Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Gavi: «Futbol men uchun - kislorod»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» javohiri maydonda texnik mahorat va bukilmas irodani shunday birlashtirmoqdaki, bunaqasi yarim himoyachilarda kamdan-kam uchraydi. Har holda, futbolchining jamoa «miya»si va «o‘pka»si rollarida tengdaniga ko‘zga tashlanishi har doim ham kuzatilmaydi. Yana bir tomoni, Gavining maydondan tashqaridagi hayoti hozirgacha ko‘pchilik uchun ochilmagan sahifa hisoblanadi. Yigitcha biroz uyatchan va nimadir deyishdan avval obdon o‘ylab ko‘rishni ma’qul biladi. «Barselona» matbuot xizmati esa Gavi faoliyatidagi dastlabki katta intervyuga tayyor bo‘lganini tushunib, uni suhbatga chorladi. Futbolchi avvaliga savollarga qisqacha javob berish bilan cheklandi, lekin ozgina «isinib» olgach, nutq bobida ham chakki emasligini boricha namoyon qildi. Umuman, Gaviga havas bilan boqmaslikning iloji yo‘q. U ma’noli iboralar dunyosida yanada samimiyroq ko‘rinadi. Xuddi o‘yin payti ko‘zlarni qamashtirishi kabi....

- «Barselona»ning asosiy jamoasida allaqachon 100ta o‘yin marrasini zabt etdingiz, ammo intervyu berish masalasida sustsiz. Nima, jurnalistlar bilan suhbatlashishni yoqtirmaysizmi?

- Yo‘q, shunchaki, biroz uyatchanman, qolaversa, futbolga ko‘proq e’tibor qaratishni afzal ko‘raman. To‘g‘ri, muloqot madaniyatini oshirishim zarur, albatta, vaqti-vaqti bilan intervyu berib turishim kerakligini ham tushunaman.

- Sizga mahliyo butun boshli fan-baza borligini bilasizmi?

- Ha. Barchasi sayr vaqti va ijtimoiy tarmoqlarda sezilmoqda. Lekin bunga berilib ketishim yaramaydi. Deylik, ijtimoiy tarmoqlar bilan imkon qadar masofa saqlashga harakat qilyapman.

- Xo‘sh, Gavi o‘zi haqida nimalarni eshitishni xush ko‘radi?

- Tabiatan kamtar yigitman va hamma bilan birdek yaxshi munosabat o‘rnatishga urinaman. Meni ham oddiy qabul qilishlarini xohlayman.

- Gollarni nishonlashda «Barselona» ramzini o‘pasiz. Sevilyada tug‘ilgan yigitning Kataloniya klubiga muhabbatini qanday tushunish kerak?

- Sababi oddiy: tarixdagi eng yaxshi jamoa - Xavi, Inyesta va ularning «banda»sidan iborat «Barsa» o‘yinlarini ko‘p kuzatganman. O‘sha vaqtdayoq «blaugrana» asiriga aylanganman. O‘ylaymanki, kelajakda ham o‘zgarmayman - klubning abadiy muxlisiman.

- «Barsa» dargohiga 11 yoshda kelgansiz. O‘sha payt vujudingizni qo‘rquv bosgandir?

- Ha, juda. Esimda, kelishimdan 2 oycha oldin ota-onamga hech qayerga ketishni istamasligim, yangi tajriba kerak emasligi, uydan uzoqlashishdan qo‘rqishimni aytgandim. Bugun esa ulardan minnatdorman, chunki iqtidorimni vaqtida payqadilar va «Barsa» maktabida tahsil olishim kerakligini tushunib, o‘z qarorlarida qat’iy turdilar.

- Qiziq, aynan nimalardan qo‘rqqandingiz?

- Hammasidan, axir «La Masiya» juda haybatli... Qolaversa, hali ancha kichik edim va jonajon shaharcham, do‘stlarim va yaqinlarimdan ayrilishni xohlamasdim. Muhimi, «Barsa»ga ko‘chib o‘tish hayotimdagi asosiy burilish nuqtasi bo‘ldi.

- Yakunda esa «La Masiya» jonajon uyingizga aylandi...

- Ha, bora-bora o‘zimni erkin his qila boshladim va butun bolaligim shu yerda o‘tdi.

- Dastlabki 6 oyda FIFA-ning «Barselona»ga qarshi sanksiyalari tufayli o‘ynay olmadingiz. Hozir buni tasavvur qilish qi-yin: xuddi qafasdagi sher kabi yurgandirsiz...

- Futbolsiz turolmayman, bu men uchun havodek zarur. Yaxshiki, klub amaliyotsiz qolmasligimni imkoni boricha ta’minladi. Ya’ni o‘zim tahsil olgan maktab futbol ligasida o‘ynab turishimga ruxsat berdi.

- Bilishimizcha, Barselonadagi ilk yilda ota-onangiz bilan birga yashagansiz...

- Ha, ular ortimdan Balmes ko‘chasidagi xonadonga ko‘chib kelishdi. 1 yildan ke­yin esa xotirjam uyga qaytishlari mumkinligini aytdim. Chunki bu vaqtga kelib, «La Masiya»da yashash xohishi tug‘ildi.

- O‘sha payt qaysi futbolchilarga taqlid qilardingiz?

- Birinchi navbatda, Inyestaga. Shuningdek, Isko va Verrattining harakatlaridan ham o‘zgacha rohatlanardim.

- Yuksak texnik elementlarni shu futbolchilardan o‘rgandingizmi yoki bunday salohiyat siz uchun tabiiy?

- Bolaligimdan texnik tomondan yengil harakatlanishga o‘rganganman. Aslida hamisha chap qanotda o‘ynashim qulayroq, nafis to‘p surish esa men uchun tabiiy hol. Lekin barchasini Inyesta kabi buyuk ijrochilarga qarab, mukammallashtirishga uringanim ham ayni haqiqat. 

- To‘qnashuvlar payti jarohatlanish ehtimolidan cho‘chimaysizmi?

- O‘z o‘yinlarim yozuvlarini tomosha qilish chog‘i ba’zan u yoki bu harakatimga qarab, bosh changallaymay: «Jin ursin, qanaqasiga bunga yo‘l qo‘ydim?» Qisqasi, o‘yinlar tahlili asnosida jarohatdan qochishga urinyapman. Ammo onam qattiq xavotirlanadi, baribir. U har doim jiddiy to‘qnashuvlardan tiyilishimni tayinlaydi, ammo maydonda buning iloji yo‘q. Axir futbol - bu kurash.

- O‘zingizni qanday futbolchi sifatida tavsiflaysiz?

- Oxirigacha kurashadiganlar toifasidan, menimcha. O‘ylaymanki, bu borada hech qachon o‘zgarmayman.

- O‘tgan yili «madridchilar» sizni o‘ta qo‘pol futbolchi sifatida tilga olishdi. Bundan bezovtalanmadingizmi?

- Barchasini eshitdim, muhimi, xotirjamlikni saqlab qoldim. Chunonchi, Xavi chetdagi gap-so‘zlarga umuman e’tibor qaratmaslikni so‘radi va xuddi shunday qildim.

- «Barsa» manfaati uchun nimalarga tayyorsiz?

- Mutlaqo hammasiga!

- Klub yozda ko‘plab transferlarni   amalga oshirdi va ayrimlar boshlang‘ich tarkibdagi joyingizni yo‘qotishingiz mumkinligini taxmin qilishdi. Amalda esa asosiy futbolchilar guruhidasiz...

- Menda o‘z salohiyatimga ishonch katta, eng muhimi shu. Xavi esa o‘zaro suhbatlarda yanada yaxshilanishim kerakligini uqtiradi. Murabbiyning talabchanligi ayni muddao va undan minnatdorman. Xavi hozirgi pozisiyam bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biridir, shubhasiz.

- Hozir 19 yoshdasiz va allaqachon ba’zi iqtidorlar uchun mayoq o‘laroq gavdalanishga ulgurdingiz. Masalan, ortingizdan Lamin Yamal ham ko‘tarildi...

- Bolaligimda bunday bo‘lishini tasavvur qilolmasdim, hatto. To‘g‘ri, yoshlar mendan o‘rnak olishayotgandir, hamisha ularni tinchlantirish, kichik yutuqdan havolanib ketmaslikka chaqiraman. Binobarin, Buskets va Alba vaqtida menga ham yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turishdi. Yoshlar uchun bunday yordam va qo‘llab-quvvatlanishni his qilish naqadar muhimligini ham yaxshi bilaman.

- Hozirgi jamoada qaysi futbolchining professional sifatlaridan alohida qoyil qolyapsiz?

- Frenkini aytishim mumkin. U barchasiga o‘ta e’tiborli. 

- Ikki Joau - Kanselu va Felish bilan tezda til topishib oldingiz.

- Ikkisi ham ajoyib futbolchi. Ular qisqa vaqtda jamoamiz ritmiga tushib olishdi. Felish bilan bitta qanotda harakatlanyapmiz, shuning uchun u bilan ko‘proq muloqotga kirishaman. Kanseluga munosabatim ham joyida. Joriy mavsum ularning katta foydalari tegmoqda va hali yanada effektli o‘ynashlariga ishonaman.

- O‘zingizchi, joriy mavsum nechta gol urishni rejalashtiryapsiz?

- Agentim Ivan de La Penya bilan 10ta gol marrasiga yetish haqida gaplashdik. Fikrimcha, bu vazifani bajarish qo‘limdan keladi.

- Faoliyatingiz yakuniga qadar «Barselona» safida qolishni tasavvur qila olasizmi? Bilamizki, zamonaviy futbolda butun faoliyatni bitta klubga bag‘ishlash deyarli imkonsiz.

- Aynan shunday bo‘lishini istardim. Har holda, «Barselona»dan boshqa klubda to‘laqonli baxtni tuyolmasam kerak.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:36, 13.11.2023. O'qildi: 1751 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.