Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 23 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Brayton"ning cho‘ntagini "qappaytirgan" futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Evan Fergyuson (markaziy hujumchi, 18 yosh)

"Manchester Yunayted muxlislari o‘zining sevimli klubiga yosh irlandiyalikni qo‘lga kiritishni taklif qilgan. Bu borada jamoaning o‘zi ham harakatni boshlagan. Bir necha yil oldin "Brayton"da bir tiyinga ham qimmat bo‘lgan hujumchi yakuniga yetgan mavsumda ajoyib debyut qildi. Hozirda uning transfer narxi kamida 30 million yevroga baholanmoqda. Evan to‘pni o‘zida ko‘p ushlab tura oladi, pastroqqa tushib hujum boshlaydi. Agar Gvardiola Xolandni qo‘ldan chiqarsa, Fergyusonni jamoasiga olib keladi. "Brayton" avvaldan o‘z futbolchilaridan foyda ko‘radigan jamoaga aylangan. Bu safar ham shunday bo‘ladigan ko‘rinadi.

Maradona zayavil ob otkaze vozglavit sbornuyu Venesueli po futbolu :: Futbol  :: RBK Sport

Moyses Kaysedo (tayanch yarim himoyachisi, 21 yosh)

Bu mavsumda Fergyusondan tashqari yarim himoyachi Kaysedo ham yuqori darajada o‘ynadi. Unga "Manchester Yunayted" katta qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Kovachich, Kante va Xavers kabi futbolchilarini sotib yuborgan, Jahon chempioni Ensoga sherik izlayotgan "Chelsi" ham futbolchini kuzatmoqda. "Manchester Yunayted" Maunt transferini hal qilib bo‘ldi, Kaysedoni olishi dargumon. Ammo 21 yoshli yarim himoyachi qaysi klubda o‘ynamasin asosiy tarkibga loyiq. Uning transfer naxri ikki yil oldin 5 million edi, hozirda esa, 75 milliongacha ko‘tarilgan.

Problem s transferom net, «Chelsi» gotovitsya ob’yavit o pokupke novogo igroka

Aleksis Makallister yarim himoyachi, 24 yosh)

Argentinalik Jahon chempioni yaqindagina "Diverpul" safiga o‘tdi . "Mersisaydliklar" futbolchi uchun 42 million yevro to‘lashgan. "Chaykalar" uni bir paytlar atigi 8 million yevroga sotib olgan. Uning transferidan jamoa, albatta, mamnun. Aleksisning statistikasi "Liverpul"ni qoniqtirdi. Makallisterning otasi ham futbolchi bo‘lgan va Maradona bilan bir safda terma jamoa sharafini himoya qilgan. Shotlandcha familiyaga ega futbolchi hozir, Shotlandiya ustidan hukmronlik qilgan "Liverpul"da.

Makallister vedet peregovori s Liverpulem

Pervis Estupinyan (chap qanot himoyachisi, 25 yosh)

"Brayton"dagi ilk mavsumdayoq jamoasimga achna foydasi teggan himoyachi Pervis Estupinyan bundan oldin "Villareal" futbolchisi edi. "Chaykalar"ga chap qanot himoyachi kerak edi va bu transferda ko‘plab klublardan ustun keldi. Yosh futbolchiga bir qancha boy klublar qiziqmoqda. Garri Nevil o‘z talqiniga ko‘ra, hatto uni Premyer Liga ramziy jamoasiga kiritdi. "Brayton"da yil davomida Estupinyanning narxi ikki baravar qimmatlashgan.

Chelsi» proigral «Braytonu», «Tottenxem» okazalsya silnee «Bornmuta» –  novosti | TeleSport – besplatnie pryamie onlayn translyasii / TELESPORT

Mark Kukurelya (chap qanot himoyachisi, 24 yosh)

"Chelsi" o‘tgan mavsum ispaniyalik Mark Kukurelyani qariyb 65.3 yearoga sotib oldi. Ko‘pchilik Markni bu narxga arzimaydi degan fikrda. Nafaqat uning transferi, balki boshqa muvaffaqiyatsiz ko‘plab transferlarga Ted Boelining bozorni tushunmasligi aytilgan. Mark "Barselona" tarbiyalanuvchisi, ammo futbolchi ayni paytda Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmaydi. Agar Pochettino undan unumli foydalansa, Kukurelya jamoaga zarar keltirmaydi. Futbolchining transferidan "chaykalar" 47.3 million yevro sof daromad ko‘rdi.

Chelsi» predlojil 50 mln funtov sterlingov za ispanskogo igroka | NEWS.am  Sport - Vse o sporte

Ben Uayt (o‘ng qanot himoyachisi, 23 yosh)

Ayni vaqtda "Arsenal"ning asosiy tarkib futbolchisi, terma jamoadan ham chaqiruv olgan Ben Uayt jismonan kuchli, taktik jihatdan ancha malakali. Saliba uning yonida o‘ynasa, sxema juda yaxshi ishlaydi. Zinchenko kabi to‘pni uncha o‘zida ko‘p ushlab turolmas, ammo kelajakda markazda ham, o‘ng qanotda ham o‘ynay oladigan kuchli futbolchiga aylanishi mumkin. Arteta Benni hujumda mukammal emasligini tushunadi, lekin u Sakani to‘p bilan ta’minlay oladi. "To‘pchilar" Uayt uchun ko‘p tuo‘ladi, "Brayton" uning transferidan 58.5 million yevro ishlab topdi.

Arsenal are edging closer to signing Ben White from Brighton

Iv Bissuma (yarim himoyachi, 25 yosh)

Bissuma hali "Tottenxem"da uncha o‘zini ko‘rsata olmadi. Potter o‘rninga De Zerbi kelganidan keyin bir qancha iqtidorli futbolchilarni sotib yubordi. Kukurelya va Bissuma Londonga yo‘l oldi. Makallister ham jamoasini o‘zgartirdi. Kaysedo va Fergyuson ham ketishi mumkin. "Brayton" Iv Bissuma transferidan 12 million yevro foyda ko‘rdi.

Bissuma schitayet sebya luchshim poluzashitnikom APL. Sport-Ekspress

Leandro Trossard (vinger, 28 yosh) va Den Bern (chap qanot himoyachisi, 29 yosh)

Eddi Xau jamoasi, "Nyukasl"da faoliyat olib borayotgan Den o‘tgan mavsumda ko‘p o‘yinlarni asosiy tarkibda boshladi. Bern Trippye bilan qanotlarda ajoyib tandem bo‘la oldi.

Ya plachu, a on tansuyet”. Futbolist v Anglii pokoril fanatov svoyey gibkostyu:  11 yanvarya 2023, 10:25 - novosti na Tengrinews.kz

Trossard "Arsenal" tarkibida Martnelli bilan raqobat qilmoqda. Arteta uni markazda ham, qanotlarda ham sinab qo‘rmoqchi. Belgiya termasida esa, Eden Azar bilan asosiy tarkib uchun kurash olib bormoqda.

Trossard rasskazal ob adaptasii v «Arsenale» ⊕ Novosti futbola na  M.footballhd.ru

Kaoru Mitoma (chap qanot vingeri, 26 yosh)

Yaponiya terma jamoasida hozir ko‘plab iqtidorli futbolchilar bor. Ulardan biri Kaoru Mitoma. Bir necha yil oldin "Brayton" uni 3 millionga sotib olgandi. Kaoru raqib darvozasi oldida to‘p bilan erkin muomala qila oladi. "Tottenxem"ning hozirgi murabbiyi Postekoglu avval ham uni "Seltik"ga olib kelmoqchi bo‘lgan. Endi bu urunishni London klubida ham uddalab ko‘rmoqchi.

Manchester United eyeing Kaoru Mitoma to replace Anthony Martial | Football  | Metro News

"Brayton" o‘yinchilarining narxi qimmatmi? Moliyaviy jihatdan ular ortiqcha baholangan bo‘lishi mumkin, ammo bu Premyer Liga. APLda jang qilishni biladigan haqiqiy mehnatkash futbolchilar bor. Kimgadir xuddi shunday toifadagi futbolchi kerak bo‘lsa, "Brayton"ga murojaat qilaversa bo‘ladi. Fergyusondan Mitomagacha hammasi jangchilar.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 23:40, 29.06.2023. O'qildi: 4194 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.