Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronalduning motivasiyasi hali o‘lmagan

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«An-Nasr»ning 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z terma jamoasiga 2024 yilgi Yevropa chempionatiga chiqishga yordam berdi va 2023 yilda eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Ajoyib statistika

Portugaliya terma jamoasi Ronaldu boshchiligida Evro-2024 saralash bosqichini ajoyib o‘tkazdi. 16 va 19 noyabr kunlari jamoa mos ravishda Lixtenshteyn va Islandiyaga qarshi bahs olib boradi. So‘nggi turlardan oldingi o‘yinlarga qarasak, Portugaliya Slovakiyani 3:2, Bosniya va Gersegovinani esa 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

13 oktyabr kuni portugallar Slovakiya bilan bahs olib bordi va yomg‘irli havoda muammosiz g‘alaba qozondi. Ammo Krishtianu omili muhim: 38 yoshli forvard yana o‘z iste’dodini ko‘rsatdi va xeyterlarga uni hisobdan chiqarishga hali erta ekanligini isbotladi. Sardor butun 90 daqiqani maydonda o‘tkazdi va dubl qayd etdi.

Shu bilan birga Krishtianu butun o‘yin davomida ikkita aniq zarba amalga oshirdi va ikkalasi ham golga aylandi (100%), uch marta driblingga harakat qildi va faqat bittasi muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda Ronaldu 31 tadan 26 marta (84%) aniq uzatmani amalga oshirdi va raqibini ikki marta qo‘pollik qilishga majbur qildi.

16 oktyabr kuni Portugaliya Bosniya va Gersegovinaga yo‘l oldi va u yerda raqibini 5:0 hisobida taslim etib, hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. O‘yinda yana Ronaldu dubl qildi. Ushbu bahsda 38 yoshli futbolchi 8,4 ball oldi. 

O‘yin birinchi bo‘limdayoq hal etilgani uchun Krishtianu 66-daqiqada maydonni tark etdi. Bir soatdan ko‘proq vaqt ichida Krishtianu ikkita gol urdi, 23 tadan 22 ta aniq uzatma berdi va raqiblarini uch marta qo‘pollik qilishga majbur qildi.

1000 ta gol urish uchun motivasiya

Ronaldu 38 yoshda, qo‘lidan kelgan barcha g‘alabalarni qo‘lga kiritgan futbolchida motivasiya yo‘qdek tuyuladi. Biroq Krishtianu faoliyatidagi 1000-golli marraga erishishni maqsad qilgan va 2026 yilgi so‘nggi jahon chempionatida ishtirok etishni ham maqsad qilgan. Bu vaqtda Ronaldu 42 yoshga to‘ladi, lekin uning ambisiyalarini hatto yoshi ham to‘xtata olmaydi. Axir, Krishtianuning o‘zi oyoqlari ketish vaqti keldi deguncha futbol o‘ynashini ma’lum qilgandi.

Ronalduning «An-Nasr»ga o‘tishi portugaliyalikka albatta foyda keltirdi. Axir aynan u Sharqqa yo‘l ochgan va uning transferidan keyingina Saudiya Arabistoni jahon futbolining deyarli barcha top o‘yinchilari: Benzema, Kante, Mane, Malkom, Neymarni o‘ziga torta olgan va bu ro‘yxat cheklanmagan. «An-Nasr» uchun muvaffaqiyatli o‘yinlardan so‘ng, Ronaldu hamon kim zo‘r degan o‘lchovni o‘z foydasiga og‘dirdi va barchasi futbolchining o‘yinlari va sa’y-harakatlari tufaylidir. Uning Saudiya Arabistonidagi o‘yinlari hurmatga loyiq, chunki aynan portugal JCH-2030da Saudiya Arabistonining elchisi bo‘ladi, deyish mumkin.

Ronalduning nufuzli nashrlarning birinchi sahifalarida turishi futbolchiga maydonda ham, maydon tashqarisida ham ishonch bag‘ishlaydi, chunki portugaliyalik o‘z izini tarixda qoldirish uchun yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lishi kerakligini tushunadi.

U 2023 yilda gollar soni bo‘yicha kimdan o‘zib ketdi?

Balki Ronaldu endi «mashina» emasdir, ammo Krishtianuning mehnatsevarligi va matonati o‘z ishini ko‘rsatdi. Hujumchi bu yil Erling Xoland va Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Bir kalendar yilida Ronaldu bu futbolchilar va Lionel Messidan ko‘proq gol urgan. Hech kim ushbu tipdagi o‘yinchilarni solishtirmoqchi emas, ammo statistika yolg‘on gapira olmaydi:

Ronaldu – 40 ta gol

Xoland – 39 ta gol

Messi – 38 ta gol

Mbappe - 29 ta gol.

Kiritildi: 19:02, 18.10.2023. O'qildi: 2244 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик