Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • 1:6
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • -:-
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • -:-
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • -:-
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 15 8 10 33
2 Italiya 9 4 12 25
3 AQSh 7 11 6 24
4 Fransiya 6 7 4 17
5 Shvesiya 6 6 3 15
6 Niderlandiya 6 6 1 13
7 Germaniya 5 8 8 21
8 Avstriya 5 8 4 17
9 Yaponiya 5 6 11 22
10 Shveysariya 5 4 3 12
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 46
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 19
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Top-klubda noprofessionallik hatto Pogbani ham kechirmaydi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Quyida fransiyalik futbolchining Turin klubiga omadsiz qaytgani haqida gapiramiz.

Pogbaning «Yuventus»da kelajagi bormi?

2022 yilning iyul oyida Pol Pogba «Manchester Yunayted»dagi faoliyatining unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan qismidan so‘ng «Yuventus»ga qaytdi. Fransiyalik futbolchi Angliyada qiyin davrlarni boshdan kechirdi, ayniqsa shartnomasining oxirgi qismlarini o‘tkazish uning uchun og‘ir edi. Futbolchining Italiyaga qaytishi, ehtimol, bir vaqtlar yerda faoliyatining eng yaxshi yillarini o‘tkazganligi uchun ham ikkala tomonga katta muvaffaqiyat bo‘lib tuyuldi.

Pogba uchun o‘zini qadrlaydigan klubga qaytish imkoniyati berildi. «Yuventus» jamoaga maydon markazida yetishmayotgan ijodkor futbolchini tekinga oldi. 2016 yilda «byankonerilar» yarim himoyachini «Manchester Yunayted»ga 105 million yevroga sotib yuborganini hisobga olsak, bu juda foydali bo‘ldi. Bu turin klubi tarixidagi rekord savdo bo‘lib turibdi. Biroq «Yuventus» yarim himoyachi bilan yiliga 8 million yevrolik katta shartnoma imzolashi kerak edi, unga ko‘ra u jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi.

O‘yin nuqtayi nazaridan, Pogba aynan «byankonerilar»ga kerak bo‘lgan muhim futbolchi edi va shunday bo‘lib qoladi. Biroq futbolchining formasi xavotir uyg‘otdi. «Manchester Yunayted»da so‘nggi 3 yil davomida u jarohat tufayli 8 marta safdan chiqdi. Premyer-liganing bir mavsumida 30 yoshli yarim himoyachi 30 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi. Biroq shunga qaramay «mankunianliklar» uchun asosiy o‘yinchi bo‘lib qoldi. Uning bu maqomni «Yuventus»da olishiga shubha yo‘q edi. Turinliklar haqiqatan ham sobiq futbolchisining qaytishini kutishgan.

«Byankonerilar»ga qaytganidan ko‘p o‘tmay, Pogba mavsum oldidan jarohat oldi. Shifokorlar futbolchiga mavsumning ko‘p qismini maydonda o‘tkazishi operasiya kerakligini tavsiya qilishdi. Fransuz buni rad etdi. U konservativ usullar bilan davolanishga qaror qildi. Sentyabr oyida yarim himoyachi mashg‘ulotlarni boshladi, ammo muammolar tezda qaytdi. Shunda futbolchiga jarrohlikdan qochib bo‘lmasligi aniq bo‘ldi. Pol jahon chempionatigacha tuzalib ketishiga umid qilgandi, ammo oktyabr oyi oxirida navbatdagi jarohatdan so‘ng Qatarga bormasligi ma’lum bo‘ldi.

Pogba «Yuventus» uchun birinchi o‘yinini 2023 yil fevral oyining so‘nggi kunida o‘tkazdi. Fransuz «Torino»ga qarshi derbida 22 daqiqa harakat qildi. Mavsum oxirida u yana jarohat oldi. Umuman olganda, yarim himoyachi A Seriyada 6 ta va Yevropa ligasining so‘nggi mavsumida 3 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchidan kutilgan natija emas edi. 

Mavsum oralig‘ida klub yana Polga umid bog‘ladi. Pogba yangi mavsumning birinchi o‘yinini o‘tkazib yubordi, ammo «Bolonya» va «Empoli»ga qarshi o‘ynadi. Ayni damda uning so‘nggi o‘yini shuni ko‘rsatdiki, bunday futbolchi «Yuventus» uchun juda muhim. Fransiyalik futbolchi maydon markazini boshqardi, to‘p bilan yaxshi muomala qildi, hujumlarni tezlashtirdi va maydonda o‘ziga ishongan holda ko‘rindi. «Empoli»ga qarshi o‘yinda yarim himoyachi yana jarohat oldi, ammo, aftidan, bu jiddiy emas edi.

Pogba xalqaro tanaffus vaqtida faoliyati rivojiga yana bir zarba qabul qilib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, fransuz testosteron uchun doping-testdan ijobiy belgi bilan o‘tgan. Vaziyat juda jiddiy. Yarim himoyachi 4 yilga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlar davom etmoqda, ammo futbolchi haqiqatan ham uzoq muddatga maydonga tusha olmasligi mumkin, chunki sodir bo‘lgan hamma narsa uning aybidir.

Pogba «Yuventus» shifokorlariga ruxsat etilmagan moddalarni qabul qilganini aytdi. Agar qo‘shimcha tahlillar Polning doping iste’mol qilganini tasdiqlasa, hammasi yomonlashadi. Bu holatda fransuz haqiqatan ham uzoq muddat diskvalifikasiya qilinishi mumkin. «Byankonerilar» futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu voqealar munosabati bilan Pogbaning «Yuventus»dagi kelajagi haqidagi savol tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Turin klubining yangi rahbariyati fransuzni jamoada ko‘rishni chindan ham istamayapti, deyishga asos bor. Yozda futbolchining sotilishi mumkinligi haqida faol mish-mishlar tarqaldi, biroq u boshqa variantlarni ko‘rib chiqishdan bosh tortdi. Transfer oynasi yopilgach, «byankonerilar» futbolchini Saudiya Arabistoniga sotishga harakat qilishdi, biroq u yana transferga qarshi chiqdi. Yil davomida Pogba «Yuventus»ga foydadan ko‘ra ko‘proq muammolarni keltirdi. Birinchidan, fransiyalik futbolchining jarohatlarga moyilligi saqlanib qolmoqda. Ikkinchidan, u o‘z formasiga noprofessional yondashganlikda gumon qilinmoqda. Futbolchi klub shifokorlarining tavsiyalarini rad etadi va ularni xabardor qilmaydi, potensial xavfli moddalarni iste’mol qiladi. Qolaversa, qishda yarim himoyachi jarohatdan tuzalib ketish arafasida, tog‘-chang‘i kurortiga yo‘l oldi, u yerda yana jarohat olishi mumkin edi, xuddi Manuel Noyer oyog‘ini sindirib olgani kabi.

Muammo shundaki, Pol deyarli maydonga tushmaydi. «Yuventus» rahbariyatining fransuzni sotish istagini tushunish mumkin. Futbolchi jamoadagi hammadan ko‘p maosh oladi, lekin deyarli o‘ynamaydi. Bunday sharoitda uning maoshi klub uchun og‘ir yuk bo‘lib qoladi. Turinliklarning moliyaviy ahvoli allaqachon idealdan yiroq. Qolaversa, «byankonerilar» hali yevrokuboklarda ishtirok etmaydi, shuning uchun ham pul mukofoti ololmaydi.

Agar Pogba uzoq muddatga diskvalifikasiya qilinmasa ham, uning kelajagi haqida salbiy xabarlar chiqishda davom etaveradi. Aksincha, qishda u «Yuventus»ni tark etishga asosiy nomzod bo‘ladi. Fransuz qanchalik saviyali bo‘lmasin, top-klubda intizom va professionallik birinchi o‘rinda ekanini unutmasligi kerak. Yangi rahbarlar buni tushunishadi va hamma narsani to‘g‘ri qilishga harakat qilishadi. Yarim himoyachining «byankoneri»lar bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan, biroq tomonlar ertaroq xayrlashadi degan fikrlar yo‘q emas.

Kiritildi: 12:32, 17.09.2023. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.