Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pedri: «Maqtovlar o‘z yo‘liga, ularga uchmayman...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Umume’tirofga ko‘ra, «Barselona» topilmasi - Pedri futbol o‘yini chiptasiga pul sarflash va harakatini bevosita stadionda ko‘rishga arziydigan yigit.

Kataloniya jamoasi bejiz uning shartnomasida aqlga sig‘mas darajada katta tovon puli belgilamagan - milliard yevro! Pedrining o‘zi esa hamon kamtarlik va katta ambisiyalar nisbatini me’yorida ushlamoqda. Bunga 24 yoshli yarim himoyachining El Dia nash­riga bergan intervyusi dalil.

- Ispaniya milliy jamoa­si - Yevropa Millatlar Ligasi chempioni. Pedri - «qizil furiya»ning «to‘rtlik finali»ga chiqishida muhim rol bajargan futbolchi. Italyanlarga qarshi finalda esa jamoangiz ancha qiynaldi. Shundaymi?

- Ha, haqiqat shuki, finalda sira oson bo‘lmaydi. Hal qiluvchi bahsda murakkab daqiqalarni boshdan kechirdik, qattiq ishladik. O‘z o‘rnida aytish kerak, oxirigacha davom etgan intriga yakunida katta mashaqqat evaziga qo‘lga kiritilgan g‘alaba yanada shirinroq! Albatta, jamoamiz uchun bag‘oyat xursandman, chunki chindan ham, chempionlikka loyiq edik.

- Umuman, turnirdagi zafar qanday ahamiyatga ega?

- Juda muhim, chunki asosan yosh futbolchilar bilan zafar quchdik. Ko‘plab yetakchilarimiz jarohat tufayli yordam berisholmadi, shunga qaramay, kubokni Ispaniyaga tortiq etish missiyasini uddaladik. O‘ylaymanki, ushbu turnir natijasi yigitlarga katta ishonch bag‘ishlaydi va hali birgalikda ko‘plab dovonlarni zabt etamiz.

- Tokio Olimpiadasidan keyin sur’atni ancha oshirdingiz. Notanish Pedridan mashhur Pedriga aylanish qanday? Bu hayotingizni nechog‘li o‘zgartirdi?

- Bilasizmi, menda hammasi joyida, mutlaqo xotirjamman. Yaqinlarim ilk lahzalardan boshlab, mashhurlik yukini ko‘tarishda katta yordam berishdi. Bugungi darajaga o‘z-o‘zidan chiqqanim yo‘q. Nafaqat o‘zim qattiq ishladim, balki atrofimdagilar ham. Demak, hozirgi holatdan imkon qadar zavqlanishim kerak. Men uchun eng muhimi - yoqimli lahzadan zavqlanish barobarida o‘zligimni yo‘qotmaslik.

- Tegestelik bolakay o‘z orzularining necha foiziga erishdi?

- Hammasi rejalashtirganimdan ancha yaxshi ketmoqda (kuladi) . To‘g‘ri, orzularim hali bisyor. Ochig‘i, bolaligimda bugungi darajaga shu qadar tez yetishimni o‘ylamagandim ham. Lekin ishlashdan aslo chekinmasligim zarurligini yaxshi tushunaman, zero, imkon qadar ko‘proq sovrin yutishni xohlayman. Qisqasi, yanada ko‘prog‘iga intilaman.

- El Dia uchun bergan avvalgi intervyu davomida «Barselona» bilan CHLda, Ispaniya termasi bilan esa jahon chempionatida g‘alaba qozonish asosiy orzungiz ekanligini aytgandingiz...

- Bu turnirlarda zafar quchish har bir futbolchi ko‘ng­lidagi orzu bo‘lsa kerak. Hali CHL va JCHda shohsupaga chiqish baxti nasib etmadi, shunday ekan, harakatni aslo susaytirmayman. Ayni payt bor e’tiborim shu ikki turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatini beradigan vaziyat hosil qilishga qaratilgan.

- Mundialdan Marokash termasiga yutqazish asnosida chiqib ketish qanchalik og‘riqli bo‘ldi? Boz ustiga, penaltilar seriyasida omadsizlikka uchradinglar.

- Albatta, JCHga katta umid bilan borgandik, lekin nimadir o‘xshamadi. Turnir bilan bu qadar tez xayrlashishni xayolimizga ham keltirmagandik. O‘ylaymanki, Qatar mundiali tajribasi yosh jamoamizga keyingi turnirlarda asqotishi kerak.

- Robert Levandovski OAVda futbolchilar haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘pligidan noligandi. Matbuotda Pedriga bog‘liq asossiz xabarlar ham bormi?

- Odatda gazeta o‘qimayman uncha, lekin haqiqat shuki, matbuotning har bir xabariga to‘liq ishonish yaramaydi. Ming­lab maqolalar chiqadi va ularning aksariyati, hatto yarmidan ko‘pi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Men haqimda nimalar yozishayotganidan bexabarman, to‘g‘risi. Tabiatan maqtovga ham, tanqidga ham e’tibor bermayman. Bu masalada xotirjamlikni saqlash muhim. Qisqasi, kundalik ish va harakatlarimni o‘ylashim ma’qulroq.

- Valdano, Latorre, Xavi, Linekerning maqtovlari-chi? Ular sizni Ispaniya milliy jamoasining bo‘lajak yo‘lboshchisi sifatida ta’riflashdi.

- Tushunarliki, bunday katta tajriba va obro‘ga ega shaxslar sizni maqtashsa, ilhomlanasiz. Lekin bundan quvonib, osmonlarda uchish yaramaydi. Zero, bu faoliyatingizda og‘riqli pasayish kuzatilishiga olib kelishi hech gap emas.

- «Barsa»dagi kelajagingiz, zimmangizga tushayotgan mas’uliyat yuzasidan ham gapirsangiz. Har holda, endi «Pedriga bog‘liqlik» haqida ko‘proq gapirilmoqda.

- Qarang, jamoamiz yosh va hali yanada kuchayishni xohlaymiz... Transferlar bozorida nima bo‘lishi va safimizga kimlar kelishlarini bilmayman, lekin kuchli jihatlarga ega salohiyatli yigitlarimiz bor. Shunday ekan, keyingi mavsum barcha sovrinlar uchun kurashishimiz shart. 

- Sizni kimga qiyoslashlari ko‘proq yoqadi?

- Hamisha Andres Inyestaga kumir sifatida qaraganimni aytganman, ammo meni u bilan solishtirishlarini xushlamayman. Zero, Inyesta aql bovar qilmas futbolchi edi, men esa hali uzoq yo‘l bosishim kerak.

- Hozir Kanar orollari elchisisiz, shuningdek, hududning asosiy mahsuloti - banan eksportini targ‘ib etasiz. Klub va terma jamoa­dagi do‘stlaringizni mehmondorchilikka chaqirmaysizmi?

- Ha, elchi rolini bajarayotganim rost. Bu haqda mendan ko‘p so‘rashadi, ayniqsa, jamoa ichida. Shunda Kanar orollari ta’til uchun eng zo‘r hudud ekanligini aytaman. Kanar orollari - bu beqiyos go‘zallik.

- «Negreyra ishi» va «Barsa»ning hakamlar bilan aloqalari haqidagi gap-so‘zlar sizga qanchalik ta’sir qildi?

- Yo‘q, bu bizga jiddiy ta’sir ko‘rsatmadi. Takrorlayman, matbuotda ma’lumotlar haddan ortiq ko‘p va ularga ahamiyat berish yaxshi emas. Futbolchining vazifasi - chetdagi gaplarni muhokama qilish emas, balki maydonga tushish va har bir o‘yinda maksimal kuch sarflash. Aytganimdek, maqsadimiz eng yuqori darajaga ko‘tarilish, imkoni bor barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishdir. Yangi   mavsumni xuddi shu yondashuv bilan boshlaymiz.

- Transferlar bozori voqealarini ham kuzatyapsizmi yoki bundan ham chetda bo‘lish afzal?

- Ko‘p o‘qimasligimni aytdim, lekin ba’zi xabarlar qulog‘imga eshitiladi, baribir. O‘ylaymanki, «Barsa» safiga eng yaxshi futbolchilar qo‘shilishadi. Har holda, xabarlarda nomlari keltirilayotgan nomzodlar chakki emaslar.

- Kelgusi mavsum taqvimi bo‘yicha fikringiz...

- Umid qilamanki, 1-turda Kanar orollariga boramiz (amalda «Barsa» chempionatni «Xetafe»ga qarshi safar o‘yini bilan boshlaydigan bo‘ldi) . «Las-Palmas»­da do‘stlarim ko‘p va ular elitaga loyiq edilar. 

- Hamon kamtar va ambisiyalarga to‘lasiz. Aytingchi, futbolda qaysi sifat eng qimmatlisi?

- Oddiylik.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:31, 04.07.2023. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик