Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • 2:0
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya

Navbatdagi o'yinlar.

12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Iskoning dardi ko‘p ekan...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

2018 yildan buyon sukut saqlagan va umuman intervyu bermagan yarim himoyachi nihoyat, gapirishga jazm etdi. Ya’ni Marca nashriga bergan eksklyuziv intervyusida faoliyatidagi eng og‘ir 5 yillik davr dardlarini to‘kib soldi. Darvoqe, avvalgi mavsum «Sevilya» ixtiyorida bo‘lgan Isko mazkur intervdan so‘ng ushbu klub hamshahri sanalgan «Betis» bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.

- 5 yil davomida biror marta intervyu bermadingiz, nega?

- Shunchaki, chalg‘ishni xohlamadim. O‘zi matbuot bilan uncha chiqishmayman, bugungi sport jurnalistikasi umuman yoqmaydi. Zero, avvaliga katta sarlavha bilan mish-mish tarqatiladi, shundan keyingina faktlar tekshiriladi. Aslida teskarisi bo‘lishi kerak emasmi? Tushunish kerak, bizga bog‘liq yolg‘on xabar nafaqat o‘zimiz, balki oilamiz va farzandlarimizga ham yomon ta’sir qiladi.

- Nima, shuncha yil sukut saqlashingiz shartmidi?

- Ha, chunki mish-mishlar ichiga tushib qolishni istamadim. Agar gapirsam, hammasi yanada chigallashib ketishi hech gap emasdi. Aslida ko‘p voqealar kuzatildi, ayrimlari o‘z aybim bilan, boshqalari... Endi shu yukni yelkamdan olib tashlash vaqti keldi - odamlar aslida nimalar bo‘lganini bilishlari kerak. 

- Hozirgina mashg‘ulotlar markazidan chiqdingiz...

- Dushanbadan jumagacha shu yerdaman, shaxsiy murabbi­yim oqshom va dam olish kunlari uchun ham topshiriqlar beradi. Maqsadim bitta - yana o‘ynash. Futbolni qattiq sog‘indim va tez orada maydonga qaytishdan umidvorman.

- Yolg‘iz shug‘ullanish qiyin emasmi?

- Qiyin, boz ustiga, to‘p bilan ishlashni rosa sog‘inganman. Ammo bazaga borsam, vaziyat o‘zgaradi, olomon ichida qolaman. Bu yerda esa xotirjam ishlayman. Hozirgi mashg‘ulotlarning barchasi futbolga qaratilgan. 

- Nima, mavsumoldi mashg‘ulotlar jarayonida klubda bo‘lish foydali emasmi? 

- Takrorlayman, to‘p, o‘yinlar, kiyinish xonasini juda sog‘indim. Tezroq yana to‘liq ma’noda futbolchiga aylanishni xohlayman. Takliflar bor, faqat xato qilish va faoliyatimda yana noto‘g‘ri qadam tashlashdan qo‘rqaman. 

- O‘zi bunday vaziyatga qanday tushib qoldingiz? Nima bo‘ldi?

- «Real» bilan shartnomam o‘z kuchini yo‘qotgach, Xulen Lopetegi qo‘ng‘iroq qilib, meni «Sevilya»da ko‘rishni xohlayotganini aytdi. Eng yaxshi o‘yinlarimni shu murabbiy qo‘l ostida namoyish etganim esimda. O‘sha vaqt Italiya­ga borish varianti ham bor edi, lekin «Sevilya» CHLda ishtirok etishini, bosh murabbiy Lopetegi meni yaxshi bilishini inobatga oldim. Qisqasi, zo‘r imkoniyat yuzaga kelgandi.

- Biroq ko‘p o‘tmay, Lopetegi ishdan bo‘shatildi...

- O‘rniga Sampaoli keldi. Qishki transferlar bozori yaqinlashgan payt esa klub ichida juda g‘alati ishlar bo‘ldi. Deylik, agentimga telefon orqali menga boshqa klub topishi mumkinligini aytishdi. Shunda darhol sport direktori Monchi oldiga kirdim. «Sevilya» iqtisodiy inqirozga tushganini bilmasdim, lekin o‘sha suhbatdan keyin hammasi teskarisiga aylandi. Aslida klub pozisiyasini tushunmoqchi edim. Monchi esa shundan so‘ng matbuotda jar soldi: «Isko qolmoqchi emas, ketishni xohlayapti...». U keyinchalik u shart­nomani bekor qilishga undadi. Tabiiyki, Monchiga menga nisbatan noinsoflik qilayotgani haqida e’tiroz bildirdim, futbolda uningdek  yolg‘onchi odamni hali ko‘rmaganimni aytdim. Shunda sport direktori dabdurustdan menga tashlandi. Ayni voqeadan so‘ng klubda qolish xohishim yo‘qoldi. Axir sport direktorining o‘zi oshkora hujum qilgach, qololmasdim garchi muxlislarga munosabatim yaxshi bo‘lsada. Boz ustiga, hech kim kechirim ham so‘ramadi - na tajovuz va na yolg‘on uchun. 

- Monchi bilan mojaro klub ofisida ro‘y berdimi?

- Aniqrog‘i, mashg‘ulotdan so‘ng, kiyinish xonasi yo‘lakchasida.

- Qishki transferlar vaqti «Union» safini to‘ldirishingizga bir qadam qoldi, biroq...

- Bu haqda gapirishni xohlamayman, oxir-oqibat, o‘zimni oqlayotgandek ko‘rinaman, baribir.

- Xavotirlanmang, hammasini tekshirib ko‘ramiz.

- Odatda o‘zimni ko‘p ayblayman, lekin Berlindagi voqealar aqlga sig‘maydi. Transferlar oynasi oxirgi kunining ikkinchi yarmida agentim Jorje Mendesh «Union» yil oxirigacha uzaytirish opsiyasi bilan yaxshi taklif yuborganini aytdi. Berlin klubi Bundesligada yaxshi mavqega ega edi, YELda ham o‘ynayotgandi, qiziqarli taklif va shunday loyiha. Xullas, rozi bo‘ldim va shartnoma nusxasini yuborishdi. Darhol narsalarimni yig‘ib, Berlinga yo‘l oldim, meni aeroportda klub vakili kutib oldi. Ertasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ketayotganda esa, klub vakili meni YEL «zayavka»siga kiritolmasliklarini aytdi. Oxirigacha harakat qilishgani, ammo natija chiqmagani haqidagi izohga ishonib, tibbiy ko‘rikdan ham o‘tdim. Shartnomaga imzo chekish uchun borganimda esa, oldin belgilangan miqdorda emas, kamroq to‘lashlarini ma’lum qilishdi. Shunga ham ko‘ndim, ammo yana 10 daqiqadan so‘ng shartnomani qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytishdi. Germaniyaga katta umidlar bilan uchgan, YELda o‘ynashni xohlagandim, lekin qandaydir 15 daqiqada oldinroq yuborilgan shartnoma 50 foizga o‘zgartirildi. Bu hurmatsizlik! Axir 18 yoshda emasman, birinchi marta shartnoma tuzayotganim ham yo‘q. Qisqasi, kelishuvdan bosh tortdim. Germaniyada 12 soat ichida shuncha ish ro‘y bersa, 2 yilda nimalar bo‘lishini o‘ylashga ham qo‘rqadi kishi... 

- Shu tariqa Ispaniyaga qaytdingiz.

- Ha. Lekin ruhiy jihatdan boshqa loyihaga tayyor emasdim. Tanaffus olib, fikrlarimni tartibga solishim kerakligini tushundim. Orada professional psixolog oldiga ham bordim atrofdagi odamlar bilan nizolar mohiyatini tushunish uchun.

- Hozir qandaysiz?

- Yaxshi. Yangi chorlovga tayyorman, futbolda hali o‘z so‘zimni ayta olishimni isbotlamoqchiman.

- Hali ham orzularingiz bormi?

- Terma jamoa bilan yana nimadir yutmoqchiman. Faqat JCHda o‘ynadim, masalan, Yevropa chempionati zabt etilmagan marra bo‘lib turibdi...

- Shartnomaga imzo chekish uchun borganimda esa, oldin belgilangan miqdorda emas, kamroq to‘lashlarini ma’lum qilishdi. Shunga ham ko‘ndim, ammo yana 10 daqiqadan so‘ng shartnomani qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytishdi. Germaniyaga katta umidlar bilan uchgan, YELda o‘ynashni xohlagandim, lekin qandaydir 15 daqiqada oldinroq yuborilgan shartnoma 50 foizga o‘zgartirildi. Bu hurmatsizlik!

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:02, 13.08.2023. O'qildi: 6108 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Чехия Ladislav Kreychi 1
4 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
5 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик