Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Manchester Yunayted" Erik ten Xagni ishdan xaydaydimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Old Trafford" stadioni va uni to‘ldiruvchi muxlislar uchun shu kunlar anchagina og‘ir kechmoqda. So‘nggi natijalar salbiy bo‘lgani sababli, Erik ten Xag va uning kursisi bilan bog‘liq savollar ko‘paymoqda. Bu narsa "Manchester Siti"ga 3-0 hisobidagi mag‘lubiyat va aynan shu hisobning yana "Old Trafford"da, bu safar "Nyukasl" bilan qayd etilganidan keyin, yanada avj oldi. Aynan ten Xag davri "qizil iblislar" tarixidagi antirekordlar bilan yodda qolyapti deyish mumkin. Masalan, hozir klub APL turnir jadvalida 8 o‘rinni egallab turibdi. Liga kubogi bilan erta xayrlashgani yetmagandek, jamoa YECHLda o‘ta omadsiz qatnashmoqda. "MYU" "Kopengagen" va "Galatasaray" joy olgan guruhda so‘nggi o‘rinda turibdi. Aslida katta o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turgan klub uchun bu tabiiy holdek tuyuladi. Ammo, aynan "MYU" darajasidagi klublar bilan bunday bo‘lishi kerak emas. Erik ten Xag boshidagi qora bulutlar esa yanada quyuqlashishi kutilmoqda...

"MYU" Erik ten Xagni iste’foga chiqaradimi?

Ten Xag hozir bosim ostida qolgani rost. Ko‘pchilik 53 yoshli mutaxassisning kelajagini so‘roq ostiga qo‘ya boshladi. Shunga qaramay, rahbariyat hali niderlandiyalikka tegish niyatida emas. Asosiysi ten Xag futbolchilar va "tepa"dagilarning ishonchidan chiqib ketgani yo‘q. Ammo bu ishonch yana qanchagacha boradi – buni hech kim bilmaydi. Uni mustahkamlash uchun esa natijalar o‘nglanishi shart.
"Qizil iblislar" bu mavsumdagi 15 ta bahsning 8 tasida mag‘lubiyat alamini totdi. Oqibatda, o‘ta zich va murakkab boksing dey ostonasida, o‘ziga yarashmagan 8 o‘rinda turishga majbur bo‘lmoqda. "Manchester Yunayted" afsonasi Gari Nevill o‘z sevimli jamoasi ahvoli va ten Xag haqida shunday deydi: "Maydondagi futbolchilar shokda, ular ko‘rsatayotgan o‘yin rasvo, bosh murabbiy esa ko‘z o‘ngimizda vaziyatni nazorat qila olmayapti. Bunday holat bizga tanish. Biz bunday voqealarning oxiri qanday tugashini yaxshi bilamiz. Ochig‘i, shunday narsalardan to‘yib ketdik...".
Sabr kosa to‘lib borar ekan, "MYU" "katta"lari natijalar o‘zgarmagan taqdirda, qisqa muddatli choralar izlashga majbur bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida Erik ten Xagning "Old Trafford"dagi sarguzashtlari tugaganini anglatadi.

Erik ten Xagni ishdan olish klubga qanchaga tushadi?

"MYU" nega sabr qilayapti degan savolga javobning bir uchi moliyaviy asoslarga borib taqaladi. Ya’ni, ten Xagni ishdan xaydash osondek, ammo uning ketishi katta pul yo‘qotilishiga ham olib keladi. Negaki, ten Xag 2025 yilga qadar shartnomaga ega. Unga ko‘ra, u yiliga 9 million funt maosh olishi kerak. Bordiyu, u hoziroq ketgudek bo‘lsa, ten Xagga 15 million funt to‘lab berilishi lozim. Shunday katta mablag‘dan bir damda ayrilish, hech bir rahbariyatga xush kelmaydi. Qolaversa, hozir ten Xag o‘rniga jo‘yali nomzod ham yo‘q. Agarda ten Xag ishdan olinsa, "MYU" Fergyuson davridan beri, ya’ni so‘nggi 10 yil ichida jami 53 million funtni aynan shu kabi ishlar uchun sarflagan bo‘ladi. Taqqoslash uchun, Andre Onana transferi klubga bundan arzonroqqa tushgan.

"MYU"ning avvalgi murabbiylari qancha vaqt jamoani boshqargan edi?

Fergyuson ketgan 2013 yildan buyon bu jamoa jami 5 ta doimiy murabbiy tayinladi. Ularning dastlabkisi, Devid Moyes edi. Ayni damda "Vest Xem"da faoliyat yuritayotgan mutaxassis Fergyuson o‘rnini bosadi deb ishonilgan. Ammo amalda u faqat bir yilgina "qizil iblislar"ni boshqargan xolos. Undan keyin kelgan Lui van Gal esa roppa-rosa ikki yil "MYU" bilan bo‘ldi. Joze Mourinyoga kelsak, portugaliyalik ikki yarim mavsum davomida jamoada ishladi. "Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchilaridan biri Ole Gunar Sulsher Fergyusondan keyingi klubda eng uzoq ishlagan murabbiyga aylangan. U 3 yil davomida mankunianliklar joniga oro kirishga urindi. Afsuski, bu safar ham hammasi iste’fo bilan yakun topdi.
Erik ten Xagga keladigan bo‘lsak, uning kelganiga endigina bir yildan oshdi. Lekin bu ketishda u Sulsher ahvoliga tushadigan ko‘rinadi. Bundan saqlanish uchun esa tezroq hammasini o‘nglash kerak. Vaqt faqatgina niderlandiyalikning zarariga ishlayotir...

 

 

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:17, 11.11.2023. O'qildi: 2827 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик