Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Boshidanoq e’tiborda bo‘lgan «sakkizoyoq»!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yozgi transfer mavsumi salmoqli kelishuvlarni taqdim etdi.

Jumladan, Xarri Keynning «Bavariya»ga o‘tishi, Saudiya Arabistoni klublarining bozorni «portlatish»lari, MLSdagi yulduzlar oqimi, bularni uzoq davom ettirish mumkin. Va bular orasida Moyzes Kaysedoning «Chelsi»ga o‘tishi bir oz kamtarin ko‘rinsada, lekin syujeti ancha jo‘shqin kechdi.

«Brayton»ning 21 yoshli yarim himoyachisi ancha vaqt davomida top-klublar nishonida bo‘ldi. Yanvarda «Arsenal» ekvadorlik o‘yinchi uchun 70 mln. funt taklif qilgandi. Yozda «Chelsi» asosiy xaridorga aylanib, «chag‘alaylar»ga bir necha marta taklif yubordi. Biroq natija bo‘lmadi. Vaholanki, «ko‘klar» Kaysedoning o‘zi bilan may oyidayoq kelishib olishgandi. O‘rtada Jordan Xenderson va Fabinyoni Saudiyaga berib yuborgan «Liverpul»da ham markazni to‘ldirish ehtiyoji yuzaga keldi. «Brayton» «qizillar»ning 133 mln. yevroli taklifiga rozilik bildirdi. Shu tariqa Kaysedo APL tarixidagi eng qimmat futbolchi bo‘lishi mumkin edi. Biroq futbolchi «Chelsi» bilan kelishib olganini aytib, taklifni rad etdi. Xullas, ekvadorlik futbolchi «Stemford Brij»ga yo‘l oldi. Transfer qiymati esa 116,2 mln. yevroni tashkil etdi. Xo‘sh, Moyzesning qaysi fazilati uchun hatto g‘ayritabiiy darajada qimmatlashib ketgan bozorni ham hayron qoldiradigan darajadagi mablag‘ taklif etishdi?

Farishta maqomidagi murabbiy

APL tarixidagi qimmatbaho futbolchilar safiga kirgan Moyzes kattaligi jihatidan Ekvadorning 4-shahri bo‘lmish Santo-Domingoda dunyoga keldi. U oiladagi 10-farzand (!), otasi kirakash, onasi esa kir yuvuvchi. Oila zeb-ziynatga ko‘milgan emas, lekin Kaysedo qashshoqlikda ulg‘aydi, deyishga ham asoslar yo‘q.

Moyzes futbol o‘ynashni akalari bilan chang to‘la ko‘chada boshladi, darvoza o‘rnini toshlar bilan belgilanardi. Kaysedolar ularni ustun bilan almashtirishdi. O‘yin shartlari o‘ta shafqatsiz, kattalar kichiklarga yengillik berishmasdi. «Qo‘pol o‘ynashni aynan ko‘cha futbolida o‘rgandim», - degandi Moyzes intervyularining birida. Keyin - baxtli tasodif. To‘pni g‘isht devorga tepib yurgan bolakayni mahalliy murabbiy Ivan Guerra ko‘rib qoldi: «Uning o‘ziga xos jihati ikkala oyog‘i bilan ajoyib zarba yo‘llashi edi». Aynan Guerra Moyzes uchun farishta-murabbiyga aylandi. U bolakay uchun butsa xarid qildi, avtobus chiptalariga pul to‘ladi, og‘ir damlarda oilasiga ham yordam berdi. Ba’zan murabbiy shogirdini barvaqt uyg‘otib, «Barselona» nomli jamoa bilan boshqa shahardagi safar uchrashuvlariga olib ketardi.

APL yulduzi qayerdan kelganligini unutmaydi. Ekvadorning JCH-2022dagi omadsiz ishtirokidan keyin qadrdon Santo-Domingoga borib, mehalliy musobaqada maydonga tushdi, hatto finalda gol ham urib, o‘z nomi bilan yuritilayotgan sobiq jamoasiga g‘alaba tuhfa etdi.

Faoliyatni barbod qilishi mumkin  bo‘lgan jarohat

Moyzesning parvozi o‘ta shiddatli bo‘ldi: 13 yoshida viloyat terma jamoasida, 15da esa o‘z hududining bosh jamoasi - «Indepentyente del Valle»da to‘p surdi. Uning pasayishi ham parvozidek shiddatli bo‘lishi mumkin edi - 2017 yilda tizzasidan jiddiy jarohat olib, bir necha marta jarrohlik muolajasini oldi va 10 oyni maydon tashqarisida o‘tkazdi. 16-17 yoshda olingan shikastlanish uning faoliyatiga nuqta qo‘yishi hech gap emasdi.

Shundan keyin omad yana Kaysedoga kulib boqdi. Ekvador mezoniga ko‘ra, «Indepentyente» mahalliy qurilish magnati Michel Dellerning sarmoyalari tufayli ilg‘or infratuzilmaga ega bo‘lgandi. Moyzes safga qaytgach, klub u uchun yakka tartibdagi mashg‘ulotlar va parhez rejimini ishlab chiqdi. «U maydonda to‘xtovsiz harakatlana olar va yakkakurashlarda doim g‘olib chiqardi. Biz uni «sakkizoyoq», deb atardik», - deydi klub akademiyasining direktori Migel Anxel Ramires. Mana shu samimiy e’tiroflar Kaysedoning noyob iqtidor sohibi ekanligiga dalil bo‘la oladi. Qo‘shimchasiga, Solano uni ko‘proq himoya markazi va xavbek pozisiyalariga tushirgan bo‘lsada, Kaysedo hujumning ilk bosqichida ham faol ishtirok etardi.

Kante «kumir» maqomida

2020 yil oxirida 19 yoshli futbolchi mamlakatning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi va Ekvador terma jamoasida ilk bor maydonga tushdi. 2021 yil yanvarida uni o‘z tarkibiga jalb etmoqchi bo‘lgan klublar o‘rtasidagi raqobatda «Brayton» g‘olib chiqqani hozir bir oz ajablanarli tuyuladi. Lekin «chag‘alaylar» skautingi o‘ziga yarasha nufuzga ega ekanligini ham unutmaslik lozim. Biroq shunday salohiyat sohibi birdaniga APL muhitiga moslasha olmadi. Dastlabki 7 oyni Moyzes yoshlar jamoasida o‘tkazib, asosiy jamoada bir marta maydonga tushdi. Keyin Belgiyaning «Beersxot» klubiga ijaraga yo‘l oldi. «Bizga kelgan paytida Moyzesning kayfiyati tushib ketgandi. Chunki u oxirgi oylarda maydonga tushmagan va ritmni yo‘qotgandi. Ammo mashg‘ulotlarda to‘pga teginganida, ajoyib o‘yinchi ekanligi sezilib turardi. Kaysedo aynan kerakli paytda to‘pni raqibidan tortib olar, to‘p bilan yurganida esa, deyarli yo‘qotmasdi», - degandi «Beersxot» murabbiyi.

2022 yil yanvarida «chag‘alaylar» Moyzesni qaytarib olishdi, Belgiyada yetilgan futbolchi asosiy tarkibdan joy oldi. Bir yildan so‘ng «Arsenal» 70 mln. funt taklif qilgan bo‘lsa, endi Moyzes APL tarixidagi eng qimmatbaho futbolchilardan biriga aylandi. Hozir Kaysedoni Ngolo Kantening vorisi deyishmoqda. O‘z vaqtida Kaysedo Saudiyaga yo‘l olgan fransiyalik kasbdoshini o‘z «kumiri» sifatida e’tirof etgandi. «U maydonning barcha nuqtalarida harakat qiladi. Bu menga juda yoqadi. Shuningdek, Ngolo o‘ta xotirjamlik bilan to‘p suradi va bor e’tiborini o‘yinga qaratadi», - degandi Moyzes 16 yoshli chog‘ida.

Qahramonimiz endi «Chelsi»ning markaziy chizig‘ida Enso Fernandes bilan yonma-yon to‘p suradi. Ya’ni, transfer qiymati bo‘yicha «Chelsi» rekordchisiga sherik bo‘ldi. Darvoqe, bu ikki noyob iqtidor sohibi bir necha yil muqaddam yoshlar o‘rtasidagi Libertadores Kubogi turnirining finalida o‘zaro kuch sinashgan, unda Kaysedoning «Indepentyente»si sensasion tarzda nomdor «River Pleyt»ni mahv etgandi. Endi sobiq raqiblar juftligidan APLda sermahsul va sermazmun o‘yin kutishmoqda.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:12, 11.09.2023. O'qildi: 2068 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.