Bugun 2 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • 1:2
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Parma
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • 3:1
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 0:1
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • -:-
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 02.05.2026 19:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Mash’al
      • 02.05.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • -:-
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Paxtakor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

02/05/26 Dinamo - Mash’al
02/05/26 Buxoro - So‘g‘diyona
03/05/26 OKMK - Neftchi
03/05/26 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05/26 Surxon - Paxtakor
04/05/26 Xorazm - Andijon
04/05/26 Lokomotiv - Qizilqum
04/05/26 Nasaf - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL: 22 yoshda qatorasiga 87 o‘yin!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bukayo Saka 6 sentyabr kuni «Bornmut»ga qarshi kechgan safar o‘yinida «Arsenal»ga yordam berolmaydigandek edi jarohat tufayli.

Amalda 22 yoshli vinger APLning qatorasiga 87ta o‘yinida qatnashdi. U bu borada «kanonirlar» tarixidagi rekordchi hisoblanadi. Saka chempionatdagi o‘yinlar seriyasi bo‘­yicha «Arsenal» afsonasi Pol Merson (ketma-ket 82ta uchrashuv) natijasini ancha oldin yaxshilagandi.

Bukayo Saka barqarorligida asosiy omil - bu jarohatlarning minimal soni. 22 yoshli iqtidor oxirgi jarohatga yo‘liqishiga qadar butun faoliyati davomida atigi 28 kun safdan chetda qolgandi, xolos. Umuman, Sakaning seriyasi 2021 yilning may oyida boshlangan. Yosh futbolchi «Vest Bromvich»ga qarshi o‘sha bahsda chap qanot himoyachisi rolini bajargan va Emil Smit Rou goliga assistentlik qilgandi. O‘shanda «Arsenal» uchun gol urishgan Nikolya Pepe va Villian esa hozir jamoada emaslar. Bukayo 2021 yilning iyun oyida kichik jarohatga yo‘liqqan, lekin atigi 5 kunga safdan chiqqan va faqat Angliya termasi o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. Umuman, Saka oxirgi 2 yildan ko‘proq vaqt davomida bor-yo‘g‘i 28 kun «lazaret»da bo‘lgan va jarohatlar ortidan «Arsenal»ning 2tagina o‘yinida qatnashmagandi. «Kanonirlar» bu orada uning ishtirokisiz YELda «Molde»ni 3:0 hisobida yengishdi va APLda «MYU» bilan bahsda murosa ko‘chasini tanlashdi - 0:0.

Aslida Bukayo avgust oyi oxirida qatorasiga 83ta o‘yinda maydonga tushish asnosida «Arsenal» rekordchisiga aylangan edi. Pol Merson esa 82ta o‘yinga teng seriya sohibidir. Bu borada 3-yuqori natija ketma-ket 78ta uchrashuvda maydonga tushgan Gael Klishiga tegishli. Darvoqe, Merson mart oyida Sky Sports nashridagi o‘z ruknida Sakaga alohida to‘xtaldi. «Bukayo katta o‘yinlar natijasini hal qilishga qodir. Yo‘q, u jadvalning quyi qismidagi jamoaga qarshi bahsda «xet-trik» qayd etadigan yoki 7:0 hisobida tugaydigan uchrashuvda 7-golni uradigan futbolchi emas. Saka ko‘pincha «Arsenal»da hisobni ochadi yoki muvozanatni tiklaydi. Shuningdek, g‘alaba goli yoki hal qiluvchi samarali uzatmaga mualliflik qiladi. To‘g‘risi, Sakaga o‘xshash futbolchilar sanoqli. Muhimi, u maydonda o‘ta xotirjam. Vaholanki, endigina 22 yoshni qarshiladi. Demak, Bukayodan hali ko‘p narsa kutishimiz mumkin. Menimcha, 26-28 yoshga to‘lishiga qadar o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmasa kerak. Quvontiradigan tomoni, Saka futbolni shunchaki, yaxshi ko‘radi. Ya’ni faqat o‘ynashni xohlaydi va barchasini yuzida tabassum bilan bajaradi. Qisqasi, yigitcha o‘zi ko‘zlagan marralarga yetishish uchun hamma narsaga ega...», - deb yozdi «Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi.

«Arsenal»ning hozirgi tarkibiga qarasak, eng ko‘p o‘yin aynan Sakaga tegishli. U hattoki 7 yildan buyon «Arsenal»da to‘p surayotgan Muhammad al Nenidan ham oldinda. Qolaversa, o‘rtada katta farq ham bor - Sakada 185da o‘yin, misrlik hujumchisi 156ta. Aytish o‘rinli, al Neni «kanonirlar» libosini kiygan vaqt amaldagi bosh murabbiy Mikel Arteta ham hali butsalarini mixga ilgan emasdi. «Shunchaki, «Arsenal» libosida o‘ynashni xohlardim, - deydi Sakaning o‘zi. - Xayo­-limda faqat shu fikr bor edi. Imkoniyat tug‘ilishi bilan jamoada qolish uchun borimni bera boshladim. Atrofingdagi odamlarning senga ishonishlari juda muhim, ayniqsa, yosh bo‘lsang. O‘yinning ba’zida yaxshi chiqadi, goho aslo qovushmaydi. Shunday holatlarda murabbiylarning seni tarkibga qayta-qayta kiritishlari mislsiz ishonch bag‘ishlaydi. Baxtimga, aynan shunday ishonchni ta’minlayotgan menejer qo‘l ostida shug‘ullanyapman va buni o‘yinlarim sonidan ham ko‘rish mumkin».

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning aytishicha, hozirgi daraja Saka uchun eng yuqori nuqta emas: «Bukayo shunday barqarorlik namoyish etyaptiki, bunaqasi uning yoshida kamdan-kam kuzatiladi. Chindan ham, noyob barqarorlik. Sakada o‘yiniga qo‘shadigan jihatlar bormi? Javob oddiy: u hali har tomonlama mukammallikka erishishi mumkin. Binobarin, har doim o‘zidan ko‘prog‘ini talab qiladi». Demak, Bukayo o‘yini va o‘sishini kuzatishda davom etamiz. 

HOZIRGI «ARSENAL» GVARDIYACHILARI 

Bukayo Saka - 185da o‘yin

Muhammad al Neni - 156ta o‘yin

Edvard Nketia - 138ta o‘yin

Gabriel Martinelli - 135ta o‘yin

Gabriel Magalyas - 124ta o‘yin

I.PARPIYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:18, 13.10.2023. O'qildi: 2228 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик