Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Garri Keyn: «Men har yili sovrinlar uchun o‘ynashni istayman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Nihoyat, «Tottenxem»ning ishongan tog‘i, sardori «Bavariya» safiga borib qo‘shildi.

Xarri Keyn uchun myunxenliklar bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 120 million yevro to‘laydi. Shartnoma 2027 yil 30 iyuniga qadar imzolandi. Unga kutilganidek 9-raqamli libos topshirildi. Lekin afsuski, shanba kuni, ya’ni Garri «Bavariya» a’zosi bo‘lgan kuniyoq faoliyatidagi dastlabki sovringa ega chiqish imkoniyati chippakka chiqdi. Germaniya Superkubogi doirasidagi «RB Leypsig»ga qarshi bahs (0:3)ning 64-daqiqasida (bu paytda «buqalar» 2:0 hisobida oldinda edilar) maydonga tushgan 30 yoshli forvard yangi jamoasiga yordam berolmadi. Bu omadsizlikdan bir kun o‘tib, Keyn «Alyans Arena»da ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javob berdi.

Myunxenga kelishi haqida:

- Bu ajoyib tajriba edi. Qisqa vaqtda ko‘p narsa sodir bo‘ldi, ko‘plab yangi yuzlarni ko‘rdim. Men va oilamning qabuli shunchalik fantastik edi, ayniqsa kechagi o‘yin paytida. Bu yerda ekanligimdan xursandman va ishga kirishishni sabrsizlik bilan kutyapman.

«Tottenxem»ni tark etishi haqida:

- Men har doim rivojlanish va imkoniyatlarim cho‘qqisiga erishishni xohlardim. Chempionlar Ligasida va har yili sovrinlar uchun o‘ynashni istayman. Aynan shuning uchun «Bavariya»ga keldim, chunki bu klub orzularimni ro‘yobga chiqara oladigan darajada kattadir.

Oxirgi kunlar haqida:

- Oxirgi kunlar juda og‘ir kechdi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emasdi, har holda bu mening birinchi yirik transferim. Bu yerda ekanligimdan xursandman. Fursatdan foydalanib, «Tottenxem»ga, shu jumladan Daniel Leviga eng yaxshi tilaklarimni bildirmoqchiman. Hozir esa shu yerdaman va jamoaga yordam berishimdan umidvorman.

Nemis va ingliz futboli o‘rtasidagi tafovut haqida:

- Butun hayotimni Angliyada Premyer-ligasida o‘tkazdim. Endi yangi liga va yangi jamoaga moslashishim kerak. Bu ligada ajoyib jamoalar ko‘p. Hamma «Bavariya» chempion bo‘lishini kutadi. Ammo raqiblar ham yildan yilga kuchayib bormoqda. Bu men uchun ajoyib imkoniyat. Imkon qadar tezroq moslashishga harakat qilaman.

Londonda o‘tajak YECHL finali haqida:

- Albatta, ungacha hali uzoq. Ammo Londonda o‘tadigan Chempionlar Ligasi finalida o‘ynash - ajoyib. Albatta, men ham ushbu jamoa bilan YECHLda g‘alaba qozonish uchun keldim. Londonda g‘alaba qozonish istiqboli, albatta, yaxshi, ammo bu juda uzoq yo‘l.

Yuqori umidlarni yengishi haqida:

- Men shunchkki bu yerga imkon qadar tezroq moslashish va jamoaga yordam berishga harakat qilaman. Kelganimga atigi ikki kun bo‘ldi. Jamoada ajoyib o‘yinchilar bor - endi tezroq bir-birimizga moslashib olishimiz kerak. Jamoamga gollarim orqali yordam berish uchun hamma narsani qilaman. Ammo mening vazifam faqat gol urish emas.

Qaroriga 2019 yilgi o‘yinning ta’siri haqida:

- Ha, 2019 yili «Bavariya» bilan YECHL doirasida to‘qnash kelgandik. O‘sha o‘yin biz uchun qiyin kechgandi. «Bavariya» dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biridir. Ammo bu o‘yinning qarorimga hech qanday ta’siri yo‘q. «Bavariya» - katta klub va men bu yerda bo‘lganimdan xursandman. Qaror qiyin bo‘lishi aniq edi. Axir, 19 yildan beri «Tottenxem»da edim - bu klub yuragimning bir qismiga aylangandi. Lekin, hozir eng to‘g‘ri vaqt ekanligini his qildim. Endi sovrinlar yutmoqchiman. Buni «Bavariya» aloqaga chiqqan paytda angladim.

Nemis tili haqida:

- «Servus» - bu so‘z. Albatta, nemis tilini iloji boricha tezroq o‘rganishga harakat qilaman. Men ham yuksak madaniyatni his qilmoqchiman. Haftada bir necha marta saboq olaman - bu murakkab til, lekin uni yaxshi integrasiya qilish uchun ham o‘rganmoqchiman.

Tomas Myuller bilan uchrashuvi haqida:

- Kecha Tomas bilan uchrashdim. U energiyaga to‘la edi va allaqachon meni golf o‘yiniga taklif qildi. U lider, ushbu jamoadagi eng katta yetakchilardan biridir. Tomas bilan birga o‘ynashni intiqlik bilan kutaman.

Transfer summasi haqida:

- Mas’uliyatni his qilyapman, bu katta pul. Uning oxirgi tiyinigacha oqlashga harakat qilaman, maydonda qo‘limdan kelganini qilaman. «Bavariya» katta yutuqlarni nishonlash uchun pul to‘ladi, men ham shuni xohlayman.

Kechagi qabul haqida:

- Muxlislarning ismimni chaqirib, qarsaklar ostida kutib olishini, bu salomni eshitish hayratlanarli edi. Afsuski, o‘yin muvaffaqiyatsiz tugadi. Raqib penalti olgani achinarli. Oldinda uzoq mavsum turibdi. Hozir mashg‘ulotlarni va jamoa bilan tanishishni intiqlik bilan kutyapman. Barcha muxlislar va «Bavariya»ga ajoyib qabul uchun kattakon rahmat.

Yangi uy haqida:

- Shaharni aylanishga hali vaqtim bo‘lmadi. Ertaga bo‘sh vaqtimiz bo‘ladi va men oilam bilan undan unumli foydalanaman. Albatta, shahar va odamlar bilan tanishish uchun vaqt ajrataman.

Yetakchilik roli haqida:

- Bu mening shaxsiyatim, shunday insonman. O‘yinchilarni ortimdan ergashtirishga harakat qilaman. Tomas Tuxel bilan ko‘p gaplashdim. U aynan shuning uchun meni jamoasida ko‘rishni xohladi. Bizning maqsadimiz ko‘p narsaga erishishdir. Endi jamoa bilan tezroq tanishishim kerak va bu jarayonda o‘zligimda qolaman. O‘ylaymanki, shundagina men yetakchiga aylanaman.

So‘z

Tomas Tuxel jamoasi «RB Leypsig»dan 0:3 hisobida yengilgan uchrashuvdan keyin debyutini o‘tkazgan Garri Keyn oldida uyalib qolganini yashirmadi: - Xarri Keynga rahmim kelib ketdi. Balki u bizni to‘rt hafta davomida biror marta mashg‘ulot o‘tkazishmabdi, deb o‘ylagandir. Bugungi ishtirokimizning nimalar qilmoqchi bo‘lganimiz bilan umuman aloqasi yo‘q. Xarri tungi soat 3 yoki 4da uxlashga yotgan edi. Biz undan ko‘p narsa o‘rganishimiz kerak. Lekin u bizdan o‘rnak olmasin. Keyn bizga bu  holatdan chiqib olishimiz uchun yordam beradi. U o‘ynashni istadi va bunga tayyor edi. Biz ham unga bir necha daqiqa berdik.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:01, 18.08.2023. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик