Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Transfer oynasi ajoyib yangiliklarni yetkazishda davom etmoqda. Klublar kelishuvlarni rasman e’lon qiladi, ommaviy axborot vositalari esa bitimlarning qiziqarli va ba’zan yashirin tafsilotlarini taqdim etadilar. Biz siz uchun 5 iyul uchun asosiy ma’lumotlarni to‘pladik.

Di Mariya 13 yil avval tark etgan klubiga qaytdi

35 yoshli jahon chempioni - 2022 so‘nggi mavsumni "Yuventus"da o‘tkazdi. Biroq klub argentinalik futbolchi bilan yangi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi, garchi Anxel maydonga tushganida doim foyda keltirgan bo‘lsa ham. Di Mariya Yevropani tark etmay, “Benfika”ga qaytishga qaror qildi. Anxelning Yevropadagi faoliyati aynan Portugaliyada boshlangan. "Benfika" tarkibida u 2009/2010 yillarda Portugaliya chempioni va 2008/2009 va 2009/2010 yillarda Liga kubogi sohibi bo‘lgan.

"Tottenxem" o‘zining asosiy “boyligini” qo‘yib yubormaydimi?

The Guardian nashrining xabar berishicha, londonliklar jamoa yetakchisi Xarri Keynga yangi shartnoma taklif qilishgan. 29 yoshli hujumchi "Bavariya"ga o‘tishni xohlaydi, ammo "Tottenxem" futbolchini qo‘yib yubormaydi. Keynning "shporlar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Demak, londonliklar oldida uchta yo‘l bor: Xarrini katta pulga sotish, shartnomani uzaytirish yoki keyingi yil uni tekinga qo‘yib yuborish. Biroq hujumchining o‘zi transfer oynasi ochiq ekan, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borishni istamayapti. Sizningcha, "Tottenxem" sardorni saqlab qola oladimi?

Manchester yana bir top transferini e’lon qildi

"Manchester Yunayted" o‘zining birinchi yirik yozgi transferini e’lon qildi. Mankunianliklar Meyson Mauntning transferini rasman e’lon qilishdi. 24 yoshli futbolchining "Chelsi" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgandi. U 2005 yildan buyon “ko‘klar” safida edi va kattalar jamoasida 197 ta o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchi klub uchun ramziy 7-raqamni oldi. Maunt “MYU”da muvaffaqiyat qozona oladimi?

"Spartak" Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

"Spartak" hujumni kuchaytira oladigan futbolchilarni qidirmoqda. Lega xabariga ko‘ra, klub "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgan. Biroq 28 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi RPLga qaytish taklifini rad etdi. Avvalroq Shomurodov Rossiyaning “Rostov” klubida (2017-2020) o‘ynagan, keyin esa Italiyaning “Jenoa” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Hujumchiga bo‘lgan huquqlar "Roma"ga tegishli, ammo u 2022/2023 yilgi mavsumni "Spesiya" tarkibida o‘tkazdi. Shomurodovning “Roma” bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

"Barselona"ning yozgi ikkinchi transferi

"Barsa" o‘zining rasmiy saytida himoyachi Inigo Martines bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Himoyachining "Barselona" bilan shartnomasida tovon puli ko‘rsatilgan - 400 million yevro. U Ispaniya terma jamoasi safida 20 ta o‘yin o‘tkazgan.

Chaglar Soyunju

Madridning “Atletiko” klubi “Lester”ning sobiq himoyachisi Chaglar Soyunju bilan shartnoma imzoladi. 27 yoshli futbolchi "tulkilar" bilan shartnomasini yakunladi. Shuning uchun "Atletiko" yaxshi markaziy himoyachini tekinga oldi. Soyunju "Lester"da 2018 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. O‘shanda klub uni Germaniyaning "Frayburg" klubidan 21 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

“PSJ” prezidentidan Mbappe haqida muhim xabarlar

Asosiy yozgi doston davom etmoqda. Kilian Mbappening kelajagi haqidagi hikoya hamon chalkashligicha qolmoqda. Futbolchi yana bir yil Parijda qoladimi, “Real”ga o‘tadimi yoki “PSJ” bilan shartnomani uzaytiradimi, hozircha aniq emas. Vaziyatni parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfi izohladi: “Mening pozisiyam juda aniq. Har safar takrorlashni xohlamayman: biz Kilian qolishini istaymiz. Ammo Kilianning o‘zi qolishni istasa, yangi shartnoma imzolashi kerak. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi, u tekinga keta olmaydi, bu mumkin emas”, dedi jamoa rahbari.

Kiritildi: 08:23, 06.07.2023. O'qildi: 21311 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик