Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kingsli Koman to‘xtamoqchi emas

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kingsli Koman yakunlangan mavsum «Bavariya»ning eng kuchli ijrochilari qatoriga kirdi.

Fakt: Myunxen superklubining butun tarixida atigi 9 nafar legioner fransiyalik yovqur yigitdan ko‘proq o‘ynagan. Shuning o‘ziyoq Kingsli «Alyans-Arena»ga allaqachon qalin iz bosganini anglatadi. Lekin Koman hali to‘xtamoqchi emas. Zero, bosh maqsadi - «Bavariya»ning eng yorqin afsonalari qatoridan joy olish.

- Kingsli, «Bavariya» yana chempion bo‘ldi, ammo bu safar hammasi avvalgi yillardagidek silliq kechmadi. Xo‘sh, yakunlangan mavsumni qanday baholaysiz?

- Lo‘ndasini aytganda, o‘ta murakkab mavsum. Albatta, yaxshiroq taassurot qoldirishni o‘ylagandik, ayniqsa, CHLda. Turnirda finalga ham chiqishimiz mumkin edi, lekin tan olish kerak, hozirgi «Manchester Siti» ideal holatda. Muhimi, Bundesligada yana chempionlikka erishdik, endi kelasi mavsum ko‘proq sovrin olishni ko‘zlashimiz tabiiy hol.

- Myunxenga kelganingizdan buyon boshingiz chempionlikdan chiqayotgani yo‘q. Bunga qadar «Yuventus» va «PSJ»da ham milliy ligalar g‘olibiga aylangansiz. Seriyali muvaffaqiyat shaxsan o‘zingiz uchun nimani anglatadi?

- Albatta, birinchi g‘alabangizni 10 yoki 11-chempionlik bilan taqqoslashingiz qiyin. Zero, birinchi marta taxtga ko‘tarilganingizda quvonchingiz hech qanaqasiga tanangizga sig‘maydi. Shunga qaramay, hozir ichki chempionatdagi zafardan ko‘proq zavq­lanyapman, chunki endilikda o‘zimni jamoaning muhim qismidek his qilyapman. Tabiiyki, har yili chempion bo‘lish - qiyosi yo‘q motivasiya. Chunonchi, faoliyatimni yakunlagach, yaqinlarimga qatorasiga qanchadir yil oltin medal yutganimni aytib berishni istayman. 

- Umuman, «Bavariya» yangi mavsumda nimalarni yaxshilashi kerak?

- Hammasi juda oddiy: imkon qadar ko‘proq g‘alaba qozonishimiz kerak. Aslida yakunlangan mavsumning birinchi yarmida zo‘r o‘ynadik, ammo jahon chempionatidan keyin shunchaki, «cho‘kdik». Agar darajamizni hisobga olsak, bunaqasiga yo‘l qo‘yishimiz mumkin emas, ayniqsa, mavsumning ikkinchi yarmida. Demak, avvalo, o‘yin ritmini yuqori notada barqaror ushlash choralarini ko‘rish talab etiladi.

- Keyingi mavsum uchun shaxsiy vazifa-maqsadlaringiz qanday?

- Albatta, ko‘proq sovrin olish va butun mavsum mobaynida faollikni pasaytirmaslik. O‘ylaymanki, oxirgi mavsumning ikkinchi yarmida birinchisiga nisbatan yaxshiroq holatda bo‘ldim, faqat jamoviy harakatlar uncha yaxshi chiqmadi. Mavsumning har ikki qismida teng darajada o‘ynab, jamoviy harakatlarga yuqori darajada yordam bera olsam, bas.

- Ayni payt «Bavariya»da eng uzoq vaqt o‘ynagan 10 nafar yetuk legionerdan birisiz. Bunga birdan ishonish qiyin...

- Ha, o‘zim ham 8 yildan buyon shu yerda ekanligimga ishonolmayman ba’zan. Tabiiyki, bu fakt meni alohida g‘ururlantiradi. O‘zi hech qachon salohiyatimga shubha bilan qaramaganman, lekin bir necha jarohatlardan ke­yin ma’lum darajada orqaga ham ketdim. Yoshligimdan aynan «Bavariya» darajasidagi katta klubda uzoq vaqt muhim rol bajarishni orzu qilgan va shunga yarasha qattiq shug‘ullanganman. Mana, «Bavariya» mentaliteti shaxsiy xarakterimning o‘ziga xos qismiga aylandi.

- «Bavariya» mentaliteti? Bu nima?

- Hamisha g‘alabaga intilish! Bu yerda har bir keyingi o‘yin muhim va chempionlik rasmiylashtirilmasidan oldin g‘alabalardan zavqlanolmaysiz. Yakuniy zafar esa zavq-shavq­qa yanada joziba bag‘ishlaydi.

- Tasavvur qiling, hozirgi holatda «Bavariya» safiga endi qo‘shilgan yosh Kingga qanday maslahat berardingiz?

- Unga oldinda katta sayohat va qiyin dovonlar borligini aytardim. Yana o‘z kuchiga ishonishi, tanlagan yo‘lidan qaytmasligi, shundagina g‘alabalarga burkanishini uqtirardim.

- Aytingchi, «Bavariya»dagi sayohatingiz boshida sizga kimlar ko‘proq yordam berishdi?

- Ko‘pchilik. Deylik, Frank Riberi va David Alaba meni o‘z ukalaridek qarshi olishdi. Ayniqsa, David bilan boshidanoq yaxshi chiqishdim, garchi uning so‘zlarini deyarli tushunmagan bo‘lsam ham (kuladi)...

- Yosh futbolchi sifatida kimlardan ko‘proq o‘rgandingiz?

- Ronaldinyoning chin muxlisi edim - bosh kumirim. Maydonda hammasini Ronaldinyo kabi bajarishga urinardim.

- Amaldagi shartnomangiz 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Agar kelishuv oxirigacha «Bavariya»da qolsangiz, klub tarixida eng uzoq vaqt o‘ynagan legioner va afsonaga aylanasiz...

- Oh, to‘g‘risi, buni bilmasdim, qanday yoqimli axborot! O‘zimni hali uzoq vaqt «Bavariya»da ko‘ryapman, shartnoma muddati bundan dalolat. Oddiy aytganda, klub afsonasi bo‘lish uchun hammasiga tayyorman.

- Tomas Myullerning aytishicha, uning yuragi qizildan ham qizilroq ekan. Sizniki-chi?

- Tomas bebaho! U shu klub farzandi va hech qachon boshqa joyda o‘ynamagan. Men esa bosh­qa klublarni ham ko‘rganman, qolaversa, fransiyalikman. Xullas, «Bavariya» tarixida eng yaqin «bavariyalik»ka aylangan legioner bo‘lishni istardim.

- Sizningcha, bugungi kunda klubga sodiqlik qanchalik muhim?

- Afsuski, zamonaviy futbolda bu tushuncha o‘z ahamiyatini yo‘qotib boryapti. Kutilmaganda, klubdan ketishni istab qoladigan futbolchilarni tushunaman, chunki ularda nimadir o‘xshamaydi va boshqacha tajribani sinab ko‘rishga ehtiyoj sezishadi. Ammo jamoa qadriyatlarini ham unutmaslik kerak. Men uchun barcha futbolchilar, xodimlar, umuman, butun klub bilan mustahkam aloqa o‘rnatish juda muhim. «Bavariya» - bu katta oila. Hozir Zebenerstrassedagi deyarli barcha odamlarni taniyman, bu doimiy ravishda yangi sarguzashtga intilishdan yoqimliroqdir.

- «Bavariya» yozgi transferlar vaqti yulduzlarni o‘z tarkibiga jalb etish uchun nima qilishi mumkin?

- «Bavariya» ta’rifga muhtoj emas, har bir professio­nal futbolchi klub yutuqlari va tarixini bilsa kerak. Axir «Bavariya» imkoni bor barcha sovrinlarni yutgan va har yili eng yuqori marralarni ko‘zlaydigan yetuk jamoalar qatorida. Qolaversa, Myunxen ham chiroyli va jozibali. 

- Eng yaxshi futbolchilar odatda «Bavariya»ga o‘ta oson moslashib, o‘zlarini uydagidek his qiladilar. Buning qandaydir siri bormi?

- Klubdagi har bir kishi doimo o‘z zimmasidagi ishlarni mukammal bajaradi. Deylik, xodimlar sizga shaxsiy ishlaringizda ham yordam berishadi. Shuningdek, bu yerda futbolchilarga aql bovar qilmas darajada hurmat bilan qarashadi. Riberi, Robben va Xavi Martines kabi xorijlik futbolchilarning klubda uzoq yillar qolishgani bejiz emas. Chunki ular «Bavariya»da chinakam sog‘lom muhitga tushishgan va ehtimolki, klubda o‘zlari o‘ylaganlaridan ham ko‘proq muddat qolishgandir...

 MUHAMMADXON

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 22.06.2023. O'qildi: 2343 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.