Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"MYU" shu beshta hujumchidan birini xarid qilishi kerak!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Meyson Mauntni sotib oldi. Jamoa, darvozabon Andre Onananing xaridiga yaqin turibdi. Ammo Erik ten Xag uchun o‘ta zarur bo‘lib turgan aplua bu hujumchidir. Anchadan beri Xarri Keyn va Viktor Osimxen "qizil iblislar" nazdida yirik nishon bo‘lib keldi. Ammo ular uchun nihoyatda ko‘p so‘ralmoqda. Shu sabab "MYU" o‘z e’tiborini boshqa hujumchilarga qaratishi lozim. Quyida ten Xagga besh tanlov beriladi. Ulardan biri mankunianliklar safiga kelishi mumkin.

Rasmus Xyoylunn


Yoshi: 21
Klubi: "Atalanta"

Yevropa futbolida navbatdagi porloq yulduz bo‘lishi kutilayotgan nomlardan biri bu "Atalanta" va Daniya terma jamoasi hujumchisi Rasmus Xyoylunndir. To‘p bilan yaxshi harakatlanadigan futbolchining Italiyaga kelganiga atigi bir yil bo‘ldi. Ammo shunday qisqa vaqt ichida u katta klublar nazariga tushdi. Bunga sabab Xyoylunning pressing, yarim himoya va bog‘lamlardagi unumli harakatlaridir. U o‘tgan mavsumda 9 ta golga mualliflik qilgan edi.

Dushan Vlaxovich


Yoshi: 23
Klubi: "Yuventus"

Yana bir A seriya vakili bu Vlaxovichdir. 23 yoshli hujumchi "Fiorentina" safida 98 ta o‘yinda 44 ta gol urgan. Ammo uning "Yuventus"dagi ishari unchalik ham o‘xshamayapti. Vlaxovich turinliklar safiga 70 million yevro evaziga o‘tgan. Ammo bu pullar hali oqlanmadi. Serbiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsumda 14 ta golga mualliflik qilgan edi. Vlaxovich shu yozda jamoasini yangilashi mumkin.

Benyamin Sheshko


Yoshi: 20
Klubi: "Leypsig"

Sheshkoni anchadan beri "MYU" jiddiy kuzatuvga olgan. Ko‘pchilik 20 yoshli hujumchi harakatlarini Xolandga qiyoslaydi. U "Zalsburg"dan 24 million yevroga xarid qilingandi. Bo‘y borasida maqtana oladigan futbolchi, havodagi kurashlarda katta ustunlikka ega. Sheshko ayni damda 50 millionga baholanmoqda.

Gonsalu Ramush


Yoshi: 22
Klubi: "Benfika"

Qatardagi mundial har doimgidek Portugaliya uchun omadli o‘tmadi. Eng yomoni, Ronaldu bilan jamoa bosh murabbiy o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqani edi. Shunday tarang vaziyatda Ramush maydonga chiqdi. U Ronalduning o‘rnini bosa olishini isbot qilgan edi. "Benfika" safida 22 yoshli markaziy hujumchi 19 ta golga mualliflik qildi. Bemalol aytish mumkinki, Ramush "MYU"ning muammolarini hal qilishga qodir futbolchi.

Lautaro Martines


Yoshi: 25
Klubi: "Inter"

"Inter"dagi 5 yillik faoliyatidan keyin, Lautaro shu yozda boshqa klubga yo‘l olishi aytilmoqda. Argentinalik hujumchiga jiddiy da’vogar bu "Chelsi"dir. Bu turgan gap, albatta. Negaki, u o‘tgan mavsumda 28 ta golga mualliflik qilgandi. Erik ten Xag u uchun tez harakat boshlashi talab etiladi. Futbolchi ketishga rozi. Faqatgina uni ko‘ndirish va talab qilingan summani to‘lash kerak xolos. Aks holda, "Chelsi" Martinesni ilib ketishi mumkin.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 13:01, 09.07.2023. O'qildi: 7016 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.