Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Elbek Samatov: «Andijon» klubida endi moliyaviy tarafdan muammolar kuzatilmaydi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Andijon
Rukn: Intervyular
A A A

Xabaringiz bor, yaqinda “Andijon” futbol klubiga vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib Elbek Samatov tayinlandi.

Ilgari ham jamoada faoliyat olib borgan mutaxassis muxlislarga begona emas. Rahbariyat Samatovga katta ishonch bildirdi va endilikda “Andijon” klubi boshqaruv tizimida ish faoliyatini boshladi.

Jonkuyar ishqibozlar esa Elbek Samatov bilan ilk intervyuni kutishayotgani sir emas. Chunki uning o‘ziga yarasha maqsad va rejalari bo‘lishi tabiiy.

Shu maqsadda bosh direktor “Andijon” matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

— Bilamizki, o‘tgan yili “Andijon”ni pro ligadan Superligaga qaytishida sport direktori sifatida o‘z hissangizni qo‘shgansiz. Endilikda bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi rolida qaytdingiz...
— Darhaqiqat, aytib o‘tganingizdek, pro ligada klubda sport direktori lavozimida ish olib borganman. Jamoani Superligaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldik. Muxlislarga ma’lumki, klubda homiylar o‘zgardi. “Andijon”dagi faoliyatimdan so‘ng yana “O‘zavtosanoat”ga qaytdim. Xabaringiz bor, hozirgi kunda “O‘zavtosanoat”  tizimi mening asosiy ish joyim hisoblanadi. Parallel ravishda “Andijon” klubidagi faoliyatimni ham davom ettiraman. Chunki jamoamizning bosh homiysi aynan ushbu tashkilot hisoblanadi. Taqdir ekan, yana “Andijon” futbol klubiga qaytdim. Albatta, rahbariyatning menga bo‘lgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman. Qo‘limdan kelganicha menga bildirilgan barcha ishonchni oqlashga harakat qilaman. Xudo xohlasa, jamoamizning ravnaqi yo‘lida bor kuch va salohiyatimni ishga solaman. Shu kungacha “Andijon” klubida faoliyat olib borgan oldingi rahbariyatga, Jur’at aka Quvvatov, Andijon viloyati hokimligi va boshqalarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. Ular bilan yelkama-elka ishladik va ozmi-ko‘pmi jamoamizning rivoji yo‘lida birgalashib mehnat qildik.  

— Ma’lumki, jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin va natijalar muxlislarni xursand qilmoqda. Hattoki, klubning potensiali hozirgi egallab turgan o‘rnidan ham yuqori. Mutaxassis sifatida joriy mavsumdagi ishtirokiga qanday baho berasiz?
— “Andijon” jamoamizning joriy yildagi ishtirokini ijobiy baholayman. Sababi, chempionat mobaynida muxlislarni xursand qiladigan o‘yinlar va natijalar ko‘rsatishmoqda. “Nasaf”, “Paxtakor”, “Navbahor” hamda yana boshqa klublarga qarshi o‘yinlardan ko‘rinib turibdiki, jamoamiz faqat himoyada o‘ynamasdan yetakchilarga qarshi tengma-teng kurashishdi va kerak bo‘lsa ustunligini ham namoyish qila oldilar. Yuqori darajada o‘yin ko‘rsatgan holda g‘alabalarga erishildi va bu aslo tasodif emas. Oldingi yillarga taqqoslaganda chindan ham bu yil “Andijon” munosib o‘yinlar ko‘rsatib, shunga yarasha yuqori o‘rinlar uchun kurashishni davom ettirmoqda.

— Shunindek, yangi maqsad va rejalar xususida ham o‘rtoqlashsangiz...
— Mavsum tugashiga yana ikkita tur qoldi. Maqsadimiz oxirgi ikkita turni g‘alaba bilan yakunlash. Imkoni boricha turnir jadvalini yuqori o‘rinlardan birida tugatishga harakat qilamiz. Albatta, keyingi yilga ham yaxshi rejalarimiz bor. Bu bo‘yicha keyingi suhbatlarimizda batafsil ma’lumot beraman. Hozirda shuni aniq va ishonch bilan ayta olamanki, keyingi yillar davomida biz nafaqat asosiy jamoamizga, balki bolalar futboliga ham har qachongidan ko‘ra jiddiyroq e’tibor qaratamiz. U21, U19 jamoalarimiz bilan bir qatorda o‘zimizdan yetishib chiqayotgan iqtidorli bolalarga e’tibor boshqacha bo‘ladi. O‘zimizning mahalliy murabbiylarimizning bilimini yanada kuchaytirish uchun xorijga malaka oshirishga yuborish ham rejalarimizda bor. Bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha kerak bo‘lsa chetdan tajribali mutaxassislarni olib kelmoqchimiz. Shu orqali “Andijon” jamoamizning poydevorini mustahkamlamoqchimiz. Bu biz uchun eng muhim vazifalardan biri.

— Darvoqe, barchani qiziqtirayotgan yana bir masala bu moliyaviy holat bilan bog‘liq. Klubda endi mablag‘ masalasida jiddiy muammolar kuzatilmaydimi?
— Jamoamizda moliyaviy tarafdan jiddiy muammolar bo‘lmaydi. Darhaqiqat, bungacha mablag‘ masalasida muammolar kuzatilgan. Lekin bundan buyog‘iga endi qiyinchiliklar ko‘zga tashlanmaydi. Hozirgi kunda bosh homiy - “O‘zavtosanoat” klubni o‘z qaramog‘iga olgan. Bungacha klub viloyat hokimligi tasarrufida bo‘lgan. Endi esa jamoani “O‘zavtosanoat” to‘liq moliyalashtirmoqda. Jamoa a’zolaridan oylik maosh va mukofot pullari bo‘yicha qarzdorliklari bartaraf etilmoqda. Bu masalada murabbiy va futbolchilar bilan gaplashib olganmiz. Shu kunlarda qolgan qarzdorliklar ham to‘liq bartaraf etiladi va shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan mablag‘lar to‘lanadi.

— Shu o‘rinda “Andijon” jamoasi muxlislariga nima degan bo‘lardingiz?
— Bunday natijalarga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Jamoamizning muvaffaqiyatlarida ishqibozlarimizning o‘rni beqiyos. Ularning qo‘llab-quvvatlashlari stadionda yevropacha muhitni yuzaga keltiryapti va bu o‘z navbatida futbolchilarimizga ruhiy dalda bo‘lib, ochkolar jamg‘arishimizga katta turtki bermoqda. So‘zim so‘nggida muxlislarimizga iltimosim bor: hammani xabari borki, “Bobur Arena”da OKMKga qarshi uchrashuvda stadionda ayrim tartibsizliklar ko‘zga tashlanib, biroz yoqimsiz holatlar bo‘lib o‘tdi. Bu narsa aslo yechim bo‘la olmaydi. Ularning xatti-harakatlaridan keyin hakamning qarorini qo‘mita qayta ko‘rib chiqmaydi yoki o‘yin o‘zgarmaydi, faqat o‘zimizga ziyon bo‘lishi mumkin. Buni amalda ham ko‘rib turibmiz. O‘FA tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra o‘sha o‘yindagi ko‘ngilsiz vaziyatlar uchun biz 20 million so‘m miqdorida jarima to‘ladik. Bundan tashqari, so‘nggi turda o‘z maydonimizdagi o‘yinni muxlislarsiz o‘tkazish bo‘yicha tartib-intizom qo‘mitasi qaror chiqardi. Bu juda achinarli. Shuning uchun futbol ishqibozlari hamma vaqt ehtirosga berilmasliklarini, aks holda bu narsa klubga faqat ziyon keltirishini yana bir bor amalda ko‘rib turibmiz. Bunday narsalar hech qachon klubga foyda keltirmagan va keltirmaydi ham. Shu bois ishqibozlarimizdan stadionga kirganda tartib-intizomga rioya qilib, maza qilib o‘yin tomosha qilib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolardim. Hakamlar ishini ko‘rib chiqadigan o‘zining tegishli qo‘mitasi bor. Hakamlar bilan bog‘liq xato va kamchiliklar hatto jahon va Yevropa chempionatlarida ham kuzatiladi. Bizning muxlislarimiz esa har doim o‘zlarining faolligi va madaniyati bilan boshqalarda katta taassurot qoldirib kelgan. Ishonamanki, bundan keyin ham andijonlik ishqibozlar O‘zbekistonda birinchi raqamli ekanliklarini namoyon etishda davom etadilar.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:20, 08.11.2023. O'qildi: 1292 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик