Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ginnesni zabt etgan fenomenlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jahon darajasidagi futbolchilar rekord o‘rnatish qobiliyati bilan mashhur. Ajoyib gollarmi yoki tengsiz atletik harakatlar namoyishi bo‘ladimi, ular har doim mumkin bo‘lgan chegaralarni buzib o‘tishadi.

Ushbu ajoyib yutuqlar ko‘pincha o‘yinchilarning ismlarini Ginnesning rekordlar kitobi sahifalariga yozib qo‘yishlariga olib keladi.

Keling, afsonaviy rekordlar kitobiga kirgan besh nafar futbolchini esga olamiz.

Ederson

Ederson dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. "Manchester Siti" futbolchisi har tomonlama zamonaviy darvozabon bo‘lib, u zarbalarni to‘xtatishda zo‘r bo‘lishdan tashqari, to‘pni ham juda yaxshi nazorat qila oladi. Braziliyalik futbolchining 2018 yil may oyida "Etihad"da qo‘li bilan maydonga otgan to‘pi eng uzoq masofaga yetib borish (75,45 metr) bo‘yicha rekord hisoblanadi.

Neymar - 2 ta rekord

Neymar dunyodagi eng mashhur futbolchilardan biri. Braziliyalik o‘zining nozik texnikasi va maydondagi ajabtovur harakatlari bilan barchani hayratda qoldiradi. Neymar ikki marta Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. 2018 yilning yozida parijliklar uni “Barselona”dan 222 million yevro evaziga sotib oldi va bu futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.

Neymar, shuningdek, Olimpiada o‘yinlarida urilgan eng tezkor gol bo‘yicha ham rekordchi hisoblanadi. U 2016 yilgi Olimpiadada Braziliya va Gonduras terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda atigi 14-soniyada to‘pni darvozaga yo‘llagan.

Robert Levandovski - 4 ta rekord

Robert Levandovski futbol tarixining eng zo‘r hujumchilaridan biri. So‘nggi yillarda Levandovski gol urish bo‘yicha ko‘plab rekordlarni yangiladi. Polyak to‘rtta jahon rekordini o‘rnatdi. 2015 yilda Bundesliga doirasida "Volfsburg"ga qarshi o‘yinda u zaxiradan maydonga tushganidan keyin to‘qqiz daqiqa ichida beshta gol urdi.

Robert eng tezkor xet-trik (3 daqiqa 22 soniya), eng tezkor poker (5:42) va penta-trik (8:59) bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Levandovski zahiradan tushib urilgan eng ko‘p gollar soni bo‘yicha ham rekordni yangiladi.

Lionel Messi - 7 ta rekord 

Lionel Messi - barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi. O‘zining yorqin faoliyati davomida u bir nechta rekordlarni yangiladi. Leo jahon chempionatlarida eng ko‘p marta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan (11).

Messi Chempionlar ligasida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchi. U bunga 2012 yilning aprel oyida 24 yoshida erishgan.

Messi 10 ta video o‘yinning bosh muqovasida bo‘lgan, bu dunyodagi barcha futbolchilardan ko‘p.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u yiliga 107 million dollar maosh oladi va dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi.

2012 yilda Messi Chempionlar ligasi doirasidagi "Bayer"ga qarshi o‘yinda beshta gol urdi va turnirning bir o‘yinida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

35 yoshli futbolchi faoliyatining ko‘p qismini "Barselona"da o‘tkazdi va xorijlik futbolchilarning La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazishi bo‘yicha rekordchi (520 ta) hisoblanadi.

2016 yilning iyun oyida Panamaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan Leo Argentina uchun xet-trik qayd etgan Messi Amerika Kubogi o‘yinida zaxiradan maydonga tushganidan keyin eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordni yangiladi.

Krishtianu Ronaldu - 16 ta rekord

Krishtianu Ronaldu - bu fenomen va uning 16 ta Ginnes rekordlari bu haqiqatni tasdiqlaydi.

Ronaldu - barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari. Shuningdek, u Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi (134).

Krishtianu 2013/14 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida 17 ta gol urdi, bu musobaqaning bir mavsumi uchun boshqa o‘yinchilardan ko‘p. U 2011/12 yilgi Yevropa Ligasida "Portu" sharafini himoya qilgan Radamel Falkao bilan UEFA musobaqalarida bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordchi bo‘lib turibdi.

Ronaldu Chempionlar Ligasining 2016/17 va 2017/18 mavsumlarida ketma-ket 11 ta o‘yinda gol urdi va bu rekord hali yangilanmagan.

Krish UEFAning barcha musobaqalarida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. JCH-2018 doirasidagi Portugaliya – Ispaniya uchrashuvida xet-trik qayd etib, u 33 yoshu 130 kunligida jahon chempionatida xet-trik qayd etgan eng keksa futbolchiga aylandi.

Ronaldu to‘rtta mundialda gol urgan va bu borada Uve Zeeler, Pele va Miroslav Kloze bilan eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordga ega.

Portugaliyalik afsona, shuningdek, yevro-2020 da Mishel Platinini ortda qoldirib, Yevropa chempionatida eng ko‘p gol urish (14) bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Ronaldu - La Liga tarixidagi eng muvaffaqiyatli penalti tepuvchi (72).

Ginnesning Rekordlar kitobi veb-saytiga ko‘ra, Krishtianu EA Sports FIFA 18 versiyasi bo‘yicha yilning eng yaxshi jamoasida 99% reytingga ega bo‘lgan, bu barcha o‘yinchilar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p kuzatuvchisi bo‘lgan sportchi. Ronalduning Vikipediya sahifasiga 48 trilliondan ortiq kishi tashrif buyurgan va u erkak sportchi tomonidan eng ko‘p ko‘rilgan sahifa bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Yaqinda portugaliyalik futbolchi 2023 yil 20 iyun kuni Islandiyaga qarshi o‘yinda xalqaro maydondagi 200-o‘yinini o‘tkazib, yana bir rekordni yangiladi.

Kiritildi: 10:52, 07.07.2023. O'qildi: 6881 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик