Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kvarasxeliya, Gavi, Musiala... Eng kam maosh oladigan futbol yulduzlari bilan tanishamiz

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

So‘nggi yillarda transfer narxi va o‘yinchilarning maoshlari yanada oshib ketganiga qaramay, maoshi ularning darajasiga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchilar hali ham bor.

Masalan, "Napoli"dan Xvicha Kvarasxeliya kabi: gruziyalik o‘tgan mavsumda jamoaning eng foydali o‘yinchilaridan biriga aylandi (barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda 14+17 samarali harakatlar), Skudettoni yutishda yordam berdi va A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi, ammo u klubda yiliga atigi 1,2 million yevro ishlab topadi. Bu jamoadagi 18-ko‘rsatkich va shunchaki yuqori darajadagi futbolchi uchun juda kam maosh.

Martin Edegor - yiliga 3,8 million yevro

"Arsenal" va Norvegiya terma jamoasining sardori, "kanonirlar"ning eng foydali o‘yinchilaridan biri, top-klublar uchun kerakli futbolchi va shunchaki yaxshi yigit jamoadagi hammadan ko‘proq pul topishi yoki hech bo‘lmaganda ular orasida bo‘lishi kerakdek tuyuladi. Buning o‘rniga Martin Edegor har mavsumda 3,8 million yevro maosh oladi - jamoada eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar orasida 12-o‘rin. Bundan tashqari, Artetaning qolgan shogirdlarida pul bilan bog‘liq muammolar yo‘q - Saka, Parti va Saliba yiliga 5 milliondan maosh oladi va yangi kelgan Kay Xaversga esa yiliga 10 million yevro to‘lanadi.

Ederson - yiliga 3,3 million yevro

"Manchester Siti"da asosiy futbolchilar yoshidan qat’i nazar, Uokerdan Fodengacha mustahkam shartnomalarga ega. Minimal: 5 million yevro maosh. Ayniqsa, De Bryuyne yoki Xoland kabi qimmatbaho futbolchilar 10 milliondan ko‘proq maosh oladi - umuman olganda, Gvardiola jamoasida adolat hukm surayotgandek. Ammo ular kimnidir xursand qilishni unutishdi - Ederson har mavsumda bor-yo‘g‘i 3,3 million yevro oladi. U ko‘p yillardan buyon "Siti" darvozasini ishonchli himoya qilayotganini va dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri ekanligini eslab o‘tish joiz.

Gavi - yiliga 3,2 million yevro

1 milliard yevro tovon puli, katta umidlar, Golden Boy 2022, 100 ta o‘yin... va jamoadagi eng past shartnomalardan biri. Biroq, Gavi shunga ham minnatdor bo‘lsa kerak - u uzoq vaqt yoshlar shartnomasi bo‘yicha o‘ynadi va aql bovar qilmaydigan sa’y-harakatlar evaziga "Barselona" yangi shartnomani rasmiylashtirdi, unga ko‘ra yigitcha endi 3,2 million yevro oladi va jamoada Xavi harakat qilgan 6-raqamda to‘p tepadi. Mish-mishlarga ko‘ra, vunderkindning maoshi har mavsumda oshib boradi, ammo hozircha "Barsa" asosiy tarkibi darajasidagi futbolchi uchun bu sal pastroq summa.

Mark-Andre ter Shtegen – yiliga 3 million yevro

Yana bir darvozabon, o‘z imkoniyatlaridan ko‘ra past maosh oladi. Ter Shtegen yangi shartnomasi bo‘yicha 2028 yilgacha atigi 3 million yevro oladi. Ammo ispan OAV yozishicha, Mark yangi shartnomasining dastlabki ikki mavsumidagina yuqoridagi miqdorni oladi, keyin esa maosh ko‘tarilib boradi.

Jamol Musiala – yiliga 2,6 million yevro

Bir tomondan, 20 yoshda 2,6 million yevro olish yomon shartnoma emas. Boshqa tomondan, agar siz "Bavariya"da o‘ynasangiz va bir mavsumda barcha turnirlarda 43ta o‘yinda 16+16 natija qayd etsangiz, ehtimol siz ko‘proq narsaga loyiqsiz. Jamol Musiala uzoq vaqtdan beri Yevropaning eng umidli futbolchilaridan biri bo‘lib kelgan va "Bavariya" ham kambag‘al klub emas. Hujumchi Chupo-Moting zaxira o‘yinchisi sifatida yiliga 3,7 million yevro olayotgan vaqtda balki Jamolning maoshini oshirish vaqti kelgandir.

Joau Feliks – yiliga 190 ming yevro

Yo‘q, bu hazil emas. Bir paytlar “Atletiko”ga 127 million yevroga tushgan Feliks “Barselona”da soliqlardan keyin yiliga 190 ming yevro oladi. Ha, bu uning Premyer-ligadagi ko‘plab vatandoshlari kabi bir haftalik emas, balki mavsum uchun maosh. Lekin portugaliyalikga achinishning hojati yo‘q - Joau kataloniyaliklar safida o‘ynash uchun shunday maoshga rozi bo‘lgan, chunki u buni orzu qilgan. Qolaversa, u "Atletiko"ga qaytganida va boshqa klubga o‘tib ketgan taqdirda butunlay boshqa pul ishlab topishi aniq. Solishtiradigan bo‘lsak, Joau o‘tgan mavsum uchun 7 million yevro ishlab topgan.

Levi Kolvill - 163 ming yevro

Levi Kolvill so‘nggi yillarda ijara asosida o‘ynagan "Chelsi"ning yosh himoyachisi. Bu mavsumda u nihoyat asosiy jamoaga qaytdi, ammo shartnomani yangilashni unutib qo‘yishdi go‘yo. Yigitcha bir mavsumda 160 ming yevrodan sal ko‘proq oladi. Taqqoslash uchun, "aristokratlar"ga o‘tgan qishda kelib qo‘shilgan va hali hamon jamoa uchun rasmiy o‘yinlarda foydali harakat amalga oshirmagan Mixaylo Mudrik Kolvilldan 20 barobar ko‘proq pul oladi.

Alexandro Balde – 80 ming yevro

Alexandro Balde "Barsa" tarkibida Jordi Albani raqobatda yutib chiqib, asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. GoldenBoy2023'ga da’vogarlar safiga kirdi va oyiga 3 ming yevro maosh oladi. Ehtimol, lateral, prinsipial jihatdan, top-5 ligadagi eng kam maosh oluvchi futbolchilardan biri bo‘lishi mumkin va bu achinarli. Xabarlarga ko‘ra, "Barselona" 19 yoshli futbolchi bilan 2027 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Unda himoyachining qancha maosh olishi borasida ma’lumotlar hozircha yo‘q.

Kiritildi: 21:18, 10.09.2023. O'qildi: 10363 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик