Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ishsiz yurgan top-futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Transfer oynasi yopilganiga bir oydan oshdi. Ammo klublarda hali ham erkin agentlar orqali tarkibni kuchaytirish imkoniyati bor. Hayron qoladigan tomoni shundaki, hozirda klubsiz qolgan kuchli futbolchilar ko‘p. Bombardir.ru sayti ijodkorlari bugungi kunda erkin agent maqomidagi eng mashhur va kuchli futbolchilar top-o‘nligini tuzib chiqdi.

1. David de Xea (13 million yevro)
«Manchester Yunayted» 12 yillik hamkorlikdan keyin shartnomani uzaytirmadi. De Xea Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistonidan variantlarga ega edi, ammo ular turli sabablarga ko‘ra posbonga mos kelmadi. De Xea munosib taklif olmasa, faoliyatini yakunlaydi, degan mish-mishlar tarqaldi. Lekin u hali futboldan ketgani yo‘q.

2. Jessi Lingard (8 million yevro)
«Nottingem Forest»da bir mavsum o‘tkazdi va klubni tark etdi. Yozda hatto mish-mishlar uni SSKA bilan bog‘ladi, ammo keyin bu ma’lumot agent­lar tomonidan rad etilgan. Hozir u Saudiya Arabistoniga bir oyga jo‘nab ketdi, u yerda Stiven Jerrard boshchiligidagi «Al-Ittifoq» jamoasida bir oy mashg‘ulot o‘tkazadi. To‘liq shartnoma haqida hali gap ketmayapti.

3. Sheka (6 million yevro)
Portugaliyalik hujumkor yarim himoyachi so‘nggi 5 yilni Fransiyada o‘tkazdi. Saudiya Arabistoniga ketishga yaqin turgandi, ammo bu transfer amalga oshmay qoldi.

5. Jan-Fillip Gbamen (4,8 million yevro)
SSKA muxlislari Gbamenni yaxshi eslashadi - 2022 yilda u klubga 6 oyga ijaraga olingandi. Shundan so‘ng Gbamen Turkiyaning «Trabzonspor» klubiga ko‘chib o‘tdi va endi uning «Everton» bilan shartnomasi tugadi.

6. Santi Mina (4 million yevro)
Andalusiya Oliy sudi uni zo‘rlash uchun 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilganidan so‘ng, «Selta» u bilan shartnomani bekor qildi. Endilikda Mina ozodlikda, hukm ustidan shikoyat qilish jarayoni davom etmoqda.

7. Xose Kampanya (3 million yevro)
30 yoshli ispaniyalik himoyachining so‘nggi klubi Segundaning «Levante» klubi bo‘ldi. Hozirda Kampanyaga Ispaniyaning turli ligalardan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar bor.

8. Yann M-Vila (2,5 million yevro)
Yevropadagi istiqbolli faoliyati o‘rniga qozonning «Rubin» klubiga o‘tgan bu iqtidorli futbolchi esingizdami? Hozir 33 yoshda M~Vila erkin agent sanaladi.

9. Nemanya Yovich (2,5 million yevro)
«Partizan» klubi tarbiyalanuvchisi va Serbiya terma jamoasi futbolchisi 21 yoshida klubsiz qoldi. Hattoki o‘tgan mavsumda uni yaxshi jamoalar kuzatib borishgandi.

10. Sulaymon Dumbiya (2,5 million yevro)
O‘zining eng yaxshi yillarini Fransiyaning «Anje» klubida o‘tkazdi. Avgust oyi oxiriga qadar u Fransiya jamoalaridan biri bilan shartnoma imzolashi kutilgandi, ammo yakunda bu amalga oshmadi.

Shuningdek, hozirda erkin agent bo‘lgan e’tiborga molik boshqa futbolchilar:

Roberto Soriano (yarim himoyachi, Italiya);
Andre Ayyu (yarim himoyachi, Fransiya);
Valon Berisha (yarim himoyachi, Kosovo);
Timo Xorn (darvozabon, Germaniya);
Karim Bellarabi (yarim himoyachi, Germaniya);
Aleish Vidal (yarim himoyachi, Fransiya);
Andros Taunsend (yarim himoyachi, Angliya);
Marko Benassi (yarim himoyachi, Italiya);
Adriyen Silva (yarim himoyachi, Portugaliya);
Fil Jons (himoyachi, Angliya);
Shkodran Mustafi (himoyachi, Germaniya);
Serxio Asenxo (darvozabon, Ispaniya);
Raja Nainggolan (yarim himoyachi, Belgiya).

DARVOQE...

«Chelsi»ning 32 yoshli sobiq vingeri Eden Azar haqidagi oxirgi mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi (reytingning 4-pog‘onasidan aynan belgiyalik iqtidor egasi joy olgandi). U professional faoliyatini yakunlagani haqida ma’lumot berdi: «Yurakka quloq solib, o‘z vaqtida «to‘xta», deb ayta olishing kerak. 16 yil va 700dan oshiq o‘yindan so‘ng professional futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Butun Yevropa va jahon darajasida o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim. Faoliyatim mobaynida ajoyib insonlar, menejerlar, murabbiylar va futbolchilar bilan ishladim. O‘zim o‘ynagan klublarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Belgiya terma jamoasiga ham rahmat».

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:10, 19.10.2023. O'qildi: 7738 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик