Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • 1:6
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • -:-
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • -:-
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • -:-
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 15 8 10 33
2 Italiya 9 4 12 25
3 AQSh 7 11 6 24
4 Fransiya 6 7 4 17
5 Shvesiya 6 6 3 15
6 Niderlandiya 6 6 1 13
7 Germaniya 5 8 8 21
8 Avstriya 5 8 4 17
9 Yaponiya 5 6 11 22
10 Shveysariya 5 4 3 12
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 46
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 19
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"MYU" tarixidagi eng omadsiz xaridlar: ularning umumiy narxi 500 million yevroga teng

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Manchester Yunayted" Ser Aleks Fergyusondan keyin ko‘plab xaridlar qildi. Klub 1.13 milliard funtni 10 yil ichida yangi futbolchilar uchun sarflagan bo‘lsa, shu qiymatning deyarli yarmi, ya’ni 500 million yevrosi eng omadsiz transferlar uchun ketgan. Quyida ularning kimligini bilib olasiz.

10. Radamel Falkao

Kolumbiyalik hujumchi 2014 yilda katta umidlar bilan "Monako"dan olib kelinadi. Garchand ijaraga olingan bo‘lsa ham, Falkao "MYU" uchun naq 6 million funtga tushgandi. U bir mavsum davomida 29 ta bahsda qatnashib, 4 tagina gol urishga muvaffaq bo‘ladi.

9. Morgan Shnederlen

Fransuz yarim himoyachisi bir paytlar APL yulduzi edi. U "Sautgempton"da fantastik darajaga chiqadi. Shu sabab Shnederlenni 2015 yilda "MYU" sotib oladi. Futbolchi uchun 24 million funt sarflanadi. Afsuski, Lui van Gal jamoasida Shnederlen muqim o‘rnasha olmadi. U 2 yarim yil davomida 47 tagina bahsda qantashib, "Everton"ga ketishga majbur bo‘lgan.

8. Memfis Depay

Memfis "Old Trafford"ga katta umidlar bilan olib kelinadi. U "PSV"da porlagandi. Niderlandiyalik hujumchi 2015 yilda 25 million funtga sotib olingan edi. Vinger "MYU" uchun 53 tagina o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. Depay 2 mavsumdan keyin, "Lion"ga ketadi. U yerdan esa "Barselona"ga yo‘l olgan.

7. Aleksis Sanches

Sanches 2018 yilda olib kelinadi. Uning kelishi uchun Genrix Mxitaryan qurbon qilingandi. 2018 yilning yanvarida "Arsenal" va "MYU" o‘zaro futbolchi almashadi. Afsuski, chililik hujumchi Londondagi darajasiga chiqa olmaydi. Sanches 45 ta bahsda 5 tagina gol urgan. Uning maoshi esa haftasiga 505 ming funt edi. Bir yarim yildan keyin Sanchesni "Inter"ga ijaraga berishadi. Keyinchalik esa u butunlay jamoadan ketadi.

6. Donni van de Bek

Yarim himoyachi "Ayaks"da ko‘rsatgan o‘yinlari uchun sotib olinadi. 2020 yilda "MYU" van de Bek evaziga 35 million funt to‘laydi. Ammo u o‘zidan kutilgan natijalarga erisha olmadi. 3 mavsum ichida 26 yoshli yarim himoyachi 60 tagina bahsda ishtirok etdi xolos. Uning faoliyatiga jarohatlar to‘siq bo‘ldi.

5. Antoni Marsyal

Marsyalni ham katta umidlar bilan xarid qilishgan edi. Ammo hujumchi o‘z darajasini ushlab qola olmadi. Fransuz futbolchisi 2015 yilda 45 million funt evaziga sotib olingan. Marsyal jarohatga moyil bo‘lib chiqdi. 8 yil davomida u "MYU" bilan 301 ta o‘yinda ishtirok etib, 88 ta golga mualliflik qilgan.

4. Anxel Di Mariya

Argentinalik superyulduz 2014 yilda "Real"dan sotib olinadi. O‘sha paytlar u dunyodagi eng yaxshi vingerlardan biri edi. Shunga qaramay, u o‘ziga ketkazilgan 60 million funtni oqlay olmadi. Di Mariya bir mavsum ichida 32 ta bahsda maydonga tushib  4 ta gol urgan. Keyin esa, "PSJ"ga ravona bo‘lgandi.

3. Romeu Lukaku

Lukaku 2017 yilda "Everton"dan rekord summaga xarid qilinadi. 75 million funtlik futbolchidan umidlar katta edi. Belgiyalik hujumchi Mersisaydda zo‘r edi. Ammo "MYU" bilan buni takrorlay olmadi. Afsuski, Lukaku zaxira o‘yinchisiga aylangandi. U umumiy, 96 ta uchrashuvda 42 ta gol urgan.

2. Xarri Maguayr

Angliya terma jamoasi a’zosi "Manchester Yunayted"ga loyiq emasligini ko‘rsatib bo‘lgan. U uchun 2019 yilda 85 million funt sarflanadi. Maguayr to‘rt yildan beri muhim pallalarda yirik xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bu davr ichida himoyachi liga kubogini qo‘lga kirita oldi xolos. 2020 yilda u jamoa sardori qilib tayinlangandi. Ammo bu maqom yaqindagina Maguayrdan olib qo‘yildi. Erik ten Xag Maguayrni zaxiraga mixlab qo‘ydi. Uning o‘rnini esa Varan va Martines egalladi.

1. Pol Pogba

"MYU"ning rekord darajadagi xaridi o‘z tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2012 yilda "Yuventus"ga ketgach, Pogba katta nomga aylanadi. Uni 2016 yilda 89 million funt evaziga qaytarib olishadi. Keyingi voqealar esa hammaga ma’lum. Pogba 2022 yilda ikkinchi bor "qizil iblislar" safidan erkin agent sifatida ketdi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:08, 18.09.2023. O'qildi: 2122 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.