Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eron sinovi oldidan. Nega Angliyaga o‘xshashimiz va g‘alabadan muhimroq jihatlar haqida

Baho:
+ | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya milliy jamoasi haqida gap ketganida, mamlakatda so‘nggi yillarda yetishib chiqayotgan bir qator iste’dodlarni tilga olish, umuman, Sautgeytda dunyoning eng kuchli tarkiblaridan biri mavjudligini e’tirof etgan holda, yaqin yillardagi turnirlarning asosiy favoriti sifatida tilga olish urf bo‘lgan. Bellinhem La Ligani, Harri Keyn Bundesligani zabt etmoqda, treblga erishgan “Manchester Siti” tarkibida inglizlar ko‘p, bir qaraganda taxminlar asosli. Ammo bilasizmi, men uchun garchi hech narsa yutmagan bo‘lsa ham, asr boshidagi Angliya kuchliroq bo‘lgandek ko‘rinaveradi. Sababini topgandek bo‘ldim. O‘sha Angliya tarkibi bugungisiga nisbatan olganda ancha barqaror va o‘z darajasini uzoq yillar isbotlay olgan futbolchilardan tashkil topgan edi. Bekxem, Skoulz, Jerard, Lempard yarimhimoyada, himoya chizig‘ida Ferdinand, Terri, Koul, oldinda Runi, Ouen, qarang, xato qilmasdan sanab berdim. Bugungi Angliya haqida shunday deya olamizmi?

Harri Keyn va Deklan Raysdan boshqa hech bo‘lmasa uch yil yuqori darajada o‘ynab turgan futbolchini topish mushkul, ha, iste’dodlar ko‘p, lekin ular davomli almashib turgandek, atigi ikki yil oldin Yevro finalida maydonga tushgan Maunt, Sancho, Filips, Sterlinglarga hozir ishonish qiyin. Balkim bu aslida muammo ham emasdir, muhimi ayni paytdagi eng kuchlilardan raqobatbardosh jamoa shakllantirish bo‘ladi, to‘g‘ri, ammo agar turli avlod jamoalarini solishtirish kerak bo‘lsa, ayniqsa o‘zaro tushunish, bog‘lamlar, eng qiyin, ahamiyatli pallada ustunlik berish uchun ham zarur xususiyatdek tuyuladi. Mayli, ko‘ramiz.

Bugun O‘zbekiston milliy jamoasi Eronni qabul qiladi. Osiyoda biz uchun eng noqulay bo‘lgan raqiblardan biri – so‘nggi 7 uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lganmiz, hammasi bo‘lib 11 o‘yinda atigi 1 g‘alaba va 10 mag‘lubiyat. U qadar ishonchli ko‘rinmagan Turkmanistondagi bahsdan so‘ng xavotirlardan xalos bo‘lii biroz qiyin tuyulmoqda.

Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, Turkmanistonda eng muhimi ochko yo‘qotmaslik edi va bu vazifa uddalanganining o‘zi biz uchun qoniqarli holat. Ayniqsa, o‘yin futbolchilarimiz uchun juda noqulay bo‘lgan sun’iy qoplamali maydonga belgilanganining o‘zi bir necha yil oldingi Shimoliy Koreyadagi achchiq tajribani yodga solgandi. Bu sharoitda g‘alaba qozonish muxlislarni xursand qilsa-da, Katanes jamoasida yetarlicha muammolar borligini ham payqash mumkin.

Ikkinchi taymni ancha yaxshiroq va tashabbus bilan o‘tkazgandek bo‘lsak-da, barchasi nazoratimiz ostida turgani borasida qat’iy ishonch shaxsan menda yo‘q edi. To‘liq ishlanmalar bo‘yicha boshlangan va mantiqiy yakuniga yetgan hujumlar u qadar ko‘p emasdi – urilgan har uch gol ham kontrpressing natijasida yuzaga kelgani va maksimum ikki uzatma bilan zarba pozisiyasiga chiqilgani e’tiborli holat – odatda, saviya jihatidan pastroq jamoalar pressingga bardoshli bo‘lmaydi, kuchliroq, masalan, Eron bunday imkoniyatlar taqdim etmasligi shubhasiz.

Katanesda bir paytlar Abramov yoki Qosimovda mavjud bo‘lgan sharoit yo‘q, sababini yuqorida Angliya milliy jamoasi misoli bilan tushuntirdim. 2004-2015 yillarda bizda ham xuddi Angliyada bo‘lganidek avlod yetishib chiqqandi. Avvaliga “Paxtakor” bilan birgalikda xalqaro maydonda yuqori maqsadlar uchun birlashgan, keyin Skolari qo‘l ostida, Rivaldo bilan yonma yon zamonaviy trendlarni his qilgan futbolchilar guruhi uzoq vaqt milliy jamoani o‘z ortidan ergashtirdi. Jeparov, Kapadze, Ahmedov, Haydarov, Ismoilov, Denisov, Nesterov, Geynrix kabi futbolchilar bilan milliy jamoada ishlash murabbiy sifatida birmuncha osonroq, ishonavering. Yangilik o‘ylab topish, ayni paytda qaysi futbolchi tayyorroq ekani haqida bosh qotirishga hojat kam, muhimi, qo‘l ostingdagi tajribali va albatta, saviyali futbolchilarning ustunlik va kamchiliklaridan kelib chiqib taktika, reja ishlab chiqilishi yetarli.

Ahmedovning ketishi bilan qaysidir ma’noda “oltin avlod” nihoyasiga yetdi. Avlodlar almashinuvini amalga oshirish, tag‘in, terma jamoada, ayniqsa, o‘zbek futboliga biroz begona va yangi bo‘lgan chet ellik murabbiy uchun oson emas. Buning ustiga, o‘yin amaliyoti borasida hatto yetakchi futbolchilarda ham barqarorlik kuzatilmayotgan pallada mana shu sifatdagi jamoani tashkil qilish yanada qiyinlashib ketadi. Shukurov Turkiyada yetarli vaqtlarga ega bo‘lmayapti, Shomurodov va Husanovda hali o‘sha daqiqalarning o‘zi yo‘q, Fayzullayevlar esa yosh. Yangilik emaski, O‘zbekiston Superligasi va hatto har qancha Saudiya yulduzlari bilan to‘lmasin, Osiyo Chempionlar Ligasi ham, Eron yoki Yaponiyaga qarshi uchrashuvlar yuklamasini bera olmaydi.

Yuklama haqida gap ketganida, milliy jamoamizning bugungi holatiga ob’ektiv sabablar keltirish ham mumkin. O‘tgan safar jahon chempionati saralashida so‘nggi bosqichga chiqa olmaganimiz pand berdi va qaysidir ma’noda bugunimizga ham ta’sir o‘tkazmoqda. Oxirgi marta 2021 yilning yozida Saudiya Arabistoni bilan jiddiy uchrashuv o‘tkazdik va keyingi ikki yarim yil faqat o‘rtoqlik o‘yinlari va kuchsiz jamoalarga qarshi o‘rtoqlikdan ortiq bo‘lmagan Osiyo chempionati saralash bahslari bilan qolib ketdik. To‘g‘ri, o‘rtoqlik o‘yinlari nisbatan kuchli, munosib raqiblar bilan bo‘ldi, ammo baribir, bosim va yuklama tomonidan rasmiy musobaqaning o‘rni katta. Tasavvur qiling, Eron mana shu davr mobaynida JCH saralashining so‘nggi bosqichida va mundialning o‘zida ishtirok etishga ulgurdi.

Rasmiy musobaqalar milliy jamoa futbolchilari orasida turli bog‘lamlar paydo qilish, o‘zaro kimyoni ta’minlash, ayniqsa, murabbiyga u yoki bu futbolchi haqida aniq taassurot paydo qilish uchun ham zarurdir. Ba’zi futbolchilar o‘rtoqlik o‘yinlarida yoki mashg‘ulotlarda o‘zini juda yaxshi ko‘rsata oladi, ammo haqiqiy kurash paytida bosimni ko‘tara olmasligi, juda ko‘p noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi mumkin. Yoki aksincha.

Katanes yetarlicha vaqt jamoani boshqarayotgan, juda ko‘p o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilingan bo‘lsa-da, o‘z shogirdlari haqida to‘liq va aniq tasavvurga ega, deb o‘ylamayman. Sababi, yuqorida aytganimdek, rasmiy musobaqalar, ya’ni xuddi oraliq imtihonlar o‘quvchi bilimini sinovdan o‘tkazganidek, jamoa haqiqiy sinovlarga duch kelmaganidir.

Ko‘p o‘yinlardagi burilishlar zamiri ham balkim shundan. Milliy jamoasiz Katanes qo‘l ostida 4 marotaba irodali g‘alabaga erishdi. Tasavvur qiling, Katanesgacha milliy jamoamiz o‘z tarixida hammasi bo‘lib shuncha irodali g‘alabaga ega edi. Xo‘sh, futbolchilarimiz xarakteri qisqa vaqtda o‘zgarib ketdimi yoki Katanes rostan ham o‘yin paytida kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirish, ya’ni “match-menejment” ustasimi? Bo‘lishi mumkin, lekin so‘nggi uchrashuvdan xulosa qilsak, yana o‘sha barqarorlik yetishmasligiga borib taqaladi. Optimal asosiy tarkib borasida, eng muhimi, raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratish va o‘z darvozasi oldidagi hujumlarni bartaraf etish uchun aniq ishlanmalar hozircha ko‘zga tashlanmayapti.

Eron esa, agar irodangizni namoyish qilmoqchi, o‘yinda burilish yasamoqchi bo‘lsangiz, Osiyodagi eng noqulay raqib. Keyrush ularning DNKsini o‘zgartirib yubordi, bugungi, umuman so‘nggi 10 yildagi Eron himoyada bexato harakat qiladigan, asosan o‘yinlarni qanday boshlasa, shunday yakuniga yetkazadigan, oxirgi 7 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan salobatli jamoadir. Bu yerda o‘yin ssenariysi, jismoniy tayyorgarlik yoki qo‘shimcha o‘zgarishlardan ko‘ra, eng avvalgi tayyorgarlik va reja ko‘proq ta’sirga ega, eng muhimi, yaxshi boshlab olishdir.

Ijobiy jihati shundaki, guruhda 2-o‘rin ham keyingi bosqichga olib chiqadi. Demak Eron bilan o‘yinlarni yangi jamoamiz uchun sinov sifatida qabul qilishimiz to‘g‘riroq. Shaxsan men uchun bu o‘yindagi g‘alabadan ham ko‘ra, jamoamizning og‘irroq yuklama ostida, avvalgilarga o‘xshamaydigan shartlarda o‘zini qanday tutishi, qaysi yo‘l bilan xavfli vaziyatlar yaratishini ko‘rish ko‘proq ahamiyatga ega. Murabbiy sifatida Katanes O‘zbekistondagi ishini bugun boshlaydi. Aniqrog‘i, bugun namoyish qiladi. Oldinda bizni juda ko‘p “eronlar” kutayotganini e’tiborga olsak, balki keyinroq bizga umuman kerak bo‘lmaydigan uch ochkodan ko‘ra, rostan ham, muhimrog‘i mana shu tajribadir, kim biladi... 

 

Qahramon Aslanov

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 15:24, 21.11.2023. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик