Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Bizda qolipga solingan tarkib yo‘q; Agar xatolarni tahlil qilmasang, katta tajriba ham senga yordam bera olmaydi" – Pochettinoning "Chelsi"dagi ilk intervyusi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yaqinda "Chelsi" bosh murabbiyi etib tayinlangan Maurisio Pochettino klubdagi ilk katta intervyusini berdi. Quyida uni e’tiboringizga havola etamiz.

Birinchi galda sizni bu yerda ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Ushbu klubdagi nima sizni ko‘proq o‘ziga jalb qildi?

— Bu lavozimga kelganimdan juda ham xursandman, barchasi hayajonli. Dunyodagi eng katta klublardan birida ishlash senga faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Ushbu qarorga kelishda unchalik ham ikkilanganim yo‘q. Bugundanoq mashg‘ulotlarni boshlab yuboramiz, bu yerdagi barcha mening kelishimni iliq kutib oldi. "Chelsi" Angliya tarixidagi eng sovrindor jamoalardan biri va bu yerda g‘alabalarni qaytarish yo‘lida qattiq mehnat qilmoqchimiz.

Klubning tarixi haqida to‘xtaldingiz. Uning tarixi va madaniyati siz uchun qanchalik muhim?

— "Chelsi" haqida gap ketadigan bo‘lsa, yuqorida ta’kidlaganimdek, faqat g‘alabalar xayolingizga kelaveradi. Bu jamoa yaqin 15 yillikda APLning eng sovrindor klublari qatorida bo‘ldi. Premyer-ligani juda yaxshi bilaman. Shu bois "Chelsi"ning ham madaniyati menga qaysidir ma’noda begona emas. Albatta, Londondagi jamoalar bo‘lishiga qaramay sobiq klubimdan boshqaruv borasida katta farqlarni ko‘rish mumkin, biroq yosh tarkib bilan ishlash men uchun qiziq, shu ma’noda katta mas’uliyat ham yuklaydi. Birinchi navbatda bu yerda murabbiy va futbolchilar o‘rtasida yaxshi muhitni shakllantirib olish kerak.

Jamoaning yoshiga to‘xtalib o‘tdingiz. Ma’lumki, bir necha oy davomida klubdagi yetakchilik roli ko‘p bora o‘zgarib turdi va muhimi ham shuki, almashgan murabbiylar bu borada kalavaning uchini topishda qiynalishdi. Siz va yangi murabbiylar shtabi futbolchilarga qanday imkoniyatlar bera oladi?

— Hammasi juda oddiy. Men ham talantli futbolchilarni qadrlayman. Biroq ular klub nomini his qila olishlari, u nimani anglatishini bilishi zarur. Bizga o‘z g‘oyalarimizni tushunadigan ahil jamoa kerak. Barchaga ma’lumki, rahbariyat klub rivoji yo‘lida bor kuchini ishga solmoqda, tabiiyki, muxlislar ham shunga yarasha natija talab qilishga haqli. Klub tarixida turli baland-pastliklar kuzatildi, biroq bizda rejalar aniq. "Chelsi" top o‘rinlar uchun kurashadi, chunki klubning tarixi shunday. 

Yangi futbolchilarning mentalitetini qanday baholaysiz?

— Bu yerga juda ham talantli futbolchilar yig‘ilgan, ularga shunchaki to‘g‘ri yo‘nalish berib yuborishning o‘zi kifoya. Boshqaruv jarayonlarida oldindan qiyinchilikni ko‘rmayapman. Birinchi galda ularga o‘zlarini qulay his qilishlari uchun yaxshi muhitni yaratib berish talab etiladi. Asosiy tarkibdan tortib, zaxira o‘rindig‘i vakillarigacha jamoaning bir qismi ekanligini his qilishlari kerak. Murabbiy va futbolchilar o‘rtasida o‘zaro qoniqarli ko‘prik bo‘lsa, o‘ylagan niyatlarimizga erishamiz. 

Mashg‘ulot maydoni – "Kobham" haqida nima deya olasiz?

— Fantastik darajaja deyish mumkin, sharoit borasida muammo yo‘q. Biroq birinchi galda murabbiylar shtabi va futbolchilar bu yerni o‘z uylaridek his qilishlari kerak. Chunki kunimizning katta qismi aynan shu yer bilan bog‘liq. Ushbu hissiyotni hammaga bera olish mening mas’uliyatimga kiradi. Birgalikda katta natijalarga erishishimizga ishonaman. 

AQSHda mavsumoldi yig‘ini o‘tkazildi, buning qanday foydasi bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

— Ha, buni boshqalaridan farq qildi deyish mumkin. Muxlislarni quvontiradigan barcha nomdor turnirlarga tezroq qaytishimiz zarur. Shu sababli futbolchilarni kerakli sharoitlar bilan ta’minlash muhim. Bizda muayyan qolipga solingan tarkib yo‘q. Barchaga imkon beriladi. Hamma futbolchilar safar davomida menda ajoyib taassurot qoldirdi, ular o‘tgan mavsum qilingan xatolarni to‘g‘irlash maqsadida qattiq ter to‘kishmoqda. Mening "Chelsi"dagi g‘oyam jamoaviylikka quriladi. Bu jamoaning filasofiyasiga aylanadi. Bu klubda yuqori mavqega ega bo‘lish uchun mening oilamning muhim a’zosi ekanligingizni his qilishingiz kerak. Birgalikda ko‘p narsalarga qodirligimizni anglashingiz kerak. Yaqin yillar ichida futbol katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Endi har bir chiziqqa jamoani torta oladigan liderlar zarur. 

Murabbiy sifatida so‘nggi yillarda o‘sdim deb o‘ylaysizmi?

— Albatta, hozir ancha yaxshiroqman (kuladi). O‘z nuqsonlarimni to‘g‘irlash uchun yetarlicha vaqtim bo‘ldi. Angliyadan ketgach, katta tajriba olib qaytdim. Agar xatolarni tahlil qilmasang, katta tajriba ham senga yordam bera olmaydi. Hamkasblarim bilan o‘tgan ishlarni sinchiklab ko‘zdan kechirdik. Ular hozirgi faoliyatimda albatta asqatadi. Futbol jozibali o‘yin. Unda faqat muxlislar emosiya bildirmaydi, balki futbolchilar ham o‘z suyuklilariga hissiyotlarini kerakli paytda yetkazib bera olishi talab etiladi. Murabbiylarga ham bu taalluqli. Xullas, futbol hissiyotlarga quriladi. To‘g‘ri, texnologiyalar rivoji o‘zaro kommunikasiyani oldinga siljitgani bor gap, biroq shunday paytlar keladiki, ba’zida kulgu, ko‘zlar yoki bo‘lmasa tana harakati orqali o‘z ideangni shogirdingga aniq yetkaza olishing mumkin. 

"Stemford Brij"ga raqib murabbiyi sifatida ko‘p tashrif buyurgansiz. "Liverpul"ga qarshi debyut bahs kutib turibdi. Qanaqa tuyg‘ular kechmoqda?

— Hozir buni to‘liq tasavvur qilish qiyin. Chunki hali bu yerda futbolchilar bilan to‘liq ishlay olmadim. Safar uchun barcha diqqatimiz qaratilgan edi. Biroq aytishim mumkinki, "Liverpul"ga qarshi o‘yinga tayyormiz. APLdagi dastlabki o‘yinni bu ko‘hna stadionda o‘tkazish albatta, katta mas’uliyat yuklaydi, raqib anoyilardan emas. Ammo muxlislar oldidan yorqin atmosfera yaratishga harakat qilamiz.

Muxlislar bilan o‘rnatilajak aloqa haqida nima deya olasiz?

— O‘tmish allaqachon ortda qoldi. Muxlislar bilan yangi munosabatlarni yo‘lga qo‘yadigan payt keldi. Ular ham bizni biroz bo‘lsada to‘g‘ri tushunishi kerak. Yangi jamoa qurish oson bo‘lmaydi. Ammo ular bilan murosaga kelish mening mas’uliyatimda. Bizni tinimsiz qo‘llaydigan muxlislar bizga suv va havodek zarur, men bu haqda signal beraman. Bizga yirtqich muxlislar kerak.

 

Yusufbek Saydaliyev tarjimasi

Kiritildi: 11:48, 04.07.2023. O'qildi: 1966 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.