Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 7 30
3 Italiya 10 6 13 29
4 Fransiya 8 9 6 23
5 Niderlandiya 8 7 3 18
6 Germaniya 6 8 8 22
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 25 32
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Selta - Osasuna
01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Dortmund»ning eng yirik sotuvlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2022/2023 yillar mavsumini Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi maqomida yakunlagan Jud Bellingem endi «Real» sharafini himoya qiladi.

 Buning uchun «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya»siga 103 mln. va turli bonuslar ko‘rinishida 31 mln. yevro beradigan bo‘ldi. Shu tariqa Jud eng qimmatbaho angliyalik futbolchiga aylandi. Biroq bu «arilar»ning rekord sotuvi emas. Xo‘sh, jamoa qaysi o‘yinchilaridan mo‘may daromad evaziga voz kechgan va ularning keyingi faoliyatlari qanday kechmoqda?

Usmon Dembele turlicha saviyadagi «Barselona»ga duch keldi

«Renn»dan «Borussiya Dortmund»ga 35 mln. yevro evaziga o‘tgan fransiyalik hujumchi 1 yildan keyin o‘z faoliyatidagi dastlabki sovrin - Germaniya Kubogini qo‘lga kiritib, 140 mln. evaziga Kataloniyaga yo‘l oldi. Kubok finalida «Ayntraxt» darvozasiga gol urgan bo‘lsada, Usmonning jamoa bilan xayrlashuvi samimiy tarzda o‘tmadi. «Barselona» Neymarni sotib yuborganidan keyin Dembeleni xarid qilgandi. Keyin bir necha oy Usmonning jarohatlardan forig‘ bo‘lishini kutdi. Dembele 2019G‘20 yillar mavsumida deyarli maydonga tushmadi, 2 marta chempionlikka erishdi, omadsiz mavsumlarni boshdan kechirdi, so‘nggi mavsumda yana «Barsa»ning shohsupaga ko‘tarilishiga yordam berdi. Xavi uni juda qadrlaydi.

Bellingem 3 yilda shiddatli rivojlandi

Angliyalik yosh iqtidorni «Borussiya» 2020 yilda «Birmingem»dan 30 mln. yevroga xarid qildi va u bilan 3 mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Shu qisqa davr ichida 19 yoshli Jud dunyoning yetakchi yarim himoyachilari safidan joy oldi. Qo‘shimchasiga, u so‘ng­gi jahon chempionatida ham shunchalik ishonchli o‘ynadiki, hatto Roy Kindek talabchan mutaxassis ham hayratdan yoqa ushladi. Bundesligadagi o‘tgan mavsumda Jud hammadan ko‘proq aldamchi harakatlarni amalga oshirdi, fol ishlash bobida ikkinchi, to‘pni raqiblardan tortib olishda yetakchi o‘nlikdan joy oldi va sermahsullik borasida 12 (8}4) ball to‘pladi. Uning «Real»ga o‘tishi uzoqqa cho‘zilgan bo‘lsada, bahs faqat transfer qiymati va muddati xususida bo‘ldi. Nihoyat, tomonlar kelishuvga erishdilar.

Sancho Dortmundda zo‘r edi, Manchesterda esa...

Angliyalik yosh iqtidorni «Borussiya» «Manchester Siti»dan 20 mln. yevroga xarid qilgandi. Oradan 4 yil o‘tgach, Manchesterning 2-grandiga 4 baravar qimmatroqqa pulladi. Dembele kabi Sancho ham Dortmunddan Kubok (u ham finalda gol urdi, hatto 2ta) va Superkubok sohibi sifatida qaytdi, Bundesligadagi 3 mavsumda 81 (37}44) ball jamg‘ardi. O‘shanda u endigina 21ga chiqqandi. Tabiiyki, bu bilan transfer bozorini o‘ziga qaratdi. Lekin «MYU»da barcha orzulari ro‘yobga chiqayotgani yo‘q. O‘yin amaliyoti borasida Jeydon hatto yetakchi o‘nlikka ko‘tarila olmadi. Shu bois, klubni tark etishi yoki «Borussiya»ga «surgun» qilinishi xususida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi.

Pulishich YECHL g‘olibligi orzusida

16 yoshli iqtidorni o‘z tizimiga jalb etgan «Borussiya» unga yoshlar jamoasidan joy berdi. Tez orada Pulishich Tomas Tuxel davrida asosiy tarkibdagi debyutini nishonladi va bir qator rekordlarni yangiladi - «Arilar»ning YECHLdagi eng yosh o‘yinchisi, eng yosh dubl muallifi. 20 yoshli iqtidor uchun «Chelsi» 64 mln. yevrodan voz kechdi - AQSHlik futbolchi uchun hech kim bunchalik ko‘p mablag‘ sarflamagan, «Borussiya» esa faqat Dembeleni qimmatroq bahoda pullagandi. 2 yildan keyin Pulishich «Chelsi» bilan YECHLda g‘olib chiqdi va maqsadiga erishdi.

Obameyang Dortmundni Kubok va 2ta Superkubok bilan tark etdi

Gabonlik futbolchi ham «Borussiya» bilan jamoa o‘yinchisi uchun standart sovrinlar - Kubok va Superkuboklarga sazovor bo‘lganidan keyin xayrlashdi. 4,5 yil ichida u 141ta gol urdi va ayni gullagan davrida jamoani tark etdi. Keyin Obameyang sermahsullikni davom ettirdi va yana Kubok va Superkubokka erishdi, faqat Angliya­da. Keyin... tengsiz mahorat va sermahsullik o‘tmishga aylandi. 2022|2023 yillar mavsumida 33 yoshli afsona APL doirasida 5 marta maydonga tushdi va atigi bitta gol urdi.

Xoland - jahonning yetakchi hujumchisi

Erling 2019 yilda «RB Zalsburg» bilan YECHLni «yondirish» evaziga «Borussiya»ga yo‘l olgandi. Tez orada 20 mln. yevroga xarid qilingan hujumchining endi tezlik ola boshlagani oydinlashdi. Norvegiyalik mergan YECHLning pley-off bosqichida «PSJ»ni supergol bilan «siyladi», 89ta o‘yinda 86ta gol urdi va «Manchester Siti»da ham o‘rtacha bittadan gol urishni davom ettirdi. Uning yuksak saviyasi va sermahsulligini ta’riflashga til ojiz. Hozir «Siti» Xoland uchun bor-yo‘g‘i 60 «limon» sarflaganiga ishonish qiyin. Naxotki, 4 yoki 5 baravar ko‘proq emas, atigi 60 mln. ekanligi rost bo‘lsa?

Mxitaryan hatto rekord xaridda ham pul ishlashga imkoniyat berdi

«Borussiya» Genrixni «Shaxtyor»dan o‘z tarixidagi eng qimmat xarid sifatida olib kelgandi, 3 yildan keyin 14,5 mln. qimmatroq bahoda sotib yubordi. Armanistonlik afsona ayniqsa, 3-mavsumni muvaffaqiyatli (11 gol, 18 assist) o‘tkazdi. Keyin «MYU», «Arsenal», «Roma» va «Inter» kabi nomdor jamoalarda to‘p surdi va 2 marta yevrokubok turnirlarida zafar quchdi. Lekin 3-nufuzli sovrin uchun kurashda «Manchester Siti»ni yenga olmadi.

Gyotse 1 yildan keyin JCH finalida gol urdi

Mario 2 marta «Borussiya» bilan Bundesligada g‘olib chiqdi, YECHL finalida «Bavariya»ga nufuzli sovrinni boy berdi va azaliy raqib tarkibiga o‘tdi. Keyin JCH-2014 finalida gol urdi, «Bavariya» safida 100tadan ko‘proq o‘yin o‘tkazdi, ammo Myunxen afsonasi bo‘la olmadi. 2020 yilda klub uni arzimas mablag‘ evaziga «PSV»ga sotib yubordi.

Xummels ham «Bavariya»da bo‘lgan, lekin ort­ga qaytgan

Levandovski va Gyotsedan keyin «Bavariya» Mats Xummelsni ham o‘z safiga jalb etgandi. Biroq Myunxenda qadrlanmagan markaziy himoyachi Dortmundga o‘tib ketdi va 300tadan ko‘proq o‘yinda qatnashgan afsonaga aylandi. To‘g‘ri, Mats «Bavariya» bilan 5 marta chempion bo‘ldi, lekin YECHLda zafar qucha olmadi. Uning baxtiga qarshi, u aynan Dartmundga qaytgan mavsumda «Bavariya» nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. Qo‘shimchasiga, Bundesligada g‘olib chiqishi aniq bo‘lgan «Borussiya» so‘nggi turda chempionlikni boy bergani Xummels uchun o‘ta alamli zarba bo‘ldi.

Diallo do‘stining maslahati bilan kelgandi, 1 yildan keyin ketdi

Dembele Dortmundni janjal bilan tark etgan bo‘lsada, sobiq klubini do‘sti Abdu Dialloga tavsiya etdi. Mazkur keldi-ketdi «Borussiya»ga katta manfaat keltirmadi: 28 mln.ga xarid qilingan futbolchi 1 yildan so‘ng 32 mln. sotib yuborildi. Diallo «PSJ»da 8ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, yetakchi o‘yinchi maqomiga ko‘tarila olmadi. U hozir «RB Leypsig»da ijara asosida to‘p surmoqda.

***

Agar top-futbolchilar ro‘yxatini 20 nafarga yetkazsak, 11-o‘rinni Ilkay Gyundogan egallardi. Gvardiolaning «Siti»dagi superqahramoni 27 mln. evaziga kelgan. 20 mln. evaziga «Vest Xem»ga o‘tgan Andrey Yarmolenko va Moskva «Dinamo»si a’zosiga aylangan Maksimilian Filipp keyingi pog‘onalarni band etadilar. 2012 yilda 16 mln.ga «MYU» safidan joy olgan Shinji Kagava ro‘yxatni yakunlab berdi. Chunki Bellingemning «Real»ga o‘tishi 2001 yilda «Parma»ga 15 mln.li Evanilson transferini yetakchi yigirmatalik ro‘yxatidan chiqarib yubordi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:40, 27.06.2023. O'qildi: 3844 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.