Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksis Makallister: «Asosiy maqsad – sovrinlar, albatta»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

APL-2022/2023 kashfiyotlaridan biri, «Brayton» yarim himoyachisi Aleksis MakAllister endi faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradi.

Argentinalik 24 yoshli universal futbolchi «qizillar» safida oldin senegallik Sadio Manega tegishli bo‘lgan 10-raqam ostida o‘ynaydi. Eslatma, uning transferi 42 million yevroga tushdi. Xo‘sh, Aleksis «Liverpul»da boshlanajak yurishidan nimalar kutyapti? Amaldagi jahon chempioni klub rasmiy saytiga bergan birinchi intervyusi davomidayoq eng yuksak marralardan umidvor ekanligini yashirmadi, albatta.

- Aleksis, «Enfild»ga xush kelibsan! Transferdan so‘ng ichki xotirjamlik va yengillik sezilyaptimi?

- Katta rahmat. Hammasi ajoyib! Zero, ushbu o‘tish bilan orzumning bir qismi amalga oshdi. «Enfild»da bo‘lish har qanday futbolchi uchun aql bovar qilmas his-tuyg‘ular ulashishi turgan gap. Ha, hozir xotirjamman va ishga kirishish onlarini sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

- Transferning ancha erta rasmiylashtirilgani nechog‘li muhim?

- Bu faqat o‘zim emas, balki klub uchun ham ayni muddao. Mavsumoldi yig‘inlarining ilk kunidan jamoa safida shug‘ullanishni xohlagandim, chunki to‘laqonli tayyorgarlik jarayoni katta o‘rin tutadi. O‘ylaymanki, mavsum startiga qadar yangi klubdoshlar bilan ancha chiqishib olishga ulguraman - ham maydon, ham uning chetida.

- Umuman, so‘nggi kunlar qanday o‘tdi? Do‘stlaring va oilang tanlovingga yaxshi munosabat bildirishdimi?

- Shartnomaga imzo chekkanimdan keyin behisob qutlovlar qabul qildim - yaqinlarim ham, do‘stlarim ham juda xursand ekanliklarini yashirishmayapti. «Tvitter», shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzatyapman va aytishim joizki, ko‘pchilik «Liverpul»­da o‘ynash qarorimni ma’qullamoqda. Ehtimolki, bu ayrimlarga «syurpriz» bo‘lgandir, binobarin, transfer rasman e’lon qilinishiga qadar iloji boricha sukut saqlab turishga harakat qildim.

- Oxirgi 12 oyda hayoting va faoliyatingda bir talay esda qoladigan voqealar yuz berdi: «Brayton» safida chiroyli o‘yinlar, Qatar mundialida g‘alaba va «Liverpul» oilasiga qo‘shilish...

- Ha, yakunlangan mavsum men uchun har tomonlama ideal o‘tdi: «Brayton» bilan yuksalish, jahon chempionatida olamshumul yurish... Mana, buyog‘iga «Liverpul» haqida o‘ylash, ham futbolchi, ham inson sifatida yanada mukammallikka intilish vaqti keldi.

- «Liverpul»ga o‘tish - bu chindan ham, faoliyating uchun eng muhim qadammi?

- Ha, chunki gap katta klub haqida ketmoqda. «Enfild»ga kelgach, «Liverpul» chindan ham, buyuk ekanligini yaqqolroq ko‘ryapman. Chunki qayerga qaramang, klub ramzlariga ko‘zingiz tushadi, hamma «Liverpul» atrofida jamlanganini his qilasiz - futbolchilar, xodimlar, muxlislar... Qisqasi, shunday grand jamoa safiga qo‘shilganimdan bag‘oyat xursandman.

- «Enfild» haybati haqida nima deysan?

- O‘zi menda ushbu stadionga bog‘liq yaxshi xotiralar juda ko‘p, umidvormanki, eng yorqin taassurotlar hali oldinda. «Boka Xuniors»dagi tajribadan bunday katta stadionda o‘ynash qandayligini bilaman. «Liverpul»da xuddi shunday qaynoq muhit ichiga qayta tushishim aniq. Avvalo, muxlislarning butun o‘yin davomida jamoani to‘xtovsiz ravishda qo‘llab-quvvatlashlarini nazarda tutyapman. Xohlagan futbolchidan so‘rang, tinim bilmaydigan muxlislar ko‘z o‘ngida o‘ynash - alohida zavq. Faqat shu qaynoqlik aro nimalarga qodirligimni to‘la-to‘kis ko‘rsata olsam, bas.

- Mana, klubda 10-raqamni tanlading. «Brayton»da ham «10» ostida o‘ynagansan. Demak, bu raqam sen uchun alohida ahamiyatga ega, shundaymi?

- Yo‘q, unchalik emas. Futbolda «10-raqam» naqadar muhimligini yaxshi bilaman. Aslida Stiven Jerrard o‘yiniga oshuftalik ramzi sifatida «Liver­pul»da 8-raqam ostida to‘p surishga ham moyil edim, lekin yakunda «10» nasib etdi. Binobarin, «Brayton»dan tash­qari, Argentina yoshlar termasida ham shu raqam ostida ko‘p maydonga tushganman. Qisqasi, «10» ko‘nglimga ancha yaqin, shuning uchun uni oldim.

- Yurgen Klopp bilan bafurja gaplashishga ulgurdingmi?

- Ha, murabbiy bilan yaqinroq tanishib olish imkoniyati yuzaga keldi. Ilk uchrashuvdayoq Yurgenning xushchaqchaq va samimiy inson ekanligiga amin bo‘ldim! Futbolchilar uni bejiz hurmat qilishmaydi, barchasini tezda ilg‘ash qiyin emas. Kloppning dunyo futbolida eng kuchli murabbiylardan biri ekanligi esa ko‘pchilikka ma’lum. Oh, u bilan mashg‘ulotlarda ishlash vaqtini kutishga sabrim chidamayapti...

- Shaxsan o‘zingga qolsa, yarim himoyaning qaysi nuqtasida o‘ynashni ma’qul ko‘rasan?

- Hozirga qadar deyarli barcha pozisiyalarda to‘p surdim. Men bilan ishlagan murabbiylar zarurat tug‘ilsa, har qanday pozisiyani yopa olishimni bilishadi. O‘yin uslubi bo‘yicha maydonda imkon qadar sodda harakatlanishga e’tibor qarataman, shuningdek, ham mudofaa, ham hujumga qarashishdan aslo qochmayman. O‘ylaymanki, sof jamoaviy futbolchilar toifasidanman, «Liverpul»da shu sifatni yanada yaxshilashdan umidvorman. O‘zim uchun eng qulay nuqta? Buni Klopp biladi - hammasi o‘ziga havola.

- 3,5 yildan buyon APLdasan. Bu vaqtda orttirilgan tajriba «Liverpul» o‘yiniga tezroq moslashish uchun yetarlimi, seningcha?

- O‘ylaymanki, ha. 100 foiz. Angliyadagi ilk mavsum men uchun nisbatan murakkab tus oldi, ayniqsa, boshqa til va yangi madaniyat nuqtai nazaridan. Hozir esa klublarda hammasi qanday yo‘lga qo‘yilgani va ishlashi haqida ma’lum tushuncham bor. To‘g‘ri, «Liverpul»ga to‘liq moslashish ma’lum vaqt talab etadi, baribir. Asosiysi, klub va uning atrofidagi narsalarga ko‘nikish jarayoni uzoqqa cho‘zilmasa kerak. Xullas, ishonchim komil, bu yerda adaptasiya masalasida katta muammoga yo‘liqmayman.

- «Liverpul» bilan aynan nimalarga erishishdan umidvorsan?

- Asosiy maqsad - sov­rinlar yutish. Qaysi turnirlarda g‘alabaga erishish esa muhim emas. Albatta, har bir futbolchi CHL va APLda taxtga ko‘tarilishni xohlaydi. Jumladan, men ham jamoaga imkon doirasida yordam berish asnosida barcha sovrinlarga ega chiqmoqchiman.

- Oxirgi savol: muxlislarga qandaydir gaping bormi?

- Ular zarracha shubhalanishmasin: jamoa kuboklar yutish va hammaga quvonch ulashish uchun bor kuchini beradi. Eng muhimi shu. «Enfild» jamoa kabi meni ham yaxshi qarshi olishi, chinakamiga qo‘llab-quvvatlashiga aminman. Shuning uchun «Liverpul» oilasiga qo‘shilganimdan xursandman va muxlislarni quvontirish uchun har kuni qo‘ldan kelgancha tirishishga va’da beraman! 

 MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 01.07.2023. O'qildi: 1421 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик