Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Saloh va Markinyos ham Saudiyaga yo‘l olishi mumkin, "Siti" de Bryuynega APLdan o‘rinbosar topdi — Kechaning eng muhim transferlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

23 avgustning eng muhim transfer yangiliklari dayjesti bilan tanishing.

"Siti" De Bryuynening o‘rniga APLdan futbolchi olmoqchi

"Manchester Siti"ning asosiy yulduzlaridan biri - Kevin De Bryuyne jarohati tufayli kamida yil oxirigacha safdan chiqqan edi. Klub maydon markazida uning o‘rnini egallaydigan futbolchi olmoqchi. Nomzodlardan biri Mateus Nunes. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "shaharliklar" 24 yoshli futbolchi uchun "Vulverxempton"ga 50 million yevro taklif qilgan. Futbolchi allaqachon “Siti” bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Eslatib o‘tamiz, Nunes 2022 yilning yozida "Sporting"dan 45 million yevro + 5 million yevro bonuslar evaziga "bo‘rilar"ga o‘tgan edi.

Bernardu Silva yangi shartnoma imzoladi

“Shaharliklar” boshliqlari shartnomalarni yangilashni unutishmaydi. Bernardu Silvaga "Barselona", "PSJ" va Saudiyadan jiddiy takliflar bo‘ldi. Oxir-oqibat portugaliyalik yarim himoyachi Manchesterda qolmoqda.

Silva "shaharliklar" bilan shartnomasini 2026 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Yana uch mavsum davomida Bernardu "Etihad"da muxlislarni xursand qiladi. Gvardiola xursand!

"Man Yunayted"ga Xenderson kerak emas

"Manchester Yunayted" joriy transfer oynasidayoq darvozabon Andre Onana bilan shartnoma imzolagan va qo‘shimchasiga turkiyalik darvozabon Altay Bayindirni sotib olishga yaqin turibdi. Ammo tarbiyalanuvchisi Din Xenderson boshqa jamoaga ketishi mumkin. Fabrisio Romanoning fikricha, “Yunayted” darvozabonni majburiy xarid bilan ijaraga beradi. Xenderson tez orada klubni tark etadi. Din uchun asosiy da’vogar "Kristal Pelas".

Isroilda "Bavariya"da Noyer o‘rniga vaqtinchalik o‘rinbosar topildi

"Bavariya"ning yangi darvozaboni bo‘yicha Fabrisio Romano ma’lumot berdi. Insayderning xabar berishicha, Tel-Avivning "Makkabi" klubi darvozaboni Daniel Peres Myunxenga ko‘chib o‘tadi. 23 yoshli isroillikning transfer summasi 5 million yevro + bonuslar bo‘ladi. Peres bilan shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Saudiya klubi "PSJ" sardorini o‘ziga tortmoqda

RMC Sport xabariga ko‘ra, "Al-Ittihod" "PSJ" himoyachisi Markinyosni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Saudiya klubi himoya markazida o‘yinchi qidirmoqda va aynan braziliyalik qisqa ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Qayd etilishicha, Markinyosning o‘zi Fransiya jamoasida qolishni istamoqda. “Al-Ittihod – Markinyos” masalasida aniq nuqta hali belgilanmagan.

Zaxaryansiz qolgan “Lasio” boshqa variantlarni qidirmoqda

Rim klubi yozda “Dinamo”dan Arsen Zaxaryanni olib ketishi mumkin edi. Ammo rossiyalik “Real Sostedad”ga o‘tdi. O‘z navbatida "Lasio" Daichi Kamada bilan shartnoma imzoladi, endi esa ular Matteo Genduzini xohlashmoqda. Calciomercato xabariga ko‘ra, "Marsel" o‘z futbolchisini 22 million yevroga baholamoqda, "Lasio" esa 15 million yevrolik taklif tayyorlamoqda.

Saudiya Arabistonida yana bir superyulduzmi?

“Al-Ittihod” faqatgina Markinyosni o‘z safiga qo‘shib olish bilan cheklanib qolmoqchi emas. Jurnalist Rudi Galettining yozishicha, Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh uchun 90 million yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor. Agar “qizillar” misrlikni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, bu transfer Saudiya Arabistoni chempionati tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, "Al-Ittihod" safida hozirda Ngolo Kante va Karim Benzema to‘p tepmoqda.

"PSJ" hujumchisi Premyer-ligada o‘zini sinab ko‘rishi mumkin

"PSJ" bilan bog‘liq yana bir yangilik. L'Equipe xabariga ko‘ra, "Vest Xem" Ugo Ekitikega qiziqish bildirmoqda. Londonliklar o‘yinchini majburiy sotib olish sharti bilan 35 million yevroga ijaraga olishlari mumkin.Avvalroq Ekitike Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan hujumchi Randal Kolo Muanini transferga qo‘shilishi mumkinligi aytilgandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumlarda “PSJ”dan “Vest Xem”ga ikki futbolchi ko‘chib o‘tgan: darvozabon Alfonso Areola va himoyachi Tilo Kerer.

"Inter" va "Marsel" hujumchi almashadimi?

"Marsel" argentinalik hujumchi Xoakin Korreani qo‘lga kiritish uchun "Inter" bilan muzokaralarni boshladi, deya xabar beradi Fabrisio Romano. Italiyaliklar esa erkin agent sifatida provansliklar sobiq hujumchisi Aleksis Sanchesni olmoqchi. Chililik futbolchi 2019 yildan 2022 yilgacha “Inter” safida to‘p tepgan.

Ronaldu jamoasi kutilgan transferni amalga oshirdi

Saudiya Arabistoni yangiliklari — 2023 yil yozi klassikasi. Yana bir yirik transfer yakunlanish arafasida. "Manchester Siti" himoyachisi Eymerik Laport "Al-Nasr"ga yaqin, deydi Fabrisio Romano. 29 yoshli ispaniyalik yangi jamoaga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Tez orada Lyaport "An-Nasr" bilan shartnoma imzolash uchun Ar-Riyodga uchadi. Eymerik "Siti"da 2018 yildan beri to‘p tepib kelayotgandi. Transfermarkt uni 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 06:11, 24.08.2023. O'qildi: 4689 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик