup
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vlado Radmanovich ertaga, 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan CAFA Nation's Cup finali doirasidagi Eronga qarshi o‘yin oldilan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Barchaga assalomu alaykum. Ertangi finalda o‘ynash uchun ikkala jamoa ham loyiq edi. Eronning bizdan bir ustunlik jihati bor edi. Ular bizga nisbatan oson guruhdan o‘rin oldi va bitta kamroq o‘yin o‘tkazishdi. Ularda tiklanish uchun ko‘proq vaqt bo‘lganini aytib o‘tish lozim. Ularni juda hurmat qilamiz. Ammo bizda hech kim qo‘rqayotgani yo‘q. Ikkala jamoada ham hujum juda kuchli, ertaga qiziqarli o‘yin guvohiga aylanamiz.

Ertaga bizning futbolchilarmiz maydonning har bir qismi uchun kurashib, tartibli harakat qilishi lozim. Ertaga butun o‘yin davomida yuqori tempda harakat qilishga urinamiz.

Eronning barcha o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Ular haqida barcha ma’lumotga egamiz. Ertaga ulardan hujumkor o‘yin kutyapmiz. Eronliklarda hujum chizig‘i va yarim himoya juda yaxshi shakllanganini aytib o‘tishimiz kerak.

Futbol - taxmin qilish qiyin bo‘lgan sport turi. Bu sport turida juda mayda detallar ham o‘yin taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababdan, ertaga qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Umid qilamizki, omad ham biz tarafda bo‘ladi.

Hozirda Katanesning ahvoli yaxshi. U kundan-kunga tuzalib bormoqda. Afsuski, ertaga biz bilan bo‘lmaydi. U jamoaga omad tiladi.

Qaytaraman, o‘yinda muvaffaqiyat qozonishni istasak, maydonning har bir yeri uchun kurashib, tartibli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Eron haqida juda ko‘p ma’lumotga egamiz va ularga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bilamiz.

Ertaga qanday taktikada o‘ynashimiz borasida bugun kechqurun yoki ertaga ertalab bir qarorga kelamiz.

Jismoniy tayyorgarligimiz yaxshilanib bormoqda. Bu borada murabbiylar ishlamoqda. Ammo, afsuski, futbolchilar asosiy vaqtini o‘z jamoasida o‘tkazadi. Bu yerdagi 1 yoki 2 haftalik yig‘inda nimanidir o‘zgartirish qiyin bo‘ladi", - dedi Radmanovich.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:39, 19.06.2023. O'qildi: 5206 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик