Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi uchun alohida ertak olami

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Hobbilar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kubalik taniqli me’mor Lionel Messi uchun Mayamida quriladigan koshona konseptini havola etdi.

Shunchaki, ertaknamo loyiha yoxud alohida multiolam. Har holda, Xorxe Luis Veliz Kuinta argentinalik yulduzning Floridadagi bo‘lajak uyi (yoxud kelajak uyi)ni mutlaqo boshqacha tasavvur qilyapti. Kubalik arxitektor futuristik dizaynlari bilan mashhur, ammo u endi o‘zidan ham o‘zib ketgandek...

*** 

Ha, arxitektorlar jamoasi Lionel Messining «Inter Mayami» safidagi o‘yinlaridan shu qadar ilhomlanishganidanmi, uning uchun superzamonaviy saroy loyihasini tayyorlashdi. Uli Architects va Veliz Arquitecto kompaniyalari tomonidan tayyorlangan loyihaga muvofiq, alohida ertak olami Leoning shaxsiy orolida qad ko‘taradi. 3 qavatli qasr­ning asosiy belgisi - «M» harfi. Buning ma’nosi tushunarli. Xullas, «M» shaklidagi saroyda hammasi mujassamlashtiriladi: qimmatbaho avtomobillar uchun katta garaj, vertolyotlar qo‘nish maydoni, oilaviy o‘yin-kulgu burchagi (basseynlar, suv slaydlari, kinoteatr, futbol maydoni, o‘yin xonalari, mehmonxona va hokazo...). Uy ichi shunchaki, afsona: katta panoramali derazalardan dengiz manzarasi boricha ko‘rinib turadi.

*** 

Leo MLS maydonlarini «yondirayotgan» bo‘lsa, uning hamxonasi Antonella Rokusso xonim ijtimoiy tarmoqlarni «portlatyapti». Eng qizig‘i, u «Inter Mayami» o‘yinidan so‘ng farzandlari bilan maydonga tushib, turmush o‘rtog‘ini quchoqlamoqchi bo‘ldi, ammo uni adashtirib yubordi. Ajabo. Xullas, Antonella ishonch bilan Jordi Albaga yaqinlashdi, uni hattoki, o‘pib qo‘yishga chog‘landi, shu lahzada yuziga qarab, adashganini tushundi va noqulay ahvolga tushib, futbolchidan uzoqlashdi. Yaxshiki, Alba ham boshqa tomonga o‘girib ketdi. Messining aqlli farzandlari esa otasining do‘sti yoniga yugurish asnosida vaziyatni ancha yumshatishdi.

*** 

Darvoqe, Messi «Mayami»ning MLS doirasida «Neshvill»ga qarshi kechgan o‘yini (0:0)da ilk marta maydonni golsiz tark etdi. Ammo bu o‘yin ommaga argentinalik yulduzning shaxsiy tansoqchisi Yassin Cheuko ishtirokidagi yangi virusli videolahva taqdim etdi. U Leoni har nuqtada kuzatib boradi, hattoki, o‘yinlar vaqti maydon chetida futbolchiga hamohang holda yuguradi. Xullas, bu safar ko‘pchilik kutgan ish amalga oshdi - tansoqchi Messiga to‘p uzatdi! Ha, chetdan (Leo burchak nuqtasiga yaqinlashganida). Asosiysi, Cheuko yaxshigina texnikasi borligini ko‘rsatib qo‘ydi. Messi uchun ideal sherik. Yassin Cheuko - «Inter Mayami» tomonidan Lionel Messi xavfsizligini ta’minlash uchun yollangan tansoqchi. U vaqtida AQSH armiyasi dengiz qo‘shinida xizmat qilgan, Iroq va Afg‘oniston urushlarida qatnashgan. Jang san’ati ustasi, boks va taekvondo bilan shug‘ullagan, hatto MMA janglarida qatnashgan. Aytgancha, ijtimoiy tarmoqlarda Yassinning obunachilari soni allaqachon 116 mingdan oshdi.

*** 

Lionel Messining «Inter Mayami» safiga qo‘shilgani butun AQSH uchun katta voqelik bo‘lganiga shubha yo‘q. Endilikda MLS o‘yinlarida jahon miqyosidagi megayulduzlarning katta guruhi ko‘rinish bermoqda, chempionatga butun dunyoda qiziqish ancha ortdi. Argentinalik yulduz transferida katta rol bajargan Apple kompaniyasi ham yutuqda. E’tiborli tomoni, liganing bosh tashviqotchisi yillik abonementlar daromadidan Leoga foiz to‘lashni o‘z zimmasiga olgan. Mana, qisqa vaqtda ma’lum bo‘ldiki, ushbu kelishuvdan hamma yutmoqda. Messining Amerikadagi debyut kuni (Ligalar kubogida «Krus Asul»ga qarshi o‘yin) Apple TV obunachilari soni 100 ming kishiga ko‘paydi, ikkinchi uchrashuv kuni esa yana 70 ming foydalanuvchi ushbu kompaniya paketini rasmiylashtirdi. Xullas, iyul Apple TV uchun joriy yildagi eng samarali oy bo‘ldi obunachilar soni nuqtai nazaridan. «Obunachilar masalasida natija kutganimizdan ham ziyoda. Fakt shuki, Messining «Inter Mayami»ga o‘tgani bu borada bizga jiddiy turtki berdi», — dedi Apple bosh direktori Tim Kuk avgust oyida kompaniyaning daromad va zarari yuzasidan bergan bayonotida.

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 25.09.2023. O'qildi: 4866 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик