Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Arda Gyuler: «Real» tarixiga o‘z izimni bossam, bas»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» klubi «Fenerbaxche»da porlagan 18 yoshli vunderkind Arda Gyuler transferini hal etishga yaqin turgandi.

Biroq salohiyatli yarim himoyachi eng so‘nggi pallada Kataloniya jamoasi ashaddiy raqibi «Real» safiga qo‘shilishni ma’qul topdi. Kelishuv bo‘yicha madridliklar iste’dodli turk uchun «Fenerbaxche»ga 20 million yevro to‘lashadi. Gyulerning keyin transfer summasidan 20 foizi ham Turkiya jamoasiga o‘tishi belgilangan. Ma’lumot uchun, «Genchlarbirligi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Arda 2019 yildan buyon «Fener» ixtiyorida edi. Uning asosiy jamoaning 51ta o‘yinida 9ta gol va 12ta assist qayd etgani iqtidoridan dalolat. Xo‘sh, Gyuler «Madrid» vakili sifatida tanishtirilganidan keyin nimalar haqida gapirdi?

- Arda, Madridga xush kelibsan. Avvalo, nega aynan «Real»ni tanlaganing haqida gapirsang...

- «Real» - dunyo miqyosida eng global klub, bu yerda bo‘lib turganimdan faxrlanaman. Ha, ko‘plab jamoalardan takliflar oldim, tanlovimda esa «Real»ning jahon futbolida tutgan o‘rni katta rol o‘ynadi. Qisqasi, bor iste’dodimni «Madrid»da ishga solishni xohladim.

- Mohiyatan qaysi pozisiyada o‘ynashni xush ko‘rasan?

- Maydon markazida ko‘proq qulaylik his qilaman. Aynan markaziy zonada o‘z o‘rnimni topishdan umidvorman. Chunki hujumkorlikka va gol olib keladigan vaziyatlar yaratishga moyilman. To‘g‘ri, bu shunchaki, shaxsiy xohishim, qayerda va qanday o‘ynashimni esa murabbiy belgilaydi. Umuman, markazdan tashqari, o‘ng qanotda ham faol harakatlanishim mumkin.

- Lekin «Real»ning markaziy pozisiyasida raqobat o‘ta baland...

- Ha, tarkibda markazning eng kuchli ijrochilari yig‘ilishgan. O‘z o‘rnimni topish uchun ular bilan raqobatlashishga tayyorman. «Real»da qolishni xohlayman, agar imkon berilsa, undan maksimal darajada foydalanaman. Boshqacha aytganda, ijara safariga chiqishni o‘ylamayapman, qolaversa, murabbiylar shtabi menga o‘yin vaqti berilishini aytdi. 

- «Real»ning qaysi mashhur futbolchilariga havas bilan boqqansan?

- Krishtianu Ronaldu, O‘zil, Zidan, Guti - bular «Real» afsonalari. Endi men ham klub tarixida o‘z izimni qoldirmoqchiman.

- Karlo Anchelotti bilan gaplashdingmi?

- Transfer bo‘yicha xabarlar chiqqach, u bir necha marta qo‘ng‘iroq qildi va meni o‘z jamoasida qanday holatda ko‘rayotganini bayon etdi. Albatta, don Karloga chuqur hurmat bilan qarayman.

- Oldin ham «Real» o‘yinlarini kuzatganmisan?

- Ha, deylik, CHL finallarini yaxshi eslayman, barchasini do‘stlarim davrasida miriqib tomosha qilganman.

- Hozirgi tarkibdan qaysi futbolchini alohida e’tirof etasan?

- Noqulay savol... Barcha futbolchilar muhim, jumladan, Luka Modrichni dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi sifatida bilaman. Undan ko‘p jihatlarni o‘rganishim mumkin va bu imkoniyatdan foydalanaman, albatta. 

- Aytishlaricha, «Real»ni tanlashingda Mesut O‘zil bevosita ta’sir ko‘rsatibdi...

- Mesut shunchaki, «Real» dunyodagi eng buyuk klub ekanligini aytdi. Umuman, biz o‘zaro ancha yaqinmiz, u hamisha klub haqida to‘lqinlanib gapiradi, yaxshi maslahatlar beradi.

- Boshqa klublar qiziqishi ham jiddiy edi.

- Ha, ba’zilari bilan muzokara ham olib bordik, ammo «Real» aloqaga chiqqanidan keyin barcha takliflar o‘z qiymatini yo‘qotdi. «Madrid» - dunyoning eng yaxshi klubi. Demak, meni ishontirishning hojati yo‘q edi.

- «Fenerbaxche» vakillari yakuniy qaroringdan ranjishgani rostmi?

- Bu - hissiyot nuqtai nazaridan qiyin tanlov. Lekin tushuning, sizni jahonning eng kuchli klubi chaqirganida, rad etolmaysiz. «Fenerbaxche»da hammani yaxshi ko‘raman va mendan xafa bo‘lishlarini xohlamayman. O‘ylaymanki, ular qarorimni tushunishadi, chunki muvaffaqiyat qozonishimga tarafdorlar, albatta. Qolaversa, tanlovim ortidan klubga moliyaviy foyda ham tegdi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:41, 26.07.2023. O'qildi: 2401 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик