Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dani Karvaxal: «Faoliyatimda «Bayer» muhim o‘ringa ega...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» tarixidagi eng kuchli o‘ng qanot himoyachilaridan biri - bu Dani Karvaxal, shubhasiz.

«Qirollik klubi»ning sodiq futbolchisi va sardorlaridan biri yaqinda Movistar+ kanali mehmoni bo‘ldi va suhbat jarayonida intellekti ham chakki emasligini ko‘rsatdi.

O‘zi haqida

- Har doim shunday jiddiy ko‘rinishga intilaman. Agar omma yoki yosh bolalar oldida gapirishimga to‘g‘ri kelsa, avvalo, bir gapni takrorlayman: «Hayotda har narsa bo‘lishi mumkin, lekin hammasi o‘z qo‘lingizda». Mashg‘ulotlarda xuddi hayotdagi kabi maksimal kuch bilan harakatlanish kerak. Ha, faoliyatimda jarohatlar tufayli pasayishlarni ham boshdan kechirdim, muhimi, ko‘plab qiyinchiliklar va sinovlarni yengib o‘tdim. Albatta, bundan faxrlanaman. Ko‘pincha kuboklar yoki sovrinlarni emas, balki aynan ortda qolgan murakkab yo‘lni eslayman.

Ispaniyada futbol  rivoji haqida

- Jamoada 11 yil oldin o‘ynay boshlagandim, shundan buyon ko‘p narsa o‘zgardi. Esimda, VVS uchligi safda bo‘lgan davr saviya bo‘yicha o‘rtamiyona yoki past­roq jamoa mehmonga kelganida, kamida 4ta gol urishimizni oldindan bilardik. Ya’ni erkin o‘ynardik, vaholanki, taktik jihatdan uncha jiddiy tayyorgarlik ko‘rmasdik. Chunonchi, aksariyat raqiblar bizga qanday qarshi turishni bilishmasdi. Hozir esa hammasi murakkab - biroz bo‘shashsangiz, istalgan raqib «syur­priz» ulashishi mumkin. Umuman, jamoalarda jismoniy jihatdan sezilarli o‘sish bor, chempionat ishtirokchilari saviya bo‘yicha ham nisbatan tenglashdi.

«Real» va «Bayer»  kanteralari haqida

- «Real» tizimiga 10 yoshda kelgandim, faqat «Xuvenil C» va «Real C» klublarida o‘ynamadim. Umuman, faoliyatimda «Bayer» taklifi juda muhim o‘rin tutadi. Aslida variantlar oz emasdi. Deylik, oila davrasida «Kastilya»da qolib, Segundada o‘ynash yoki xorijda o‘z salohiyatimni sinab ko‘rish masalalarini ko‘rib chiqqanmiz. Binobarin, «Real»ning asosiy jamoasiga birdaniga qo‘shilishim qiyinligini tushunardim. Shu vaqtda «Bayer» chorlovi ayni muddao bo‘ldi. Asosiysi, Germaniyada menga darhol ishonch bildirishdi, o‘zim ham nemis futboliga tezda moslashdim. Klubda o‘yin sxemasi ham «Real»da yo‘lga qo‘yilgan «romb»ga o‘xshardi. Xullas, Bundesligada o‘z kuchimga nisbatan ishonchim ortdi va «Madrid»ga qaytishni xohlayotganimni aniq angladim.

«Real» haqida

- Ochig‘i, otam «Real» meni ortga qaytarganidan mamnun bo‘lmadi, u «Bayer»da qolishim tarafdori edi, chunki «Santyago Bernabeu»da qanchalik amaliyot olishimni bilmasdi. Bu borada uni tushundim, lekin qaytishdan yuz o‘girolmasdim, baribir. Bir tomondan, omadim chopdi, chunki o‘sha vaqt lateral pozisiyasida birgina Arbeloa qolgandi. Ko‘p o‘tmay, murabbiy o‘zgardi va hammasi tez rivojlandi. Ha, bitta klub futbolchisi bo‘lishim ham mumkin edi, har holda, «Real» qayta chaqirmasa, Germaniyada faoliya­tim qanday davom etishi haqida ko‘p o‘ylardim. Umuman, Bundesliga maktabi shakllanish jarayonida menga mislsiz katta yordam berdi. 

Yuqori bosim haqida

- «Real» tizimida ketma-ket 2ta o‘yinda yengilish holati kam uchraydi, lekin hamisha bosim seziladi, baribir. Chunki bu yerda g‘alaba qozonish shart, aks holda... Baxtimga, Madriddagi faoliyatim davomida uzoq vaqtga cho‘zilgan muvaffaqiyatsizliklarga yuz tutmadik. Tabiiyki, futbolda xatolardan ham, kuchli futbolchilardan ham birdek o‘rganish kerak.

CHLdagi besh g‘alaba haqida

- Aqldan ozish mumkin. Bunaqasini takrorlash ilojsizdek tuyuladi. Har doim vaqt o‘tishi bilan yutuqlarimizni ko‘proq qadrlashim kerakligini ta’kidlayman. «Real» tarixidagi eng yaxshi davrlardan birining ajralmas qismiga aylanganimdan faxrlanaman. Ketganimdan keyin meni jamoa tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri sifatida eslashlarini istardim. Albatta, nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Kelajak haqida

- Amalda ko‘p yillik shartnomam bor, faoliyatimni shu yerda yakunlashdan umidvorman. «Madrid»da o‘ynash - futbolchi uchun katta yutuq. Jamoadan ketish men uchun hayotim davomidagi eng qiyin lahzalar bo‘lishi tayin. «Real» shunchaki, klub emas, uning miqyosini to‘liq tafakkur qilish dushvor. Stadionga kelganingiz yoki mehmonxonaga kirganingizda ming-minglab odamlar sizni kutib olishadi - bu juda ta’sirli...

Saudiya Arabistoni futboli va katta pul haqida

- Aniq fikr bildirishim qiyin. Odatda futbolchilar faoliyatlari oxirida Yaqin Sharqqa yuzlanishardi. Endi esa juda ko‘p pul to‘lashayotgani ortidan yosh, istiqbolli yigitlar ham u yerga talpinishmoqda... Chunki maosh o‘rtasidagi farq juda katta. Gabri Veygani tushunaman, bunday taklifdan yuz o‘girish oson emas. Shaxsan o‘zim «Bayer» bilan 5 yillik shartnoma tuzganimda, avvalo, ota-onamga uy olib bergandim. Kambag‘al oilada, ishchilar hududida ulg‘ayganman,  shuning uchun Gabrini yaxshi tushunaman. Qolaversa, yana bir nozik tomoni shuki, qandaydir jarohat yoki muvaffaqiyatsiz mavsum butun faoliyatingizni izdan chiqarib yuborishi hech gap emas. Shunday ekan, futbolchi kelajak uchun sarmoya to‘plashga intilishi tabiiy hol.

Jarohatlar haqida

- Menimcha, barchasi tanangiz va ongingizga bog‘liq. Har holda, jarohat bitta sabab ortidan kelmaydi. Har gal CHL yarim finali yoki finali yaqinlashgan payt tez-tez jarohatga yo‘liqardim. 2tadan final va yarim final o‘yinida safdan chiqqanimning asosiy omili - bu ruhiy holat. 2021 yili atigi 12ta o‘yinda maydonga tushdim, jarohat ustiga jarohat... Bundan qochish yo‘lini esa rosa qidirganman. Jarohatlar sportchi uchun chinakam dahshat va har kim bu muammodan chiqish yo‘lini mustaqil topishga harakat qilishi kerak. Chunki holatlar turlicha bo‘ladi, muhimi, chiqish yo‘llari ham ko‘p, albatta.

Futbol kumirlari haqida

- Esimni tanibmanki, Michel Salgado o‘yinidan hayratlanardim. Men uchun haqiqiy namuna! Shuningdek, Serxio Ramosga ham qoyil qolaman. Kiyinish xonasida bunday yulduzlar bilan bo‘lish - aqlga sig‘mas tarix.

«Real»da birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchilar haqida

- Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos va Luka Modrich... Ular gapirishganda, siz eshitishingiz va eslab qolishingiz kerak. Bu yulduzlar ertalab soat 6:00da mashg‘ulotga kirishardi - ishonish qiyin. Qarang, Luka kamtarin mamlakati milliy jamoasini JCH finaliga olib chiqdi. 

Bellingem haqida

- Bu yigitni maqtash shart emas, marrani katta olgani shundoq sezilib turibdi. Judni ilk marta qarshimda ko‘rganimdayoq ko‘p qirrali yigit ekanligini tushundim - vaziyatlardan qanday foydalanishni biladi, ikki oyog‘i bilan birdek o‘ynaydi, maydonning har nuqtasida xavfli, yana juda aqlli.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 28.09.2023. O'qildi: 1874 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик