Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Manchester Yunayted"dan ketishi kutilayotgan besh yulduz

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"MYU" yozgi transferlar oynasida o‘z nishonlarini "ovlash" bilan band bo‘lib turibdi. Ammo har qanday klub faqat futbolchi sotib olish bilan cheklana olmaydi. Xaridlar bilan birga sotuvlar ham kerak bo‘ladi. Bu orqali esa tarkib tozalanishi bilan bir qatorda, yangi transferlar uchun pul ishlab olish mumkin. Bosh murabbiy Erik ten Xag yangi mavsumda hamma uchun birdek yetarli bo‘lgan o‘yin vaqtini taqdim eta olmaydi. Shu sabab, ayrimlar o‘z baxtini boshqa yerlardan izlagani – ma’qulroq. Quyida "qizil iblislar" uchun keraksiz deb topilgan va jamoani tark etish bo‘sag‘asida turgan yulduzlarga e’tibor qaratdik.

Xarri Maguayr

Maguayrning obro‘si so‘nggi to‘rt yil ichida faqatgina tusha bordi. Muxlislar uni kalaka qila boshladi. Ko‘plab memlarga sabab bo‘lgan himoyachining "MYU"dagi vaqti tugagan ko‘rinadi. O‘tgan mavsumni asosan zaxiralarda o‘tkazib, jamoa sardori maqomidan tushirilgan futbolchi, "Old Trafford"dan ketadigan bo‘lib turibdi. Angliya terma jamoasi a’zosi uchun "Vest Xem Yunayted" 20 million funtlik taklif bilan chiqqandi. Shuningdek, "Everton" ham Maguayrga qiziqish bildirgan. Ammo futbolchining o‘zi jamoada qolib, yana bir mavsum asosiy tarkib uchun kurashib ko‘rishni istaydi.

Fred

Fred yillar davomida klub uchun yaxshi xizmat ko‘rsatib keldi. Biroq, Kazemiro, Kristian Eriksen va Meyson Mauntlar oldida braziliyalikning asosiy tarkib imkoniyatlari ancha cheklangan bo‘lib qoladi. Qolaversa, yaqinda yana bir yarim himoyachi – Sofyan Amrabat sotib olinishi kutilmoqda. Bu esa Fred uchun yaxshi signal emas, albatta. Yoz avvalida futbolchi uchun "Fulxem"dan qiziqishlar bo‘lgan edi. Saudiya klublari ham Fredga ish taklif qildi. Hozir esa "Galatasaray" 30 yoshli yarim himoyachiga 20 million funt taklif qilmoqda. Fred barqaror o‘yin namoyish etib kelayotgan bo‘lsada, rahbariyat uni, o‘zi uchun to‘langan 60 million funtni oqlay olmadi deb hisoblaydi.

Donni van de Bek

"MYU" tarkibida borligi ham unutib yuborilgan nomlardan biri ayna van de Bekdir. Yarim himoyachining Angliyada o‘tgan so‘nggi 3 yili omadsiz kechdi. U asosiy tarkibga kira olmadi. Bu haqida niderlandiyalikning o‘zi shunday degandi: "Uzoq jarohatdan keyin qaytish juda yoqimli. Ammo men hali ham kelajagim haqida aniq gap ayta olmayman. Qattiq mehnat qilishim kerak. Balki yangi mavsumda boshqa joyga ko‘chib o‘tarman. Hali savollar ochiqligicha qolmoqda".
Van de Bekka "Real Sosyedad"dan qiziqishlar mavjud.

Skott Maktominey

Maktominey sotiladi. Bu borada muammo yo‘q. Ammo shotlandiyalik uchun 40 million funtdan kam takliflar qabul qilinmaydi. 26 yoshli futbolchi uchun "Vest Xem" va "Nyukasl" da’vogar sanaladi. Shuningdek, Skott Maktomineyda o‘z yurtiga qaytib, "Seltik" sharafini himoya qilish imkoni ham mavkud.

Din Xenderson

Xenderson "Nottingem"ga doimiy bitim bilan ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Darvozabon o‘tgan mavsumni "o‘rmonchilar" safida muvaffaqiyatli o‘tkazgandi. 26 yoshli darvozabon evaziga londonliklar 15 million funt to‘lashadi. Xendersonning o‘yinlariga qarab, bu qiymatga keyinchalik, yana 5 million funt ham qo‘shilishi mumkin. "MYU" bu shartnomaga badal to‘lash bandini ham kiritadi. Bu narsa "Nottingem"ni tashvishga solmoqda. Agarda Xenderson masalasi omadli hal etilmasa, "Arsenal"dan Mett Tyorner sotib olinishi ham mumkin.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:01, 03.08.2023. O'qildi: 6525 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик