Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rays o‘ziga to‘langan pullarga arziydi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Vest Xem"ning sobiq sardori yuqori darajaga ko‘tarilish uchun shaylanmoqda

Deklan Rays: Global miqyosdagi yulduzmi yoki haddan tashqari bo‘rttirilgan futbolchimi? Deklan Rays Premyer-liganing joriy mavsumida eng ko‘p muhokama qilingan o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. "Vest Xem" yarim himoyachisi ko‘plab klublar, jumladan "Manchester Siti", "Arsenal" va "Bavariya"ning e’tiborini tortdi. Biroq Angliya va Germaniya chempionlari 24 yoshli yarim himoyachi uchun kurashni tark etdi.

"Bolg‘achilar" o‘z sardori uchun juda yuqori narx so‘ramoqda - kamida 100 million funt, bonuslarni hisobga olmaganda albatta. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, faqat "Arsenal" bu talablarni bajara oladi xolos. Konferensiyalar ligasi g‘olibi "Emireyts"ga ko‘chib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rayotganda, ko‘pchilikda savol tug‘iladi: Rays haqiqatan ham bu pulga arziydimi? “Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyes “ha” deya javob bergan:

"Shubhasiz, Deklan top futbolchi bo‘ladi. Agar u qachondir “Vest Xem”ni tark etsa, Buyuk Britaniyadagi transfer rekordiga aylanadi. Men u haqida hamma narsani aytdim deb o‘ylayman. U "Vest Xem" uchun juda muhim o‘yinchi, biz uni juda qadrlaymiz va uning jamoa uchun nimani anglatishini ko‘rishingiz mumkin. U haqiqatan ham yaxshi inson va biz uning borligidan zavqlanamiz”, - dedi mutaxassis o‘tgan mavsumda.

"Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlayotganimga 100% aminman. Men bu haqda oxirgi 2-3 yildan beri gapiryapman. Men o‘z klubim uchun doimo yaxshi o‘ynayman va o‘zim uchun mazmunli bo‘lgan narsa uchun kurashmoqchiman. Men Chempionlar ligasida o‘ynaydigan va katta sovrinlar uchun kurashayotgan do‘stlarimga havas qilaman", - dedi Rays. Deklan tayanchda o‘ynaydigan pleymeyker. "Vest Xem" va Angliyada u odatda 4-2-3-1 sxemasida ikkinchi tayanch kuchi sifatida o‘ynaydi yoki yarim himoya triosining pastki zonasida "qora ishlar"ni bajaradi. Uning to‘psiz asosiy vazifasi himoyachilar uchun xavfsizlik to‘rlarini ta’minlashdir. Uning jamoasi to‘pga egalik qilganda, u birinchilardan bo‘lib hujumlarni tashkil qiladi.

Bunday o‘yinchini topish juda qiyin, shuning uchun "Arsenal" Raysni uzoq muddatga sotib olishni juda xohlaydi. "Manchester Siti"ga Fernandinyo ketganidan keyin bo‘shliqni to‘ldirish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi va Rodri bunda asosiy qahramonga aylandi. O‘ziga o‘xshagan yana bir futbolchi Kazemiro o‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted"ni o‘zgartirishda katta hissa qo‘shgan. Sifatli yarim himoyachilar jamoani birlashtiradi. Ular barqarorlikni keltirib chiqaradi. Ularni topish juda qiyin ekani ajablanarli emas. Raysning to‘p bilan ishlash qobiliyati so‘nggi mavsumlarda ancha yaxshilandi. O‘zining 2017/18 yilgi mavsumida u 90 daqiqada o‘rtacha 2,26 ta potensial golli uzatmani amalga oshirdi. Har bir keyingi mavsumlarda bu ko‘rsatkichlar yaxshilandi. 2021/22 yilgi mavsumda yarim himoyachi 90 daqiqada o‘rtacha 7,25 ta shunday ehtimoliy golli uzatmani amalga oshirgan. Deklan o‘z arsenalida turli xil uzatmalarga ega, ular qanot himoyachilariga qarata yo‘naltirilgan uzun uzatmalardan tortib hujumchilargacha bo‘lgan ajoyib paslarni o‘z ichiga oladi. Rays chinakam sifatli pleymeyker bo‘lib, o‘yinni tushunishni yuqori texnika bilan uyg‘unlashtirgan. Qolaversa, bu jismonan rivojlangan yarim himoyachi, unga munosib summani to‘lash achinarli emas.

Bundan tashqari, Rays himoyada qo‘shimcha variant hisoblanadi. Faoliyatini markaziy himoyachi sifatida boshlagan, bu hali ham bugungi o‘yinida o‘z aksini topmoqda. U o‘tgan mavsumda Premyer-ligada 63 marta to‘pni raqiblaridan olib qo‘ydi, bu ligadagi yaxshi natija hisoblanadi. Qolaversa, “Vest Xem” sardori Premyer-liganing eng yaxshi 10 nafar futbolchisi qatoriga kiradi. Yarim himoyachi havoda ham yaxshi harakat qiladi. Bunday mustahkam himoya bazasi bilan agar kerak bo‘lsa, u bemalol markaziy himoya holatiga qaytishi mumkin.

Rays o‘z pozisiyasida futbolchi uchun ham munosib to‘purarlik qobiliyatiga ega. Deklan o‘tgan mavsumda Premyer-liganing 37 o‘yinida 4 gol urdi va 2 ta golga assistentlik qilgan. U o‘zining sermahsul harakatlari bilan "bolg‘achilar"ga "Aston Villa" va "Lids"ni mag‘lub etishga, "Nottingem Forest" va "Bornmut"ni mag‘lub etishga va "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirishga yordam berdi. Yarim himoyachi, shuningdek, jamoasiga Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonish va butun turnirni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishiga yordam berdi.

Rays bor-yo‘g‘i 24 yoshda, biroq u Premyer-ligada 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan va yirik turnirlarda, jumladan, Angliya MTJda ham tajribaga ega bo‘ldi. Deklan o‘tgan yozda Mark Noubl ketganidan keyin "Vest Xem" sardori lavozimini egalladi. U mas’uliyatdan qo‘rqmas, kerak bo‘lganda omadsiz o‘yinlardan so‘ng hamisha muxlislar oldiga chiqib, futbolchi va muxlislar o‘rtasidagi aloqani saqlab turardi. Rays hozirda eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, u ingliz bo‘lib, uning transfer qiymatini avtomatik ravishda oshiradi. Premyer-liga qoidalariga ko‘ra, liga asosini ingliz klublari tarbiyalanuvchilari tashkil etishi kerak. Shuning uchun ham Rays kabi eng yaxshi ingliz futbolchilari juda yuqori baholanadi. Bunday o‘yinchilar uchun juda ko‘p pul to‘lash kerak. Boshqa tomondan, faqat translyasiya huquqidan olingan rekord daromad tufayli, Premyer-ligadagi ko‘plab klublar, hatto kichikroq klublar ham sifatli o‘yinchilarni osonlik bilan sotib olishlari mumkin.

Kiritildi: 09:41, 09.07.2023. O'qildi: 1937 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.