Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kayo Jorje: «Xudoga ishonish mislsiz quvvat bag‘ishladi...»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Jahannam azobidan keyingi tabassum - bu ibora Kayo Jorje holatiga juda to‘g‘ri keladi.

Faoliyatini muddatidan oldin tugatish xavfini tug‘dirgan noxush vaziyat qiyinchiligini yengib o‘tgan braziliyalik futbolchi bugun «Yuventus»ga nisbatan muhabbatini baralla izhor etyapti. Muxlislar oradan naq 531 kun o‘tgach, «Alyans Stedium»da yana Jorje o‘yinidan bahra olishdi. Xullas, o‘ta jiddiy jarohat bilan bog‘liq barcha sinovlar ortda qoldi va vunderkind yana orzular og‘ushiga tushdi...

- Kayo, uzoq tanaffusdan keyin 3ta gol bilan qaytdingiz. «Yuve» o‘rinbosarlar jamoasi raqib bo‘lgani «xet-trik» ahamiyatini pasaytirmaydi. Xo‘sh, taassurotlar qanday?

- O‘yinda butun hayotimdagi eng baxtli lahzalardan tu­yindim, chunki jarohat chindan ham, o‘ta og‘ir bo‘lib, hattoki, maydonga qaytolmaslik xavfi ham yo‘q emasdi. Faqat ishonch-qat’iyat bilan o‘z ustimda qattiq ishladim va nihoyat qaytdim. Xullas, bu kun faoliyatimda alohida o‘rin tutishi aniq.

- 1,5 yil ortga, o‘sha dahshatli jarohat vaziyatiga qaytamiz. Miyangizni qanday fikrlar chulg‘ab olgani esingizdami? 

- Tizzam jiddiy shikastlangani, bu katta muammo ekanligi va mukammal holatga qaytish o‘ta qiyinligini darhol tushungandim. Oddiy aytganda, boshida jarohatning eng yomon oqibatlarini o‘ylayverib, qattiq azoblandim. Chunki tizzam o‘z holatida tiklanmasligidan qo‘rqardim. Xudoga shukr, hammasi ortda qoldi va endi tarixni yaxshi tomonga burishni xohlayman.

- Mana, 531 kundan keyin yuzingizga yana tabassum yugurdi. Bugun boshqacha, yetukroq Kayosiz, shundaymi?

- Boshimga tushgan voqeliklarni nazarda tutsak, inson sifatida ulg‘ayganim rost. Har holda, hozir o‘zimni bosiqroq yigitdek his qilyapman. Binobarin, jarrohlik va uzoq tiklanish jarayoni kundalik hayotda ham boshqacha fikrlashni o‘rgatdi.

- Aynan qaysi ma’noda?

- Endilikda har qanday savolga boshqacha yondashyapman, chunki o‘zgardim. Og‘ir damlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va hammasidan ijobiy ma’no topishni o‘rgandim. Ha, uzoq vaqt o‘yindan tashqarida qoldim, garchi qaytish onlarini kutish va yolg‘iz shug‘ullanish azob bergan bo‘lsada, vaqt zoye ketmadi. Chunki har bir ishga munosabatni o‘zgartirish kerakligini tezda angladim, natijada yakka tartibdagi mashg‘ulotlarda ham rohatlandim, bor kuchim bilan ishladim. Qolgani haqida o‘ylash befoyda.

- Og‘ir kelgan mavsumda jamoaga yordam berolmaslik ham qiynagandir...

- Har kuni davolanish va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tash uchun «Kontinassa»ga kelganimda, jamoadoshlarimni ko‘rardim. Albatta, klubning umumiy holatidan xursand emasdim, lekin tez orada qaytishga ishondim. Shu ishonch tiklanish uchun borimni berishga undadi. Bu nimaligini faqat odatiy ritmni yo‘qotgan, deylik, jamoadan ayro qolgan futbolchilargina yaxshi tushunishadi.

- Oldinroq lug‘atingizda «Taslim bo‘lish» iborasi yo‘qligini aytgan edingiz va buni amalda ham isbotladingiz. 

- Jarohatdan 8-9 oy o‘tgach, rejadan chetga chiqib, tiklanish jarayonini biroz tezlashtirdim, oqibatda yangi muammolarga yo‘liqdim. Haqiqat shuki, qaytish onlarini kutishga sabrim chidolmadi. Xayriyatki, hammasini vaqtida tushundim va sabrni birinchi o‘ringa qo‘ydim. Aks holda, hozir qaytolmasmidim...?

- Siz kabi uzoq tiklanish jarayonidan o‘tgan Kyeza bilan maslahatlashdingizmi?

- Jarrohlik amaliyotiga mahkum bo‘lgan ko‘plab futbolchilar bilan gaplashdim, ular imkon boricha tinchlantirishdi, qo‘llab-quvvatlashdi. Fede biroz boshqacha jarohat orttirgandi, muhimi, meni ishonchni yo‘qotmaslikka undadi. Umuman, ko‘plab yigitlarning yonimda ekanliklarini yaqqol his qilib turdim.

- «Yuve»da braziliyaliklar ko‘p...

- Ha, Danilo, Aleks Sandro, Bremer... Ular katta yordam berishdi. Shuningdek, Bonuchchi ham tinch o‘tirgani yo‘q, uning e’tibori shunchaki, aql bovar qilmas darajada. Bu borada Rabyo va Pogbani ham tilga olishim joiz.

- Ma’lum vaqt Braziliyada shaxsiy murabbiy bilan ishladingiz.

- «Yuventus» xodimlari doimiy aloqada bo‘lib turdilar, jumladan, klub fizioterapevti. Demoqchimanki, barchasi reja bo‘yicha olib borildi. Endilikda ovqatlanish tartibiga ham o‘ta ehtiyotkorlik bilan qarayapman: jarohatdan keyin boshlangan diyeta hamon amalda. Zero, tiklanish jarayo­nida to‘g‘ri ovqatlanish ham juda  muhim.

- Allegri vaqtida sizni alohida ta’riflagandi: «Kayo ajoyib ijrochi va uni porloq kelajak kutayotganiga aminman»...

- Bunday go‘zal va yoqimli maqtov uchun murabbiydan minnatdorman. Umuman, jarohatlanishdan oldin 5 oy davomida Allegridan ko‘p narsalar o‘rgandim. U ajoyib murabbiy va shunday inson.

- Kundalik ish sirlarini qaysi klubdoshlaringizdan «o‘g‘irladingiz»?

- Turinga kelganimda, Krishtianu Ronaldu tarkibda edi: uning birinchi raqamli fanatiman. Buni o‘ziga ham aytganman. Krish bilan o‘ynash va shug‘ullanish - koni foyda. 

- Demak, bosh kumiringiz Krishtianu...

- Shunday. Lekin «Yuventus»dagi boshqa futbolchilarga ham havas bilan qaraganman. Krishtianu shaxsiyatiga kelsak, u insoniylik fazilatlari bilan shunchaki, super ekanligini aytishim joiz.

- Endigi maqsad «Yuven­tus»da yuqori darajaga ko‘tarilishmi?

- Bu - bolalik orzum. Har doim Yevropada, katta jamoa safida o‘ynashni xohlaganman. Shu o‘rinda bir voqelikni aytib beraman: meni «Yuventus» bilan bog‘lay boshlashgan paytdayoq italyan tilini o‘rganishga tushdim. Shunda agentim ogohlantirdi: «Shoshilma, hali erta, axir endi gaplasha boshladik...». Ammo o‘zim yakuniy qaror chiqarib bo‘lgandim. Ya’ni «Yuve» safiga qo‘shilishimni bilardim va darhol til o‘rganishni xohladim.

- Ko‘proq o‘yin amaliyoti olishingiz uchun ehtimol, ijara varianti ma’quldir. Deylik, «Frozinone»ga o‘tish...

- Aslida «Yuve»da o‘ynashni xohlardim, ammo hammasi o‘zimga bog‘liq emas. Rahbariyat va murabbiy bilan gaplashib, nima yaxshiroq ekanligini tushunishim kerak: ijara safarimi yoki klubda qolib, yana o‘rganish? Kutish kerak, sabr kerak.

- Suhbat yakunida oilangiz haqida ham to‘xtalsangiz.

- Onam men bilan birga, butun reabilitasiya payti, eng murakkab pallalarda muhim rol o‘ynadi. Otam esa Braziliyada, lekin har kuni gaplashib turamiz. Aynan oilam va Xudoga ishonish menga mislsiz quvvat bag‘ishladi.

- Meni «Yuventus» bilan bog‘lay boshlashgan paytdayoq italyan tilini o‘rganishga tushdim. Shunda agentim ogohlantirdi: «Shoshilma, hali erta, axir endi gaplasha boshladik...». Ammo o‘zim yakuniy qaror chiqarib bo‘lgandim. Ya’ni «Yuve» safiga qo‘shilishimni bilardim va darhol til o‘rganishni xohladim.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:06, 24.08.2023. O'qildi: 1973 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик